P = - *100%
AB + MM
Bu yerda: R - rentabellik;
F - asosiy faoliyatdan olingan foyda; AV - ishlab chiqarish asosiy vositalari; MM - moddiy aylanma mablag‘lar.
Ta'kidlab o‘tish kerakki, korxona faoliyatini kompleks baholash murakkab vazifa bo‘lgani uchun mazkur maqsadda ko‘plab ko‘rsatkichlardan foydalanish hamda ular asosida yagona xulosaga kelish tahlil natijasini yanada obyektivligini ta'minlaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim
ko‘rsatkichlari tahlili
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qatof ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ulami iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlariili ajratish mumkin.
yalpi mahsulot;
sof mahsulot;
me'yoriy sof mahsulot;
shartli sof mahsulot;
tayyor mahsulot;
tovar mahsuloti;
sotilgan mahsulot;
kritik hajmdagi mahsulot.
Yalpi mahsulot hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko'rsatilgan xizmat) va tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yalpi mahsulot asosida mikro darajada, ya'ni korxona bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beriladi. Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib moddiy, mehnat va moliyaviy tesurslaming samaradorlik darajalari o‘rganiladi.
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot deb yuritiladi. Sof mahsulot mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yalpi mahsulotdan eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada yangitdan yaratilgan qiymat - sof mahsulot hisoblab topiladi. Ushbu ko‘rsatkich asosida mahsulot ishlab chiqarishning samaradorligini tavsiflovchi resurslar samara- dorligi ko‘rsatkichlarini aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini baholashda korxona faoliyat natijaviyligi ko‘rsatkichlariga baho berishda foydalaniladi.
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb olinadi.
Me'yoriy sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning o‘zidan iborat. Faqat bunda o‘zgaruvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham me'yorlar chegarasida olinadi. Demak, me'yoriy ish haqi va me'yorlashtirilgan foyda summasi me'yoriy sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib mehnat unumdorligi, resurslar samarasi va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |