O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkich qiymatiga omillar ta'sirini kompleks va tizimiy aniqlash va o‘lchash uslubi tushuniladi


Download 1.1 Mb.
bet51/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Omilli tahlil deganda natijaviy ko‘rsatkich qiymatiga omillar ta'sirini kompleks va tizimiy aniqlash va o‘lchash uslubi tushuniladi.
Omilli tahlil quyidagi tiplarga ajratiladi:

  • to‘g‘ri (deduktiv) va teskari (induktiv) tahlil;

  • bir bosqichli va ko‘p bosqichli (zanjirli);

  • statik va dinamik;

  • retrospektiv va perspektiv.

Deterministik omilli tahlil deganda natijaga qat'iy to‘liq funksional bog‘lanishda bo'lgan omillar ta'sirini tadqiq qilish uslubi tushuniladi. Bunda natijaviy ko‘rsatkich omillaming ko‘paytmasi, bo‘linmasi va algebraik yig‘indisi ko‘rinishida berilgan bo‘ladi.
Stoxastik tahlil natijaga qat'iy, to‘liq bog‘lanishda bo‘lmagan va bog‘lanishi ehtimollik, tasodifiylik harakatda bo‘lgan omillar ta'sirini o‘rganish uslubi tushuniladi.To‘g‘ri omilli tahlilda tadqiqot mantiqiy deduktiv usulda amalga oshiriladi, ya'ni umumiydan xususiyga qarab boriladi. Buni barcha tahlil masalalarini, ya'ni butun to‘plamni kesimlarga ajratib bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladigan masalalami kiritish mumkin.
Teskari omilli tahlil deganda tadqiqot mantiqiy induksiya usuli bilan amalga oshiriladigan, ya'ni alohida birliklardan, elementlardan, xususiydan-umumiyga chiqib borish tushiniladi. Demak, bu tahlilga teskari usulda amalga oshiriladigan - sintez usulidir.
Bir bosqichli omilli tahlilda natijaviy ko‘rsatkichlarga bosh omillaming ta'sirini aniqlash, ya'ni omillar ta'sirini birligi darajasini, detallashtirmay tarkibiy qismlarga ajratmay tadqiq qilish tushuniladi. Masalan, sotishdan olingan yalpi foydani o‘rganishda sotishdan tushgan tushum va sotilgan mahsulot tannarxi bir bosqichli tahlilga misol bo‘lishi mumkin.
Ko‘p bosqichli omilli t^ihlil deganda natijaviy ko‘rsatkichlarga ta'sir etuvchi bosh omillami detallashtirib o‘rganish yo‘li bilan tadqiqot tushuniladi. Masalan, birinchi bosqichda ya'ni foyda (F)ga sotishdan tushgan tushum (T) va sotilgan mahsulotlar tannarxi (S) o‘rganilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda sotishdan tushgan tushumga sotilgan mahsulot miqdori (q) va bahosi (p)ni o‘zgarishi ta'siri, undan keyin esa, mahsulot miqdorini o‘zgartirishga ishchilar soni va ulami mehnat unumdoriigi ta'siri o‘rganiladi va hokazo (4.1-chizma).



i -tartibli










!Bir r bosqichli j tuWll

2-tartibli


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling