O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi


Download 1.1 Mb.
bet15/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Iqtisodiy tahlil ham aniq fan sifatida quyidagilar haqida maxsus bilim beradi:

  • Iqtisodiy jarayon, hodisa va voqealami rivojlanishini, o'zgarishini obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki) ta'sir etuvchi omillar bilan umumiy bog‘liq holda o‘rganish;

  • 0‘rganilayotgan firma, tashkilot, muassasa va uyushmalaming faoliyatini to‘liq va keng o‘rgangan holda aniq va xolisona baho berish;

  • Ijobiy va salbiy ta'sir etgan omillami aniqlash, raqainlarda ko ‘ rsatish va hisoblash;

  • Bor bo‘lgan imkoniyatlar, samaradorlikni oshirishlii yo‘l- yo‘riqlarini ko‘rsata olish;

  • Ilg‘or g‘oya va tajribalaani . o‘rganilayotgan jarayonga qo ‘ llash yo ‘ nalishlarini belgilash.

Moliyaviy va boshqaruv tahlilida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayon maydadan-yirikka, oddiydan murakkabga yoki aksincha o‘rganiladi, hamda umumiy birligi va bir-biri bilan uzviy bog‘la- nishi e'tiborga olinadi. Demak, xo‘jalik faoliyatini tahlili firmalar- ning iqtisodiy faoliyatini obyektiv va subyektiv omillami e'tiborga olib o'rganadi.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexaniz- mining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Uning subyektlari bo‘lgan korxona va tashkilotlar, alohida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi subyektlar mulkning egasi va tasarruf etuvchisi sifatida uni to‘g‘ri boshqarishdan manfaatdordirlar, bu esa, albatta, sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va hodisalarini davriy kuzatishni, faoliyat natijaviyligini batafsil o‘rganishni iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi. Shu jihatdan korxona (firma) faoliyatini boshqarishning muhim vositasi va quroli bo‘lgan iqtisodiy tahlil o4a ahamiyatli hisoblanadi.

  1. Iqtisodiy tahlilning asosiy tamoyillari (prinsiplari)

Ma'lumki, analitik tadqiqotlar,uning natijalari va ulardan ishllib chiqarishni boshqarishda foydalanish ma'lum talablarga javob berishi kerak. Bu talablar analitik tadqiqotlami o‘tkazishga o^z ta'sirini ko‘rsatadi albatta. Iqtisodiy tahlilni tashkil qilish, o'tkazish va uning natijalarini amalda foydalanishda ularga qat’iy rioya qilinishi shart.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming faoliyatini tahlil qilish natijasiga asoslanib ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilinadi va u tufayli boshqaruv sistemasi boshqariladigan obyektning faoliyatini zaruriyatga qarab o‘zgartiradi. Qabul qilingan qaror boshqaruv jarayonming asosidir. Yangi xo‘jalik yili uchun ishlab chiqilgan reja bu korxonani kelajakda rivojlanishini ta'minlaydigan qarordir. Korxonalaming xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish jarayonida korxonada qabul qilingan biznes rejalaming asoslanganligi tekshiriladi, rejada ko‘zda tutilmagan imkoniyatlar aniqlanadi. Moliyaviy va boshqaruv tahlili rejalashtirish darajasini talab darajasiga ko‘taradi, uni yana ham ilmiy asoslanganlik darajasini ta'minlaydi. Shuning uchun ham rejalashtirish bilan tahlil o‘rtasidagi bog‘liqlik aniq ko‘rinib turadi. Biznes reja tuzish korxona faoliyatining tahlili bilan boshlanadi va yakunlanadi. Biznes rejaning aniq va puxta ishlab chiqilishi korxonalaming iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ulaming tadqiq. qilish obyekti deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan tamoyillari mavjud bo‘ladi. Tamoyillar o‘rganiladigan obyektni bir butunligi, realligi va voqeligini tavsiflaydi.
Shu jihatdan tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlami o‘rganishda o‘zi amal qiladigan tamoyillari bor. Mazkur tamoyillar tahlil fani obyektlami obyektivligini, mantiqliligini, shakl- mazmunini, miqdor-sifatini va shu kabi jihatlami tavsiflab real voqelikni yagona tushunchasini hosil qiladi.
Bu tamoyillaming xalqaro va milliy hisob andozalari asosida quyidagi shakllarini aytib o‘tish mumkin (1.2-jadval).


  1. Download 1.1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling