O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
-jadval Kompleks iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat vositalari ham- da nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar tShlili
- Moliyaviy holat va to‘lov layoqati bilan bog‘liq bolgan ko‘rsatkichlar tahlili
7.1-jadval Kompleks iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi
Mehnat resurslari bilan bog‘lik bo'lgan ko‘rsatkichlar tahlili Mehnat vositalari ham- da nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar tShlili Mehnat ashyolari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlar tahlili Ishlab chiqarish va faoliyat natijaviyligi bilan bog‘liq bo'lgan ko‘rsatkichlar tahlili Moliyaviy holat va to‘lov layoqati bilan bog‘liq bo'lgan ko‘rsatkichlar tahlili Kompleks iqtisodiy tahlilda barcha ko‘rsatldchlar o‘zaro alo- qadorlikda va bog‘lanishda o‘rganilgan holda korxona faoliyatiga umumiy tashxis qo'yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligi va faoliyat natijaviyligini oshirish yuzasidan ichki imkoniyatlaming mavjudligi umumlashtiriladi. Kompleks iqtisodiy tahlildagi barcha ko‘rsatkichlar o ‘rganila- digan masalalardan kelib chiqadi. O‘rganiladigan masalalami aniqlash esa ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liklartii bilishda eng muhim yondashish hisoblanadi. Demak, tahlilda o‘rganiladigan masalalar quyidagi tartibda bo‘lishi mumkin: Korxona faoliyatining umumlashtiravchi ko‘rsatkichlarga kompleks sharh. Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy darajasi hamda mahsulotlar sifati tahlili. Korxona mahsulotlariga bozordagi talab va taklifhing tahlili. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi tahlili. Mehnat resurslaridan foydalanish, mehnat va unga haq to'lash tahlili. Moddiy resurlardan foydalanish tahlili Asosiy vositalardan foydalanish tahlili. Ishlab chiqarish xarajatlari hamda mahsulotlar tannarxi tahlili. , 8. Korxona moliyaviy natijalari va rentabelligi tahlili. Korxona moliyaviy holati va barqarorligi tahlili. Korxona faoliyatiga umumlashtimvchi baho berish. Ushbu masalalar tahlil maqsadi va vazifalaridan kelib chiqib o‘rganiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadini ham belgilaydi. Ya'ni mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish va korxonaning moliyaviy natijalarini hamda holatini yaxshilash bo‘yicha subyektda mavjud bo‘lgan ichki imkoniyatlami aniqlash va ulami amaliyotga tatbiq etish chora tadbirlarini belgilash tahlilning muhim vazifasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning ichki imkoniyatlari - resursiardan foydalanish bo‘yicha korxonada mavjud bo‘lgan, biroq ishga solinmagan zaxiralaming mavjudligidan tashkil topadi. Bu imkoniyatlar birinchi navbatda korxonaning mehnat vositalari, texnologiyalari va zamonaviy mehnat vositalari bilan qurollanish darajasiga hamda ulaming holatiga bog‘liq. Imkoniyat - korxona iqtisodini kuchaytirishning muhim vositasidir. Agarda subyektda ulardan to‘liq va to‘g‘ri foydalanilsa ishlab chiqarish samaradorligi oshirish yuzasidan muhim ijobiy natijalarga erishiladi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligining oshirish ko‘p jihatdan mavjud zaxiralardan foydalanish holatiga ham bog‘liq. Korxona biznes rejalarini belgilashda barcha imkoniyatlar hisobga olinadi va ulaming realizatsiyasi reja bajarilishi davomida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari faoliyatdagi texnologiyalami takomillashtirish, ishlab chiqarishni tashkil etish hamda uning tashkiliy-texnikaviy darajasini yaxshilash, mehnatni tashkil etish, boshqaruvni takomillashtirish kabilar orqali ham belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda makro darajadagi imkoniyatlaming tarkiblashni quyidagi uch guruhi ajratiladi. Iqtisodiyot. Tarmoq. Ichki xo‘jalik imkoniyatlari. Korxonada har bir imkoniyatdan maqsadga muvofiq foydala- nish yo‘llari ishlab chiqilishi zarur. Korxona ichki imkoniyatlari quyidagi tarkib bo'yicha gurah- lanadi. mehnat vositalari bilan bog‘liq bo'lgan imkoniyatlar: ishlab chiqarish vositalari va ulami modemizatsiyalash, ishlab chiqarish texnologiyalarini samarali turlarini ishlab chiqarishga jalb etish, asosiy vositalaming aktiv qismini ko‘paytirish, informatsion texnologiyalarga asoslangan ish o‘rinlarini tashkil etish; Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling