O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli
0‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy tahlil quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanishi lozim deb hisoblaymiz:
raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlan- tirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim; hozir respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Iqtisodiy tahlil ham ana shu sohaga mos rivojlanishi lozim; 0‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgal- teriya hisobining jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni taqozo qiladi; Bu fanning nazariyasini o‘zimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim; 0‘zbekistonda makroiqtisodiy tahlil amaliy jihatdan obyektiv zaruriyatga aylandi. Ammo, uning nazariyasi va metodo- logiyasi yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroiqtisodiy tahlilni nazariy va metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim; Olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyotning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalarini yaratishlari kerak; Iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berish va davlat ta'lim standartlariga va o‘quv rejalariga kiritish lozim, deb hisoblaymiz. Ushbu tadbirlaming amalga oshishi mustaqil davlatimizning mustaqil fani - iqtisodiy tahlilning yanada rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoiti har xil korxonalaming xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. Turli mulkchilik shaklida iqtisodiyot subyektlarini to‘g‘ri boshqarishda tahlilning roli Fan sifatida iqtisodiy tahlilning mazmuni eng awalo uning boshqa amaliy fanlar tizimida bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Ana shunday funksiyalaridan biri iqtisodiy qonunlami ta'siri xarakterini o‘rganish, aniq korxona sharoitida iqtisodiy hodisa va jarayonlar qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilash hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning yana bir funksiyasi - bu joriy va perspektiv biznes rejalarni ilmiy jihatdan asoslashdir. Boshqaruv qarorlarini va biznes rejalarni bajarilishi hamda resurslardan foydalanish ustidan nazorat qilish ham iqtisodiy tahlilning muhim funksiyalaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning markaziy funksiyalaridan biri - bu ilg‘or tajribalami, fan va amaliyot yutuqlarini o‘rganish asosida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari (rezervlari)ni qidirib topishdir. Iqtisodiy tahlilning navbatdagi fanksiyalari jumlasiga biznes rejalarni bajarishi, iqtisodiyotni rivojlantirishidagi erishgan darajasini va mavjud imkoniyatlardan foydalanishi bo‘yicha korxona faoliyati natijalarini baholashni kiritish mumkin. Shuningdek, iqtisodiy tahlilning eng muhim funksiyalari jumlasiga yana aniqlangan rezervlardan foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqishni ham kiritish mumkin. Shunday qilib iqtisodiy tahlilning mazmunini, iqtisodiy qonunlar ta'siri xarakterini, iqtisodiy jarayonlar qonuniyatlarini va tendensiyalarini o‘rganish, joriy va perspektiv rejalami, hamda boshqarish karorlarini ilmiy asoslanganligini tekshirish va ulami bajarilishini nazorat qilish, erishilgan darajani baholash, foydalanmayotgan imkoniyatlami qidirib topish va ulardan foydalanish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish tashkil qiladi. Turli mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot bozor munosabat- larining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxonalar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa shaxslar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida mablag'lardan to‘g‘ri foydalanishdan manfaatdordirlar. Bu esa sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni hamda ulami iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o‘ta ahamiyatli hisoblanadi. Korxonada boshqaruv tizimi o‘z obyekti va subyektidan iborat bo‘ladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling