O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 1.1 Mb.
bet132/149
Sana25.02.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1227687
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
Bog'liq
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1

Shartli sof mahsulot qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi. Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha) iborat bo'ladi. Ushbu korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Tayyor mahsulot. Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan, belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘matilgan rasmiy talablarga muvofiq bo‘lgan, o‘z iste'mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z is'temoli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji bahosida, amaldagi bozor va taqqoslama baholarda hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi.
Tovar mahsuloti. Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji bahosida, amaldagi bozor va taqqoslama baholarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot bo‘yicha oladigan foyda summasidan iborat bo ‘ ladi.
Sotilgan mahsulot. Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olingan mahsulot hajmi sotilgan mahsulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki, korxonadagi tayyor yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u fjLolda ular to‘la ravishda sotilgan mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qismi sotilmay qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi.
Kritik hajmdagi mahsulot. Ushbu ko'rsatkich biznes rejada belgilangan mahsulot hajmi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishilganda korxona mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda olmaydi, ayni bir paytda zarar ham ko‘rmaydi. Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda keltiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor baholari (ulgurji) asosida rejalashtiriladi.
Mahsulot ish va xizmatlami sotish korxona ulgurji bahosi yoki chakana baholarda amalga oshiriladi. Korxona ulguiji bahosining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni, sotilgan mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotil- gan mahsulotning chakana bahosi ulgurji bahodan savdo qo‘shim- chasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi.

  1. Mehnat resurslari va ular samaradorligi
    ko‘rsatkichlarining tahlili


Korxonada mehnat resurslari xizmat vazifalari va ish faoliyatining mazmuniga ko‘ra tarkiblandi. Jumladan, ishlab chiqarishni tuzilishi bo‘yicha - sanoat ishlab chiqarish xodimlari, boshqa tarmoq xodimlari, noishlab chiqarish xodimlari; band bo‘lishiga qarab - doimiy ishchilar, mavsumiy ishchilar; xizmat vazifasi bo‘yicha - ishchilar, xizmatchilar; ishlab chiqarishda qatnashuvchanlik darajasi bo‘yicha - asosiy va yordamchi ishchilar kabilarga ajratiladi. Korxonada xodimlarning yoshi, mehnat staji, jinsi, malakasi va ma'lumoti bo‘yicha ham tarkiblash mumkin.
Iqtisodiy tahlilda xodimlar tarkibi, xodimlar bilan ta'minlan- ganlik, xodimlar harakati, dinamikasi kabilar bo‘yicha o‘rganiladi.
Xodimlar tarkibi tahlilida korxona xodimlari sanoat ishlab chiqarishi xodimlari, ishchilar, rahbarlar, xizmatchilar, mutaxas- sislar, qorovullar kabi guruhlarga ajratib o‘rganiladi. Unda barcha xodimlami eng maqbul miqdori va salmog‘i, ulaming o‘zgarishlari tahlil qilinadi.
Ishchi kuchi bilan ta'minlanganlik tahlilida xodimlar sonining rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlari, mahsulot hajmining oshishi yuzasidan mutlaq va nisbiy farqlar, xodimlar aylanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o'rganiladi.
Mehnat resurslari harakatini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich sifatida xodimlar qo‘nimsizligi ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Xs
Q =
X
Bunda: Q - xodimlar qo‘nimsizligi koeffisenti
Xs - korxona va umumjamiyat tavsifida bo‘lmagan sabablar ta'sirida ishdan bo‘shaganlar soni
X - xodimlarning ro‘yhatdagi o‘rtacha soni.
Ushbu koeffisentni imkon qadar kam salmog‘da bo'lishi korxonada xodimlar uchun sharoitni yaxshiligidan dalolat beradi.
Xodimlar qo‘nimsizligi bevosita xodimlami qabul etish va bo‘shatish bo‘yicha aylanmalami hisoblash asosida to‘ldiriladi.
Xodimlami ishga qabul etish koeffisienti hisobot davrida ishga qabul qilingan ishchilar sonini mazkur davrdagi jami ishchilaming ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soniga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Xodimlaming ishdan bo‘shatish koeffisienti hisobot davrida ishdan bo‘shagan xodimlar sonini ulaming ro‘yxatdagi o‘rtacha soniga bo‘lish asosida hisob-kitob qilinadi.
Korxonada xodimlar mehnat unumining oshishi ko‘p jihatdan ish vaqtidan qay darajada foydalanganlik darajasi bilan bog‘liqdir. Korxonada ish vaqtidan foydalanishning quyidagi jihatlarini farqlash mumkin:

  • ishchilar ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish;

-uskunalar ish vaqtidan foydalanish darajasini o‘rganish.
Ishchilaming ish vaqtidan foydalanganligini umumlashgan ko‘rsatkichi - jami ishchilar tomonidan yil davomida ishlangan kishi soatlari hisoblanadi.
Tahlilda, korxonada ish vaqtidan foydalanishning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, uning o‘zgarishiga ta'sir etuvchi alohida omillaming ta'sir darajasiga tavsif beriladi. Ishchilar ish vaqtidan foydalanish darajasiga quyidagi omillar ta'sir qiladi.

  • ishchilaming ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining o‘zgarishi;

  • bir yilda o‘rtacha ishlangan ish kunlarining o‘zgarishi;

  • ish kuni davomiyligining o‘zgarishi.

Ish vaqtidan to‘g‘ri foydalanish mehnat unumdorligini oshishiga ta'sir qiladi.
Mehnat unumdorligi ishlab chiqarilgan mahsulot, ish va xizmatlar hajmini mehnat sarfi birligiga bo‘lish asosida aniqlanadi. Mehnatning sarfining birligi sifatida ishlangan ish soatlari, kunlari yoki ishchilar soni olinadi.
Tahlilda mehnat unumdorligi, uning o‘sish daraj alari va dinamikasiga baho beriladi.
Mehnat unumdorligining o‘sish darajalari va dinamikasiga baho berishda uning o‘zgarishiga ta'sir etuvchi quyidagi qatorlarga alohida ahamiyat beriladi.

  • intensiv omil;

  • ekstensiv omil;

  • ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati;

  • mehnat unumdorligining oshishi;

  • mahsulot hajmining uni ishlab chiqarish vaqti va sifatiga ta'sir etmagan holda oshirishga;

  • mahsulot birligiga mehnat sarfming kamayishiga;

  • mahsulot ishlab chiqarish va tovarlar aylanish vaqtini qisqartirishga;

  • mahsulot hajmi va foydani oshirish holatiga.

Mehnat unumdorligi qiymat (pul o‘lchovida) va ayrim hollarda natural (dona va shu kabilar) ko‘rsatkichlarda aniqlanadi.


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling