Ming
sum
|
%
|
Ming
sum
|
%
|
Ming
sum
|
%
|
Yil bo- shiga nisbatan %
|
1
|
Uzok muddatli aktivlar
|
251184
|
73,7
|
265548
|
71,7
|
14364
|
-2,0
|
5,7
|
2
|
Joriy aktivlar
|
89545
|
26,3
|
104694
|
28,3
|
15149
|
2,0
|
16,9
|
Shu jumladan:
|
|
|
|
|
|
|
|
a
|
Tovar moddiy zaxiralar
|
7946
|
2,3
|
12216
|
3,3
|
4270
|
1,0
|
53,7
|
b
|
Pul mabaglari va qimmatli qog'ozlar
|
834
|
0,2
|
-
|
-
|
|
-0,2
|
0,0
|
c
|
Debitorlar
|
80765
|
23,7
|
92478
|
25,0
|
11713
|
1,3
|
14,5
|
|
Balans aktivining iami
|
340729
|
100
|
370242
|
100
|
29513
|
0,0
|
8,7
|
Nisbiy ko‘rsatkichlar bir xil tur va mazmundagi ko‘rsatkich- larni o‘zaro nisbatini aniqlab foiz, koeffisient, indeks ko‘rinishida aks ettirib beradi. Ushbu usul reja bajarilishi, o‘sish sur'atlari hamda salmog‘lar asosida voqeliklami tarkibiy tuzilish holati kabilami o‘rganishda keng qo‘llaniladi (3.12-jadval). Nisbiy ko‘rsatkichlar bir kattalikni boshqasiga bo‘lish natijasida olinadi va u taqqoslash bazasiga qabul qilinadi. Bu reja, bazis yil, boshqa korxonaning, o‘rtacha sohaviy ma'lumotlari va b. bo‘lishi mumkin. Nisbiy kattaliklar koeffisientlar (baza 1) yoki foizlar (baza 100) shaklida ifodalanadi.
Ushbu jadvalda “Mustaqillik” fermer xo‘jaligining mulki, ham mutlaq, ham nisbiy ko‘rsatkichlar asosida hisob-kitob qilingan.
Xo‘jalik faoliyati tahlilida nisbiy kattalikning turli shakllari qo‘llaniladi: makoniy taqqoslash, rejaviy topshiriq, reja bajarilishi, dinamika, struktura, koordinatsiya, intensivlik, samaradorlik.
Makoniy taqqoslash nisbiy kattaligi ayni bir davr yoki bir vaqt momenti bo‘yicha olingan turli obyektlarga tegishli ko‘rsatkich- laming darajasini taqqoslash natijasida olinadi.
Rejaviy topshiriqni taqqoslash nisbiy kattaligi ko‘rsatkichning joriy yil rejaviy darajasining o‘tgan yil haqiqatdagi yoki 3-5 yil oldingi o‘rtachasi daraaasiga nisbatini o‘zida aks ettiradi.
Reja bajarilishi nisbiy kattaligi - ko‘rsatkichning hisobot davrining haqiqatdagi va rejaviy darajasi o‘rtasida foizlarda ifodalangan nisbatida ifodalanadi.
Dinamika nisbiy kattaligi qandaydir vaqt oraiig‘ida ko‘rsatkichlaming o'zgarishlarini tavsiflash qo‘llaniladi uchun va joriy davr ko‘rsatkichlari kattaliklarini uni oldingi davr (oy, kvartal, yil) daraaasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlaydi. Ular o‘sish sur'ati deb aytiladi va odatda foiz yoki koeffisientlarda ifodalanadi. Dina- mikaning nisbiy kattaliklari bazis va zanjirli bo‘lishi mumkin.
Struktura ko‘rsatkichi - bu qismning umumdagi ulushi (solishtirma salmog‘i) bo‘lib, foiz yoki koeffisientlarda ifodalanadi. Misol uchun, umumiy ekin maydonida donli ekinlar solishtirma salmog‘i, korxonaning xodimlari umumiy miqdorida ishchilaming solishtirma salmog‘i, korxonaning aktivlari shakllanishida o‘z kapitalining solishtirma salmog‘i va shu kabilar.
Koordinatsiya nisbiy kattaligi qism va umumiyning o‘zaro nisbatini o‘zida aks ettiradi, misol uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari, o‘z hamda qarz kapitali va boshqalar.
Intensivlik nisbiy kattaligi biror hodisaning muhit bilan mutanosiblikda rivojlanishi darajasini ko‘rsatadi. Misol uchun, xodimlar va ishchilar tarkibida yuqori malakali ishchilar foizini oshib borishi va shu kabilar.
Samaradorlik nisbiy kattaligi - bu foydalilikni resurslar yoki xarajatlar bilan nisbatini ifodalab beradi. Misol uchun, mahsulot sotishdan olingan foydani ishlab chiqarish xarajatlarining bir birligiga to‘g‘ri kelishi va hakazo.
Nisbiy miqdorlardan foydalanish usuli. Bu usul ham iqtisodiy tahlil jarayonida keng qo‘llaniladi, chunki amalda mutlaq raqamlar bilan birgalikda nisbiy miqdorlaming qo‘llanilishi ham tez-tez uchrab turadi.
Nisbiy miqdordan foydalanish usulining mohiyati natijaga omillar ta'sirini aniqlashda ulaming nisbiy o‘zgarishi natijaning nisbiy o‘zgarishidagi ulushida ifodalanishidir. Masalan, ishlab chiqarish korxonasi yalpi mahsulot hajmi (M), ishchilar soni (I) va ulaming mehnat unumdorligi darajasiga (MU) bog‘liq. Bu quyidagi formulada ifodalanadi:
M=I*MU
Nisbiy ko‘rsatkichlardan foydalanish uchun ushbu formula- dagi natija va omillaming o‘sish sur'atlari olinadi. Hisob-kitoblarda ana shu nisbiy ko‘rsatkichlar ishtirok etadi. Masalan, yalpi mahsulotning ishchilar soni o‘zgarishi evaziga o‘zgarganligini topish uchun ishchilar sonining o‘sish sur'atini (AI) yuzga ko‘paytirib, yalpi mahsulotning o‘sish sur'atiga bo‘linadi (AM):
Do'stlaringiz bilan baham: |