O‘zbek1ston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 1.1 Mb.
|
16-Iqtisodiy-tahlil-nazariyasi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
- osishidan dastlabki ikki omillaming tasiri natija chiqarib tashlab aniqlash mumkin.
Ba'zan balans usul alohida omillaming natijaviy ko‘rsatkich- ning o‘sishiga ta'sir kattaliklarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, uch omillaming ikkitasining ta'siri ma'lum bo‘lsa, u holda uchinchisi ta'sirini natijaviy ko‘rsatkichning umumiy o'sishidan dastlabki ikki omillaming ta'siri natija chiqarib tashlab aniqlash mumkin. Zanjirli bog‘lanish usuli Iqtisodiy tahlilda o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishi va mazkur o‘zgarishni yuzaga keltirgan asosiy omillaming turi hamda ulaming alohida olingan ta'sir miqdorlari aniq hisob-kitob qilinadi. Bu bilan natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga qanday omillar ta'sir qildi hamda ulaming har birini ta'sir miqdori qanchani tashkil etdi, degan savolga oydinlik kiritiladi. Ushbu turdagi masalalami hal qilishda zanjirli bog‘lanish usulidan keng foydalaniladi. Ta'kidlash kerakki, zanjirli bog‘lanish usulida tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlar o‘zaro qat'iy funksional bog‘liqlikda bo‘lishi talab etiladi. Ya'ni, bir yoki bir necha ko‘rsat- kich ta'sirida natijaviy ko‘rsatkich yuzaga chiqishi kerak. Zanjirli bog‘lanish usulida o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich o‘zgarishiga ta'sir etgan omillami tartib asosida aniqlashtirilib, har bir alohida olingan omilni o‘zining o‘zgargan holatini saqlab qolgan holda boshqa omillami dastlabki holatini shartli o‘zgarmas tarzida olib qolib, ya'ni xolislantirib belgilangan matematik amallami bajarish bilan natijaviy ko'rsatkich o‘zgarishi- ga faqat bir omil (o‘zgargan holatdagi omil) ta'siri hisob-kitob qiladi. Hisoblash ishining keyingi jarayonlarida boshqa omillar ham shu tartibda o‘rganiladi. Faqat, yakuniy natijaga ta'siri o‘rganilgan omil o‘zidan keyingi omilni (yoki omillami) yakuniy natijaga ta'sirini hisoblashda xolislantirilmaydi. Balki, ular haqiqiy o‘zgarish holatida olinadi. Chunki, dastlabki bosqichda ta'siri hisob-kitob qilingan omil (yoki omillar) yakuniy natija o‘zgarishi- ga o‘z ta'sirini ko‘rsatib bo‘lgan deb qaraladi. Ushbu tartib oxirgi omilning yakuniy natijaga ta'sirini hisob-kitob rqilgunga qadar davom etadi. Shu usulda har bir omil bosqichma-bosqich almashtirilib, ulaming yakuniy natijaga ta'sirlari alohida-alohida aniqlanadi. Alohida-alohida hisoblangan ta'sir miqdorlari o‘zaro qo‘shib yoki ayirilganda (bu holat vaziyatga ko‘ra amalga oshiriladi) yakuniy natijani o‘zgarish miqdoriga teng bo‘ladi. Mana shu tartibdagi hisob-kitoblar zanjirli bog‘lanish usuliga xos bo‘lib, uning mazmunini tashkil etadi. Zanjirli bog‘lanish usuli mohiyatini amaliy misolda yanada yaqqolroq ko‘rish mumkin. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling