O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet11/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Tahlil qiluvchilar

Maqsadi va

1.

Korxonani bo shqaruvchilar (menenjerlar)

Moliyavi^y-xo^jalik faoliyati baho berish, ichki imkoniyatlarni topish va ulardan foydalanish chora-tudbirlurini ishlab chiqish evaziga koxonaning moliyaviy barqarorligini, ruqobutbardoshligini ta'minlash.

2.

Aksiy^ad^o^rlar va boshqa investorlar

0‘zlari oladigan dividendlarini, aksiyaning bozor bahosini aniqlash. Korxonaning kelgusi istiqbolini bilish.

3.

Soliq idoralari

Soliqlaming o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq to‘laganligini tekshirish.

4.

Bank muassasalari, kreditorlar

Pul mablag‘lari va boshqa kredit resurslarini aniqlash, olingan kreditni va boshqa majburiyatlarni tegishli foizi bilan to'lovga qodirligi tekshirish.

5.

Statistika va istiqbolni belgilash idoralari

Statistik jihatdan hisobga olish va umumlashtirish

6

Tovar

Jo^natila^igan tovarlar uchun to'laydigan mablag'i bor yoki yo‘qligini bilish.

7.

Tovar oluvchilar

Mahsulot bahosining asosliligi, sifati andozaga to‘g‘rililigi, vaqtida etkazib bera olishini berish.

Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatichlar tizimi quyida- gilardan iborat:

  • moliyaviy natijalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • ish faolligini ifodalovchi ko'rsatkichlar;

  • moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • davlat byudjeti bilan aloqalami ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat- kichlar.

Yuqorida jahon amaliyotida bir qator iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Iqtisodiy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillaming boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. 0‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohot- lami jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki amaliyotda iqtisodiy dastaklaming biri sifatida tahlil namoyon bo‘lmoqda.
Albatta, iqtisodiy tahlil ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo uning maqsadi va mohiyati rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning mazmuni esa, ma'lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, awalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan. Chunki, barcha mulk, uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosa- batlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Iqtisodiy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo qiladi.
Endigi «Iqtisodiy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo qiladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling