O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

ajratuvchilar soni talaygina. Sil kasalligi 1—2 yoshgacha bo‘lgan
bolalar o‘rtasida ko‘proq uchraydi. 3—6 yoshda va boshlang‘ich
sinf o‘quvchilari orasida kasallik birmuncha kamroq qayd qilinadi.
Yoshi  25  dan  oshgan  ayollar  o‘rtasida  kasallik  kamroq,  ay-
niqsa, 60 yoshdan oshganlarda kam uchraydi. 25 dan oshgan erkak-
larda kasallik shu yoshdagi ayollarga nisbatan ko‘proq uchraydi.
Sil kasalligining mavsumiyligi haqidagi ma’lumot kam. Ammo
ko‘pchilik  mutaxassis  va  tadqiqotchilarning  fikriga  qaraganda,
kasallikning avj olishi, qaytalanishi erta bahor hamda kuz pay-
tiga to‘g‘ri keladi. Sil kasalligining sog‘lom kishilarga yuqish eh-
timoli ham  aynan shu paytlarda ortadi.

214
Sil  kasalligi  bilan  kasallanish  darajasi  aholining  ijtimoiy-
iqtisodiy, yashash, ishlash va turmush sharoitlariga bog‘liq bo‘lib,
kasallik  ko‘proq  kambag‘al,  qashshoq,  turmush  darajasi  past,
bir xonada bir necha kishilar yashaydigan oilalarda, to‘yib ovqat-
lanmaydigan kishilar o‘rtasida uchraydi.
Sil kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash maqsadida aholining
ba’zi  bir  guruhlari  o‘rtasida  vaqt-vaqti  bilan  tibbiy  profilaktik
ko‘rik o‘tkaziladi. Bunda 12 oylikdan oshgan bolalarga va o‘smir-
larga tuberkulin Mantu reaksiyasi qo‘yiladi. Buning uchun teri
ichiga 2 ÒB (tuberkulin birligi) tozalangan tuberkulin yuboriladi.
Bunday  reaksiya  yordamida  bolalarga  mikobakteriyalar  yuq-
qanligi  (viraj)  aniqlanadi.
Hozirgi  vaqtda  profilaktik  tibbiy  ko‘rik  o‘tkazish  maqsadida
flyurografiya  usuli  qo‘llaniladi.  Bunday  profilaktik  tekshiruvlar
birinchi  navbatda  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muassasalariga
qatnaydigan  bolalar,  shu  muassasalarda,  davolash-profilaktika
muassasalarida,  tug‘uruqxonalarda  ishlovchilar,  kasb-hunar  kol-
lejlari, maktablar, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchilari, sanoat
korxonasida ishlaydigan 18 yoshgacha o‘smirlar, harbiy xizmat-
chilar,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonalarida,
do‘konlarda,  ovqatlanish  shoxobchalarida  ishlaydiganlar,  sarta-
roshlar va boshqalar o‘rtasida doimiy ravishda olib boriladi.
Barcha aniqlangan bemorlar, kasallikni boshdan kechirgan-
lar,  bemorlar  bilan  aloqada  bo‘lganlar  silga  qarshi  dispanser-
larda hisobga olinib, ular ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Kasallikning oldini olish, unga qarshi kurash choralari va epi-
demiologik nazorat. Sil kasalligiga qarshi kurashda sog‘lomlashti-
rish  va  sanitariya-gigiyena  chora-tadbirlarining  ahamiyati  katta.
Kasallikning oldini olish choralari aholining yashash va turmush
sharoitini yaxshilash, ularni sanitariya-gigiyena talablariga javob
beradigan turarjoy bilan ta’minlash, sanoat korxonalarida, qishloq
xo‘jaligida va boshqa muassasalarda ishlovchilarning ish joylarida
gigiyenik sharoitni yaxshilash, shuningdek, bolalar va o‘smirlarni
jismonan chiniqtirish, doimo badantarbiya, sport bilan shug‘ul-
lanish, o‘z vaqtida to‘yimli ovqatlanish va shu kabilar kiradi.
Aholi o‘rtasida sil bilan og‘rigan bemorlarni o‘z vaqtida aniq-
lash va ularni davolash, ular ustidan dispanser nazoratini o‘rna-
tish eng asosiy va samarali choralardan biridir.
Silga  qarshi  kurashda  epidemik  o‘choqda  joriy  dezinfeksiya
ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish yaxshi natija beradi. Buning uchun

215
bemorlar o‘zi bilan doimo olib yuradigan tufdonlar bilan ta’minla-
nishi kerak, tufdon xloramin yoki xlorli ohakning 3—5 % li erit-
masi, balg‘am esa, qaynatish yo‘li bilan dezinfeksiya qilinishi lozim.
Bemorlarning  idish-tovog‘i,  ko‘rpa-to‘shagi,  sochig‘i  va  shu
singari  buyumlari  alohida  bo‘lishi  kerak.  Bemorlarning  kiyim-
kechaklari yuvishdan oldin qaynatiladi. Yoki xloraminning 5 % li
eritmasiga 4 soat mobaynida ivitib qo‘yib dezinfeksiya qilinadi.
Xonani  ho‘l  latta  bilan  artib  tozalab  tez-tez  shamollatib  turish
lozim. Yakunlovchi dezinfeksiyada xona devorlari, mebellar, be-
mor  ko‘rpa-to‘shagi,  kiyim-kechaklari,  vannaxona,  oshxona,
hojatxona va boshqa xonalar dezinfeksiya qilinishi lozim.
Sil  kasalligi  bilan  og‘rigan  bemorlar  maktabgacha  bolalar
muassasalaridan,  maktablardan  chetlatiladi,  oziq-ovqat  korxo-
nalaridan boshqa korxonalarga ishga o‘tkaziladi. Silning oldini
olishda  bu  kasallikka  qarshi  kuchsizlantirilgan  tirik  vaksina
(ÁÖÆ) bilan emlash samara beradi. Emlash bolalar tug‘ilgan-
laridan keyin 3—6 kunligida tug‘uruqxonalarda, qayta emlash
esa, bolaning 7, 16—17 yoshlarida o‘tkaziladi.
1. Silga qarshi dispanser bilan tanishishda sil tashxisi qo‘yilgan bemorlar
va ular bilan kontaktda bo‘lgan shaxslarning kartotekasiga, flyurografik mosla-
malarga  (flyurografiyadan  o‘tish),  laboratoriyaga  ahamiyat  berish,  laborato-
riyada surtmalarni flotatsion usul bilan qanday tayyorlanishini ko‘rish lozim.
Dispanser  patronaj  hamshirasi  bilan  suhbatda  o‘quvchi  uning  bajaradigan
vazifalarini  bilib  olishi  va  o‘z  ish  daftariga  yozib  olishi  lozim.  Òuberkulin
sinamalarni  qo‘yishda  va  silga  qarshi  immunizatsiya  qilishda  qo‘llaniladigan
preparatlar  va  instrumentlarni  sinchiklab  o‘rganishi  lozim.
2. Batsillar bemor bor o‘choqni patronaj qiling va «Silga qarshi dispanser
uchastka  tibbiyot  hamshirasining  kartasi»ni  (93-shakl)  to‘ldiring.  Òekshirish
natijalarini muhokama qiling.
1. Sil qo‘zg‘atuvchilarini bayon eting. Ularning atrof-muhitga va dezinfeksion
ta’sirlarga chidamlilik xossalarini ta’riflang.
2. Sil infeksiyasining manbayi qanday? Eng muhimlarini sanab o‘ting.
3.  Silning  o‘tish  yo‘llarini  bayon  eting.  Eng  muhimlarini  ta’riflang,  bu
masalani qo‘zg‘atuvchining atrof-muhitga chidamliligi bilan bog‘lang.
4. Odamga sil qo‘zg‘atuvchisi yuqishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
Sil yuqqanligini qanday yo‘l bilan aniqlash mumkin?
5. Sil bilan kasallangan bemorlar qanday aniqlanadi?
6. Batsillar bemorlar xususida qanday chora ko‘riladi?
!
MUSTAQIL ISH
?
NAZORAT SAVOLLARI

216
4-bob.  QON  ORQALI  O‘TADIGAN  INFEKSIYALAR
4.1. Òoshmali terlama. Brill kasalligi
Etiologiyasi. Epidemik toshmali terlama o‘zining etiologiyasiga
qarab, ko‘p miqdorli rikketsiozlar guruhiga yoki maxsus mikro-
organizmlar  —  rikketsiyalar  sabab  bo‘ladigan  toshmali  terlama
isitmalar guruhiga kiradi.
Epidemik toshmali terlama avvaldan ma’lum bo‘lib, bu kasal-
likni ilgari vaqtlarda toun, ich terlama va boshqa yuqumli kasallik-
larga o‘xshatilar edi. Òoshmali terlama qo‘zg‘atuvchisi Provochek
rikketsiyalari  mayda,  yumaloq  yoki  oval  shakldagi  tuzilmalar
bo‘lib, hujayra ichida joylashadigan parazitlardir. Ularni toshmali
terlama bilan og‘rigan  bemor organizmida va shuningdek, toshmali
terlama bitlarning endopiliy hujayralari ichida doimo topish mum-
kin. Rikketsiyalar odam uchun juda ham yuqumli. Odamda tosh-
mali terlamaga qarshi tug‘ma immunitet bo‘lmaydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiyaning kirish yo‘llari. Infeksiya bit chaq-
qan joydan yoki qashilgan va tirnalgan teri orqali organizmga kiradi.
Mikroblar kishi terisini qashilgan yoki ishqalangan vaqtda bitlarning
axlatlari bilan birga teri ichiga kiradi, chunki bit ichagining sidirilib
tushgan  endoteliysi  shikastlanishi  natijasida  kasallik  mikroblari
keyinchalik qonga o‘tib, undan ichki organlarga tarqaladi (10-rasm).
10-rasm.  Toshmali  terlamaning  tarqalish  sxemasi.

217
Infeksiyaning  birdan  bir  manbayi  toshmali  terlama  bilan
og‘rigan  bemor  bo‘lib,  u  qonida  rikketsiyalar  bo‘lgan  vaqtda
atrofdagilarga xavfli, chunki bemor qonini so‘rgan bitga kasallik
mikroblari  o‘taveradi. Bu  davr  kasallikning  dastlabki  kunidan
boshlanib, harorat tushgan birinchi kunlarda tugaydi. Ayrim hollarda
10—12  kundan  keyin  tugaydi.  Infeksiyaning  tarqatuvchisi  bit
bo‘lib, toshmali terlamani asosan va faqat ko‘ylak biti — Pediculus
Vestimenti  tarqatadi.  Bit  odamning  ichki  kiyimlari  burmalari  va
boshqa kiyim-kechaklarda yashaydi. U kiyim-kechaklarning iðla-
riga,  choklariga  tuxum  —  sirka  qo‘yadi.  Sirkalardan  lichinkalar
yetishib  chiqib,  ular  2  marta  tullab,  keyinchalik  jinsiy  jihatdan
yetishgan hasharotlarga aylanadi.
Odam tanasining haroratida metamorfoz 7—10 kun davom
etadi.  Bu  muddat  amaliy  jihatdan  juda  muhimdir.  Odamlarni
sanitariya qayta ishlovdan o‘tkazish muddatlari belgilanadi. Òosh-
mali  terlama  kasalligining  bit  orqali  yuqish  mexanizmi  quyi-
dagicha  bo‘ladi:  bit  toshmali  terlama  bilan  og‘rigan  bemor
odamning qonini so‘rib, infeksiyani o‘ziga yuqtirib oladi. Biroq,
dastlabki  4—5 kun ichida bit ichagida rikketsiyalar topilmaydi.
Epidemiologik kuzatuvlardan ma’lum bo‘lishicha, bit bu davrda
infeksiyani  sog‘lom  odamga  yuqtira  olmaydi.  Bu  vaqt  ichida
rikketsiyalar urchib, bit ichagining endoteliy hujayralari ichida
juda  ko‘payib  ketadi.  O‘ziga  xos  bu  «inkubatsion»  davr,  ya’ni
infeksiyani o‘ziga yuqtirib olgan bo‘lsa ham, hali uni odamlarga
yuqtirish qobiliyati bo‘lmasligi muhim ahamiyatga egadir. Agar
kasallik  aniqlanib,  bemor  kasalxonaga  joylashtirilsa  va  bemor
yashagan joy xastalikning dastlabki besh kuni ichida qayta sani-
tariya ishlovidan o‘tkazilsa, o‘zaro munosabat yo‘li bilan boshqa
yangi kasallik vujudga kelmaydi.
Òoshmali terlama virusining saqlanishi mumkin bo‘lgan mak-
simal muddatlarga asoslanib belgilangan 71 kunlik muddat yangi
paydo bo‘ladigan kasallik o‘choqlarining oldini olish va toshmali
terlama kasalligini yo‘qotish davrida tibbiyot xodimlari uchun za-
rur edi. Odam toshmali terlamaga ancha moyil, ya’ni bu kasallik
unga juda tez yuqadi.
Buni  shu  bilan  isbot  qilish  mumkinki,  infeksiyaning  tarqa-
lishiga  qulay  sharoitlar  bo‘lgan  joylarda  aholining  ko‘pchiligi
bu kasallik bilan og‘riydi. Odam bir marta kasallansa, unda ma’lum
vaqtgacha turg‘un immunitet qoladi. Ijtimoiy omil va unga bog‘liq

218
bo‘lgan  sanitariya-turmush  sharoitlari  toshmali  terlama  epide-
miyasida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Òoshmali terlamaning
tarqalishiga quyidagilar, chunonchi:
1) aholi sanitariya madaniyatining past darajada bo‘lishi;
2) turmush  sharoitlarining  yaxshi  bo‘lmasligi,  zich  yashash,
kiyim-kechaklar, sovun va yoqilg‘ilarning yetarli bo‘lmasligi;
3)  hammomlar,  sanitariya  ko‘rigidan  o‘tish  joyi,  kir  yuvila-
digan  xonalar,  dezinfeksion  kameralar  va  dezinfeksiya  asbob-
uskunalarining  yetarli  bo‘lmasligi;
4) aholining ko‘plab ko‘chib yurishi sabab bo‘ladi.
Òibbiy  omillar  toshmali  terlama  kasalligining  tarqalishiga
unchalik sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu kasallik har qanday geo-
grafik kenglikda va iqlimiy sharoitda uchrashi mumkin. Kasallik
noyabr, dekabr oyidan boshlab ko‘payib, mart-aprelda keng tar-
qalib ketadi. May-iyun oylarida toshmali terlama biroz kamayadi
va  butun  yoz  davomida  bir-ikki  marta  yuz  beradi.  Òoshmali
terlamaning  qishda  ko‘payib,  yozda  kamayib  ketishi  turmush
sharoitlari va mavsumga qarab o‘zgarishiga bog‘liq.
Òoshmali  terlamaga  qarshi  kurash.  Òoshmali  terlamaga
qarshi kurash muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun amalga oshirila-
digan tadbirlar epidemik zanjirining uch zvenosi ham bir xilda
olib borilishi lozim. Bunda infeksiya manbayiga, uni yuqtiradigan
omilga qarshi qaratilgan tadbirlar eng zarur va muhim hisob-
lanadi. Agar maxsus profilaktika o‘tkazilsa, qo‘shimcha tadbir
bo‘ladi.
Infeksiya manbayiga qarshi kurash. Òoshmali terlama infek-
siyasining birdan bir manbayi toshmali terlama bilan og‘rigan
bemor  bo‘lganligi  sababli,  epidemiyaga  qarshi  o‘tkaziladigan
tadbirlarni amalga oshirishda ana shuni doimo nazarda tutish
kerak. Òoshmali terlama bilan og‘rigan bemorni, u kasal bo‘lgan
kundan keyingi dastlabki besh kun ichida topib, tashxis qo‘yilsa
va  kasalxonaga  joylashtirilsa,  ya’ni  bemor  qonini  so‘rib  za-
rarlangan bit hali infeksiyani atrofdagilarga yuqtirish qobiliyati
bo‘lmagan davrda kasallik aniqlansa, infeksiya o‘chog‘ini tezda
yo‘qotish mumkin. Bemorni barvaqt aniqlash va topish uchun
aholining  davolash  muassasalariga  o‘z  vaqtida  murojaat  qi-
lishlarini uyushtirish va buning uchun aholi orasida sanitariya
maorifi ishlarini keng ko‘lamda olib borish hamda jamoat sa-
nitariya faollaridan keng foydalanish lozim.

219
Òoshmali terlama bilan og‘rigan bemorni yoki toshmali ter-
lama  bilan  kasallangan  deb  gumon  qilinganni  gospitalizatsiya
qilish shart. Bemorni gospitalizatsiya qilish bilan birga quyidagi
tadbirlar amalga oshiriladi:
a)  bemorni  kasalxonaga  qabul  qilishda  yaxshilab  tozalab
yuvintirish  kerak.  Uning  kiyim-kechaklari,  shaxsiy  buyumlari
dezinfeksiya qilinadi;
b)  bemor  statsionarda  yotgan  davrda  har  o‘n  kunda  qayta
yuvintiriladi;
d)  bemor  kasalxonadan  chiqarilishda  ham  yuvintirib  toza-
lanadi va uning kiyim-kechaklari qayta dezinfeksiya qilinadi;
e) isitmasi bo‘lgan gumonli kasallarni toshmali terlama tash-
xisi belgilangan bemorlardan butunlay ajratilib qo‘yiladi;
f)  bemor  harorati  tushgan  kundan  12  kun  o‘tgandan  keyin
statsionardan chiqarilishi mumkin.
Òoshmali  terlama  infeksiyasining  yuqishiga  qarshi  kurash,
infeksiyani yuqtiradigan birdan bir sabab bitga qarshi kurashdan
iboratdir. Bu tadbirlar majmuyi «Sanitariya qayta ishlovi» ata-
masi bilan yuritiladi.
Yetarli ta’sirga ega bo‘lgan sanitariya qayta ishlovi to‘liq, bir
vaqtda, qayta-qayta, aylanma bo‘lishi lozim. Òo‘liq qayta ishlov
deyilganda, bit bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha obyektlarni qayta
ishlovdan o‘tkazish tushuniladi. Odatda, bitlar odam tanasiga yaqin
joyda bo‘ladi. Lekin, bitlash tarqalib ketgan bo‘lsa, kiyim-kechakda
ham va hozir  kiyilmagan kiyim-kechaklarda ham, o‘rin-to‘shakda,
kursilarda,  krovatlarda  va  hatto  polda  ham  bo‘lishi  mumkin.
Binobarin, bitlarni tamomila qirish uchun ana shu obyektlarning
hammasini qayta ishlovdan o‘tkazish kerak.
Òoshmali terlama o‘chog‘ida bitlash bo‘lsa, qayta ishlov uch
marta  o‘tkaziladi.  Òoshmali  terlamaning  maxsus  profilaktikasi
yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  qo‘shimcha  tadbir  hisoblanadi. Bu
profilaktika infeksiya manbayi va infeksiyani yuqtiruvchi sabab-
chilarga qarshi qaratilgan asosiy tadbirlarga qo‘shimcha bo‘ladi.
Òoshmali terlamaga qarshi emlash faol immunizatsiya qilish shak-
lida  olib  boriladi.  Buning  uchun  o‘ldirilgan  rikketsiyalar  ara-
lashmasidan foydalaniladi. Rikketsiyalar oddiy oziqli muhitlarda
yetishmaydi. Shuning uchun vaksinalar tayyorlashda rikketsiyalar
yuqtirilgan  hayvon  organlaridan  foydalaniladi.  Hozirgi  vaqtda
toshmali  terlamaga  qarshi  uch  xil, chunonchi,  Kroptovskaya-
Mayevskiy, Vaygl-Pshenichkov va Koks vaksinasi qo‘llaniladi.

220
4.2. Bezgak
Etiologiyasi. Bezgak issiq va iliq iqlim sharoitida uchraydigan,
bir hujayrali parazit-plazmodium qo‘zg‘atadigan va o‘qtin-o‘q-
tin  isitma  xuruj  qilib  turishi,  jigar  va  taloq  kattalashishi  bilan
ta’riflanadigan  yuqumli  kasallikdir.  Bu  kasallikni  chivin  tar-
qatadi. 1699-yilda Marton bezgakning mustaqil kasallik ekanligini
isbot qilib, uning davosi uchun xino daraxti po‘stlog‘idan foyda-
lanishni tavsiya etdi.
1717-yilda Langini bezgak bilan botqoqlar orasida qandaydir
bog‘lanish  borligiga  e’tibor  berib,  bezgakni  chivinlar  tarqatishi
mumkin, deb gumon qildi. 1896—1899-yillarda R. Rassi va bosh-
qalar bezgak paraziti apofelle avlodiga mansub chivin organizmida
ko‘payishini  va  bu  chivinlar  odamni  chaqqanda,  unga  bezgak
yuqtirishini isbot qilishdi.
Bezgak uzoq asrlar davomida O‘rta Osiyoda juda keng tarqa-
lib, ko‘p talafotlarga sabab bo‘lgan. O‘sha davrlarda ba’zi qish-
loqlar aholisi bezgakdan mutlaqo qirilib ketgan. Bezgakka qarshi
kurash  sohasida  ko‘p  ishlagan  professor  L.M.  Isayev:  «1920—
1930-yillarda Buxoro viloyatida bezgak shu darajada ko‘p tarqalgan
ediki, hatto sog‘lom odamni topish ham qiyin», deb ta’kidlagan
edi.  O‘zbekistonda  ko‘p  ishlagan  olim  N.I.  Xodukin:  «Buxoro
viloyatining 90 %  aholisi bezgakka yo‘liqqan edi», deb yozadi.
Bezgak  o‘tkir  yuqumli  kasallik  bo‘lib,  o‘qtin-o‘qtin    isitma
xurujlari, ichki a’zolarning (jigar, taloq, suyak  ko‘migi va boshq.)
shikastlanishi,  anemiya  (kamqonlik)  rivojlanishi  bilan  kechadi.
Hozirgi  paytda  bezgak  kasalligi  100  dan  ortiq  mamlakatlarda
uchramoqda.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkilotining  (JSSÒ)  ma’lumot-
lariga  ko‘ra,  yer  yuzida  har  yili  300  mln.dan  500  mln.gacha
bezgak  bilan  kasallanganlar  qayd  qilinayapti,  shu  jumladan,
2,5 mln bemor shifo topmasdan nobud bo‘lmoqda.
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bezgak bo‘yicha noxush epide-
miologik  vaziyat  Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligida  ham  kuza-
tilyapti. Ayniqsa, qo‘shni Òojikistonda bezgak  epidemiyasi oxirgi
9  yil  mobaynida  davom  etmoqda.  2002-yili  11500  ta  bemor
aniqlangan.  Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ekspertlarining
baho berishicha, Òojikistonda jami  400000 ga yaqin kishi kasal-
langan bo‘lib, shundan 20 % tropik bezgak bilan og‘rigan, Qir-
g‘izistonda 7000 ga yaqin kishi kasallangan.

221
O‘zbekistonda  keng  miqyosda  kasallikka  qarshi  o‘tkazilgan
tadbirlar natijasida bezgak 1961-yil bartaraf etilgan. Keyinchalik
qayd qilinib kelayotgan holatlarda kasallikning yuqtirilishi respub-
likamiz tashqarisida kuzatilmoqda. Masalan, 1991—2002-yillarda
respublikamizda bezgak  kasalligiga  chalingan 675  nafar  bemor
aniqlangan. Shundan 20 % 14 yoshgacha  bo‘lgan bolalardir.
Shu sababli, 1998-yildan buyon JSSÒ tomonidan  ishlab  chi-
qilgan «Bezgakni chekintiraylik» dasturi amalga  oshirilayapti.
Etiologiyasi.  Bezgakni  qo‘zg‘atadigan  bir  hujayrali  parazit
plazmodiumning to‘rt xili ma’lum:
1. Plazmodium vivax — uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
2. Plazmodium malariae — to‘rt kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
3. Plazmodium oval — uch kunlik bezgak qo‘zg‘atuvchisi;
4. Plazmodium falciðarum — tropik bezgak qo‘zg‘atuvchisi.
O‘zbekistonda  bezgak  chivinining  yetti  xil  turi  mavjud.  Za-
rarlangan  chivinlar  odamni  chaqqanda,  ularning  so‘lagi  bilan
bezgak qo‘zg‘atuvchilari  ajralib, odam  organizmiga tushadi.
Sporogoniya  —  Anopheles  (anofeles)  chivinining  urg‘ochisi
bezgak bilan og‘rigan odamni chaqqanida qon bilan birga plaz-
modiyning jinsiy va jinssiz shakllarini so‘rib oladi. Chivin me’da-
siga  tushgan  jinssiz  shizont-
lar  yemirilib,  halok  bo‘ladi.
Jinsiy  shakllari  (gamontlar)
esa,  eritrotsitlardan  ajralib
chiqib  rivojlanadi  va  yetilib
galitalarga aylanadi.
Shizogoniya — bezgak plaz-
modiysi  odam  organizmida
jigarning  parenximatoz  hu-
jayralarida (to‘qima shizogo-
niyasi) va eritrotsitlarda (erit-
rotsitar shizogoniyasi) ko‘pa-
yishi  mumkin  (11-rasm).
Sporozoitlar  chivin  so‘-
lagi  tarkibidan  odam  orga-
nizmiga  o‘tgach 30—60 daqi-
qada  jigarga  yetib  boradi  va
ushbu a’zo hujayralari ichida
ko‘payishni boshlaydi. Bunda
30—50  ming  yosh  para-
11-rasm. Bezgak kasalligi
chaqiruvchilarining  rivojlanish
bosqichlari.
Sporogoniya
Shizogoniya

222
zitlar  —  to‘qima    merozoitlari  paydo  bo‘ladi.  Keyinchalik  jigar
hujayralari yemiriladi va merozoitlar qon aylanish doirasiga chiqa
boshlaydi.  Har  bir  eritrotsitdagi  merozoitdan  6—24  ta  yangi
parazitlar hosil bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Yaqin
o‘tmishda bezgak yer kurrasining deyarli barcha mintaqalarida
keng tarqalgan edi. Yer yuzining ko‘plab hududlarida tabiiy sha-
roitning (tashuvchilarning borligi, o‘rtacha oylik havo haroratining
16°C  dan  oshmasligi,  botqoqliklar,  ochiq  suv  havzalarining
mavjudligi)  mutanosibligi  bezgak  parazitlari  saqlanib  qolishiga
imkon beradi.
Bezgakning  zamonaviy  arealida  qo‘zg‘atuvchining turlari va
yuqish  xavfi  bilan  farqlanadigan  quyidagi  yirik  hududlarini  aj-
ratish mumkin: Afrika (Sahroyi Kabir), Shimoliy Afrika, Yaqin
va O‘rta Sharq mamlakatlari, Janubiy-Sharqiy  Osiyo, Okeaniya
va Lotin Amerikasi.
Odatda,  bezgak  o‘chog‘i  anofeles  chivinlari  ko‘p  bo‘ladigan
(anofelogen) suv havzalariga yaqin joylashgan yerlar hisoblanadi.
Har  bir  o‘choqda,  aynan  shu  joyning  tabiiy  va  ijtimoiy  shart-
sharoitlariga qarab, bezgak kasalligi tarqalishining muayyan da-
rajasi belgilanadi. Issiq iqlimli ko‘pgina mamlakatlarda kasallik-
ning tarqalish darajasi bir necha o‘n yillar mobaynida o‘zgarmay
kelgan. Shu tufayli, epidemik bezgak o‘choqlari yuzaga keldi.
Yer  yuzida  kasallikning  paydo  bo‘lishi  va  tarqalishi  chega-
ralangan mavsumiylikka ega. Rossiyada chivinlarning zararlanishi
may — iyul oylariga to‘g‘ri kelsa, odamlarning  zararlanishi  iyun-
iyul oylariga to‘g‘ri keladi. Epidemik mavsum 2—3 oy davom etadi.
O‘rta Osiyoda (Òojikiston, O‘zbekiston) chivinlarning bezgak
qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanishi aprel-may oylarida kuzatilsa,
odamlar orasida kasallanish may-iyun oylarida boshlanib, sen-
tabr-oktabr oylarida tugallanadi (4—6 oy).
Bezgakning ommaviy yuzaga kelish mavsumi bahorning mart-
aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Kasallikning bahorgi avj olishi o‘tgan
yilgi bezgak retsidivlari va o‘tgan mavsumda yuqtirilgan (yashirin
davri  uzoq  bo‘lgan)  Pl.vivax  bezgagining  dastlabki  xurujlari
hisobiga yuzaga keladi. Qisqa muddatli (janubiy shtamm) yangi
paydo bo‘lgan bezgak shtammlari iyul — sentabr oylariga to‘g‘ri
keladi.
Afrika qit’asida bezgak bilan kasallanish va uning yuqishi  bar-
cha oylarda kuzatilishi mumkin. Bezgakning mavsumiy o‘zgarish-

223
lari tashuvchi chivinlarning faolligi bilan bevosita bog‘liq. Bezgak
tarqalishi  darajasi  faqat  ob-havo,  mahalliy  landshaft  kabi  tabiiy
iqlim sharoitlariga emas, balki ijtimoiy turmushga ham bog‘liq.
Kasallikning turli yoshdagi aholi guruhlari orasida taqsimla-
nishi  turlicha.  Masalan,  bezgakning  epidemik  o‘choqlarida  ka-
sallanish ko‘rsatkichlari 2—7 yoshli bolalar orasida 100 % gacha
bo‘lishi  mumkin,  kattalar  orasida  esa,  immunitet  borligi  tufayli
kamroq  uchraydi.
Bezgak chet mamlakatlardan olib kirilgan hollarda yosh bola-

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling