O‘gay onasi uning ko‘ngli to‘lib gapiganini mazax qilib kuldi.
Tabriklamoq, qutlamoq, muborakbod etmoq. Bu fe’llar ko‘tarinki tantanavor ruxga ega bo‘lgani uchun, tantanavor ruhning oshib borishiga qarab darajalanish qatoriga joylashtirdik.
Hurmatli ustoz, sizni bugungi ayyom bilan tabriklayman. Hamma u erishgan yutug‘i bilan qutladi.
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor, sizni bugungi kun bilan chin dilimdan muborakbod etaman.
Urishmoq, So‘kmoq, qarg‘amoq, la’natlamoq. Bu fe’llar odamni xafa qilmoq bo‘yog‘iga ega va salbiy ma’no kasb etadi, shunga ko‘ra ularni salbiy bo‘yoq oshib borishiga qarab darajaladik.
Dadam bir kun ayamni urushib berdi.
Qizargan ko‘zlari bilan dadamga yeb qo‘ygudek bo‘lib qaradi-yu chaparosta qilib so‘ka ketdi. ( A.qahhor )
Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotin-qizlar dadil. Ular nikolaydan tortib ellikboshiga qadar hammani qarg‘ashadi. ( oybek, Qutlug‘ qon)
U butun umriga qo‘shib o‘zini lanatladi.
Jerkimoq, siltamoq. Bu fe’llar salbiy bo‘yoq anglatadi va o‘zida yomon ko‘rish bo‘yog‘ini saqlaydi va bu bo‘yoq ortib borishiga ko‘ra darajalanish qatorida joylashadi.
Bola onasiga mehr bilan yaqinlashgani sayin, ona bag‘ritoshlik bilan bolasini jerkirdi.
Ona qanchalik bolasini erkalagani sayin o‘g‘il uni siltab tashlardi.
Tahqirlamoq, nafsoniyatiga tegmoq , haqorat qilmoq.
Bu fe’llar kimnidir juda ayovsiz haqoratlamoq bo‘yog‘iga egalikni bildirgani uchun salbiy bo‘yoqdorlik ma’nosi oshib borishiga qarab darajaladik.
Shuningdek, bu fe’llar insonda tahqir hissini uyg‘otish uchun qo‘llanadi.
Nega meni buncha tahqirlaysiz?
Bu gaplar, tuhmatlar uning nafsoniyatiga tegsada, tishini tishiga qo‘yib chidardi. Men seni o‘shanda haqorat qilib emas, suyib sinchalak degan edim demoqchi bo‘ldi. (A.Qahhor)
Til tekkizmoq, shaxsiyatga tegmoq, dashnom bermoq. Bu fe‟llarning ma’nosi ham haqorat bo‘yog‘iga ega va yuqoridagi fe’llar ma’nosiga qaysidir ma’noda yaqin. Bu fe’llarni ham darajalanish qatoriga joylashtirishda salbiy bo‘yoqning oshib borishini inobatga oldik.
Sen meni onamga til tekkizma!
U meni shunday gaplar bilan haqoratladiki, uning gaplari mening shaxsiyatimga tegdi.
Bu traktorist menga shuncha dashnom berib, ko‘ngil uchun bir marta “ ta’bir joiz ko‘rilsa” demadi. ( A. Qahhor)
Do'stlaringiz bilan baham: |