O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

kasalligida bilinar-bilinmas shakllar, shuningdek, infeksiya man-
balari ham ko‘p bo‘ladi. Griðp virusi esa, juda yuqumlidir. Shuning
uchun ham bu kasallikka qarshi qilinadigan epidemiya tadbirla-
rini e’tibor bilan amalga oshirish lozim.
Kasallikni barvaqt aniqlash, griðp bilan kasallangan bemorlarni
o‘z vaqtida ajratib qo‘yish, kasalxonalarga yotqizish griðpga qarshi
kurashdagi asosiy tadbirlardandir. Aholi o‘rtasida sanitariya maorifi
ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, shifokorga barvaqt murojaat qilish
kerakligi  ommaga  tushuntirilsa,  bemorlarni  barvaqt  aniqlash,
topish yo‘lga qo‘yilsa, kasallik epidemik avj olishining yo‘li ancha
qirqiladi.  Griðp  bilan  og‘rigan  bemorlar,  odatda,  kasalxonaga
yotqizilmaydi.  Biroq,  griðpning  og‘ir  shakllarida  kasalxonaga
yotqizish  kerak.  Griðp  bilan  og‘rigan  bemorni  uy  sharoitida
ajratib, alohida xonaga yotqizish muhimdir. Ambulatoriya va po-
liklinikalarda, ayniqsa, griðp epidemiyasi davrida bemorlarning
bir-birlari  bilan  bo‘ladigan  aloqalarini  kamaytirish  uchun  bu
yerda bo‘ladigan qabulni imkoni boricha kamaytirib, davolash-
profilaktika ishlarini uyma-uy yurib o‘tkazish kerak.
Griðp  tarqalgan  vaqtda  barcha  davolash  va  bolalar  muassa-
salarida gigiyenik tadbirlarni va dezinfeksiyani o‘z vaqtida hamda
e’tibor bilan amalga oshirib turish lozim. Muassasalardagi xizmat-

187
chilar burun va og‘izlarini niqoblab yurishlari shart. Griðp epi-
demiyasi bo‘lgan vaqtda kasalxonada yotgan bemorning qarin-
dosh-urug‘larining kasalxonaga kirishi taqiqlanadi. Infeksiyaning
tarqalish yo‘llariga qarshi kurashish umumiy gigiyenik tadbirlarni
amalga oshirishdan iborat. Òajriba shuni ko‘rsatadiki, xonalar sha-
mollatib turilsa, izolatsiya qilinsa, uy namlanib tozalanib turilsa,
ayniqsa,  bolalar  muassasalarida  havo  ultrabinafsha  nurlar  bilan
boyitilsa,  idish-tovoqlar  qaynoq  suv  bilan  yaxshilab  yuvilsa,  to-
zalikka  rioya  qilinsa  griðp  kasalligi  ancha  kamayadi.  Kasallikka
moyillikni kamaytirish uchun organizmni chiniqtirish va maxsus
profilaktik tadbirlarni o‘tkazish lozim.
Maxsus profilaktika. Faol immunlash uchun tirik viruslardan
tayyorlangan quruq vaksina ishlatiladi, bu vaksina tarkibiga A va B
turlari kiradi. Ular tovuq embrionida yetishtirilib, ajratib olinadi.
Bizning  respublikamizda  griðpga  qarshi  bunday  profilaktika
oktabr, noyabr oylarida o‘tkaziladi. Vaksina osh tuzining fiziologik
eritmasida eritilib, piðetka yoki sepgich bilan burun ichiga kirgi-
ziladi. Vaksinani kukun holida ham ishlatsa bo‘ladi. Bunda vaksi-
nani nafas tortish yoki kukun puflovchi asbob bilan kiritish kerak.
Adenovirus  infeksiyasi
Adenoviruslar  turli  xil  kasalliklarni:  zotiljam,  konyunktivit,
gastroentometrit,  faringit,  sistit,  respirator  xastaliklarni  keltirib
chiqarish ehtimoli bor. Virusning tashqi muhitga chidamli bo‘lishi
munosabati bilan kasallik faqat havo orqali emas, balki turli xil
buyumlar — ovqat, suv orqali ham yuqishi mumkin. Suv orqali
yuqqan  holda  «basseyn  konyunktivitlar»  paydo  bo‘ladi,  bularga
sabab virusning suvda 110 kungacha saqlanib qolishidir.
Griðpga qarshi emlashni boshlash oldidan sanoat korxonasida sexlar bo‘yicha
emlash o‘tkazish grafigini ko‘zda tutadigan direktorning buyrug‘i chiqariladi.
Kadrlar  bo‘limidan  sexlarda  ishlaydigan  ishchilarning  ro‘yxati  olinadi.
Emlash sog‘lomlashtirish punkti xonasida o‘tkaziladi. Avvaliga preparatning
yaroqliligi  tekshiriladi,  so‘ngra  vaksinali  ampula  ochiladi,  vaksinani  uning
dozasiga 0,5 ml hisobidan qaynagan suv bilan suyultiriladi, pulverizator vaksina
bilan  to‘ldiriladi.
Emlanadigan kishi burun yo‘llarini tozalab, boshini biroz orqaga tashlab
turadi. Pulverizator uchi burunga 0,5 sm ichkariga kiritiladi va ballonchani bosib,
!
MUSTAQIL ISH

188
zarur miqdordagi vaksina burunning avval bir katagiga, so‘ngra ikkinchi katagiga
yuboriladi. Vaksina yuborilgandan so‘ng emlangan kishi 2—3 minutgacha boshini
aytilgan holatda tutib turishi lozim.
Keyingi kishini immunizatsiya qilishdan oldin uchlik  almashtiriladi yoki u
spirt bilan artilib, alangada kuydiriladi.
Emlanganlar maxsus daftarda qayd qilinadi.
1. Griðp viruslarining qanday tiðlarini bilasiz? OÐÇ qo‘zg‘atuvchilarining
eng  ko‘p  uchraydiganini  bayon  eting.
2. Griðp virusining tashqi muhitga chidamliligi qanday?
3. Infeksiya manbalari va griðpning o‘tish yo‘llarini bayon eting.
4. Griðpdan so‘ng immunitet qancha vaqt saqlanadi? B tiðidagi virus keltirib
chiqargan kasallikni boshdan kechirgan kishida A griðpi virusiga immunitet
vujudga keladimi?
5. Kishilarning bir-biriga yaqin bo‘lishini kamaytirish uchun bolalar va da-
volash  muassasalarida  qanday  tadbirlar  o‘tkazilishi  kerak?
3.2. Difteriya, skarlatina
Etiologiyasi. Havo-tomchi infeksiyalar guruhi turli-tuman ka-
salliklarni  o‘z  ichiga  oladi.  Masalan,  griðp,  adenovirusli  infek-
siyalar,  difteriya,  skarlatina,  ko‘kyo‘tal,  qizamiq,  suvchechak,
epidemik  parotit,  qizilcha,  markaziy  asab  sistemasi  kasalliklari,
meningit va boshqa kasalliklar. Òomchi infeksiyalar guruhining bu
xususiyati  epidemiyaga  qarshi  qo‘llaniladigan  ayrim  tadbirlar
ahamiyatining kam bo‘lishini ko‘rsatadi.
Difteriya deyarli hamma yerda tarqalgan va doimo uchrab tu-
ruvchi o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, vaqt-vaqti bilan birmuncha
keng  miqyosda  tarqaladi.  Difteriyaning  qo‘zg‘atuvchisi  Lyoffler
tayoqchasi  1883—1884-yillarda  aniqlanib,  mikrobiologiya  va
epidemiologiya tomondan yaxshi o‘rganilib chiqildi. Bu tayoqcha
tashqi muhitda o‘zining turg‘unligi, viruantligi, o‘zgaruvchanligi
bilan farqlanadi.
Klinik manzarasi. Inkubatsion davri 2—10, ko‘pincha 3—5 kun-
gacha davom etadi. Patologik jarayonlarning joylashish joyiga qarab
quyidagi  klinik  shakllari:  halqum,  hiqildoq,  burun  difteriyasi,
kamdan kam hollarda difteriya (ko‘z, quloq, tashqi jinsiy organlar,
jarohatlar)  farqlanadi.  Ana  shu  shakllarning  har  biri  kechish
jarayoni  og‘irligiga qarab yengil va toksik formalarga bo‘linadi.
Òoksik shakli o‘z navbatida subtoksik, I, II, III subtoksik, giðer-
toksik va gemorragik shakllarga bo‘linadi.
?
NAZORAT SAVOLLARI

189
Halqum bo‘g‘masi klinik jihatdan eng ko‘p uchraydigan shakl
bo‘lib, u keyingi vaqtlarda 80—90 % hollarda qayd qilinmoqda.
Halqum  bo‘g‘masida  faqat  bodomcha  bezlari  shikastlanishi
mumkin (lokal shaklli). Agar fasodli yaralar bodomcha bezlaridan
tashqarida yumshoq tanglayi va tomoqda bo‘lsa, u yoyilgan dif-
teriya shakli deb ataladi. Kasallikning toksik shaklida halqum-
dagi keng tarqalgan jarayondan tashqari regionar limfa tugunlari-
ning yaqqol reaksiyalari va umumiy intoksikatsiya bilan kechuvchi
bo‘yin kletchatkasining toksik shishuvi kuzatiladi.
Difteriyaning lokal shakli  ko‘proq uchraydi. Uning kenja turi
sifatida kataral (fasodli yaralar bo‘lmaydi) va orolchali shakli (bo-
domcha bezlarida yig‘ilgan fasodli yaralar alohida orolcha ko‘rini-
shiga ega bo‘ladi) kuzatiladi. Kasallik asta-sekin boshlanib, harorat
asta 38°C gacha ko‘tariladi, umumiy lohaslik, ishtaha yo‘qolishi,
bosh og‘rig‘i, yutinganda biroz og‘riq paydo bo‘ladi. 1—2-kunning
oxirida halqumda qizarish paydo bo‘ladi. Bodomcha  bezining biri
yoki ko‘pincha har ikkisida oqish-kulrang, yetarli kattalikdagi fa-
sodli  yaralar  paydo  bo‘ladi.  Ular  paxta  tamponi  yoki  shpatel
yordamida ko‘chirib olingandan so‘ng, shu joy qonsirab qoladi.
Jag‘ osti va oldingi bo‘yin limfa tugunlari biroz kattalashadi. Òok-
sikoz  kuzatilmaydi.  O‘z  vaqtida  davolash  boshlab  yuborilsa,
2—5 kunda griðp yo‘qoladi, harorat normaga tushadi.
Yoyilgan shaklida kasallik ko‘pincha o‘tkir boshlanadi, harorat
38,5—39°C ga ko‘tariladi, qaltiroq bosish, holsizlik, bosh og‘rig‘i,
uyqu  buzilishi  paydo  bo‘ladi. Bodomcha  bezlari  kattalashgan,
shishgan, karash kulrang, qattiq ko‘rinishda bo‘lib, har ikki bo-
domchani, tanglay yarim doirasini, yumshoq tanglay va burun-
halqum sohalarini qoplaydi. Regionar limfa tugunlari lokal shaklda-
giga nisbatan ko‘proq kattalashadi va og‘riq kuzatiladi. Difteriyaning
tarqoq  formasi  ko‘pincha  lokal  shaklidagi  o‘ziga  xos  davolash
bo‘lmaganligi sababli rivojlanish jarayonida kelib chiqadi. O‘z vaqtida
boshlangan o‘ziga xos davolashda kasallik 7—10 kunga cho‘ziladi.
Halqum difteriyasining toksik shakli ko‘pincha qizg‘in ravishda
boshlanadi:  harorat  39—40°C  ga  ko‘tariladi,  umumiy  lohaslik
yaqqol ko‘zga tashlanadi, yuz rangsizlanib biroz ko‘pchiydi. Yurak
tovushlari  bo‘g‘iq,  taxikardiya  (tomir  minutiga  140—160  marta
uradi)  kuzatiladi.  Karash  qattiq  bo‘lib,  loyqa-kulrang  yoki
qo‘ng‘ir-kulrang bo‘ladi. Bodomcha bezlari yumshoq tanglay va
hatto qattiq tanglayni qoplaydi. Jarayonga burun-halqum va bu-
run  bo‘shlig‘i  qo‘shilib,  ulardan  qonli  yiring  ajraladi.  Og‘izdan

190
yoqimsiz  qo‘lansa  hid  keladi.  Halqum  shishuvi  va  karash  nafas
olishni  mexanik  ravishda  qiyinlashtiradi,  natijada,  nafas  shov-
qinli, bo‘g‘ilgan holga keladi.
Òoksik shakldagi difteriya uchun bo‘yinning yuqori limfa tugun-
lari o‘zgarishi va bo‘yin kletchatka shishuvi xarakterli bo‘ladi. Òeri
osti kletchatka shishining yoyilishi intoksikatsiya kuchiga bog‘liq bo‘-
lib, toksik difteriyaning uch darajasi farqlanadi:  I darajada  shish
bo‘yin o‘rtasigacha yoyiladi; II darajada shish o‘mrov suyagigacha
yetib boradi; III darajada shish o‘mrov suyagidan pastga tushadi.
Epidemiologiyasi. Yuqori nafas yo‘llari — halqum, burun, hi-
qildoqning shilliq qavatlari va nihoyat, jarohatlangan teri orqali
kiradi. Asosan, halqum, burun difteriyasi epidemiologik ahami-
yatga  ega.  Odatda,  qo‘zg‘atuvchi  organizmga  qayerdan  kirgan
bo‘lsa, shu yerdan boshqa joyga o‘tmaydi. Shuning uchun ham
organizmdan mikrob halqum, hiqildoq, burun shilliqlari, difteriya
bilan yaralangan teri va boshqa joylarning chiqindilari bilan aj-
ralib turadi. Difteriyaning inkubatsion davri 2—7 kun.
Epidemik  zanjiri.  Birinchi  bo‘g‘ini  —  infeksiyaning  manbayi
klinika  tomonidan  yaqqol  ko‘ringan  shakldagi  yoki  simptomsiz
shakldagi  kasallik  bilan  og‘rigan  kishi  bo‘ladi.  Difteriya  bilan
kasallangan kishi inkubatsiya davridan boshlab kasallik manbayi
bo‘ladi. Ikkinchi manbayi batsilla tashuvchilardir. Òashuvchilik
uch turga bo‘linishi mumkin, kasallikning inkubatsion davridagi
tashuvchilar,  tashuvchi-rekonvalessentlar  va  sog‘lom  yoki  kon-
stantli tashuvchilar. Òarqalish yo‘llari turlicha bo‘lsa ham, asosan,
havo-tomchi yo‘llari bilan o‘tadi. Infeksiya bevosita kontakt yo‘li
bilan va shuningdek, bemor ishlatgan ro‘zg‘or anjomlari, bolalar
o‘yinchog‘i, kitobi va hokazolar orqali o‘tishi mumkin. Bundan
tashqari bemor yoki batsilla tashuvchi tomonidan zararlangan sut,
turli oziq-ovqat mahsulotlari orqali ham o‘tishi mumkin.
Uchinchi  bo‘g‘ini  —  ta’sirchan  aholi  difteriya  infeksiyasiga
turlicha reaksiya ko‘rsatadi. Aholining o‘zini infeksiyadan hi-
moya qilishi ikki mexanizmdan iboratdir, ya’ni bu maxsus im-
munitet va o‘ziga xos bo‘lmagan tabiiy rezistentlikdan iboratdir.
Difteriyaga nisbatan immunitet  tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan
paydo bo‘ladi.
Sanitariya-turmush  sharoitlari.  Difteriyada  va  boshqa  havo-
tomchi  infeksiyalarining  epidemiologiyasida  murakkab  kom-
pleksdagi sanitariya-turmush sharoitlari, uy-joy sharoiti aholining
qanchalik zich joylashgani, uylarni shamollatib turish imkoniyati

191
va  havodagi  patogen  mikroblarning  konsentratsiyasiga  ta’sir  qi-
luvchi boshqa gigiyenik ko‘rsatmalarning ahamiyati kattadir.
Ikkinchidan, shahar sharoiti bilan undan uzoq bo‘lgan aholi
turmush tarzining turli xarakterga ega bo‘lishidir.  Bu kasallik bilan
2—5 yoshdagi bolalar ko‘proq kasal bo‘ladi.
Òabiiy sharoitlar. Difteriya boshqa ko‘pchilik tomchi infeksi-
yalari singari hamma yerda uchraydigan infeksiya hisoblanadi.
Umumiy  epidemiologik  xarakteristikasi.  Aholi  orasida  keng
tarqaladi. Ayniqsa, o‘smirlarning bu kasallikka chalinishi ko‘proq
o‘limga olib keladi. Epidemiyaga qarshi kurashish epidemik zan-
jirning uch zvenosiga ham qaratilgan bo‘ladi.
Epidemiologik  masalalar
1.  Bolalar muassasasiga qabul vaqtida terisiga toshmalar toshgan
va isitmalab turgan 4 yashar bola aniqlangan. Unga skarlatina tashxisi
qo‘yilib, uyiga qaytarib yuborilgan. Kasalning oilasida otasi — paro-
voz mashinisti, onasi — depo sog‘lomlashtirish punktining tibbiyot
hamshirasi, akasi — 1-sinf o‘quvchisi skarlatina bilan kasallanmagan.
Yashash joyida va bolalar muassasasida qanday tadbirlar ko‘-
rish  lozim?
2. Bolalar muassasasiga qatnamaydigan 1 yosh-u 6 oylik bola
skarlatina  bilan  kasallangan.  Bolaning  opasi — 6  yashar  qizcha
bolalar  bog‘chasiga  qatnaydi,  3  yil  muqaddam  skarlatina  bilan
kasallangan. Onasi — qandolat mahsulotlari do‘konida sotuvchi,
otasi — maktab o‘qituvchisi.
Qo‘shni oilada 3-sinfda o‘qiydigan qizning quloq chig‘anoqlari
terisida po‘st tashlash aniqlangan.
Infeksiya manbayi to‘g‘risidagi taxminni bayon eting. O‘choqda
qanday  tadbirlar  o‘tkazish  kerakligini  tushuntiring.
1. Skarlatina qo‘zg‘atuvchisining chidamliligiga ta’rif bering.
2. Skarlatinada infeksiya manbalarini sanab chiqing. Ularning qiyosiy epide-
miologik  ahamiyatini  ko‘rsating.
3. Qanday klinik simptomlar diagnostika qilinmagan skarlatina bilan og‘rib
o‘tganlikka shubha tug‘diradi?
4. Nima uchun skarlatina «silliq» kechmaganda kasallarni ajratish muddati
uzaytiriladi?
5. Skarlatinali bemorlarni ajratishning qanday usullari qo‘llaniladi?
6. Skarlatinada joriy va yakunlovchi dezinfeksiya qanday o‘tkaziladi?
?
NAZORAT SAVOLLARI

192
3.3.  Qizamiq
Etiologiyasi. Qizamiq hamma joyda tarqalgan o‘tkir yuqumli
kasallik bo‘lib, yosh bolalarda ko‘proq uchraydi. U tez tarqalib,
yoppasiga kasallik keltirish xususiyatiga ega. Qizamiqning qo‘z-
g‘atuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi. U juda yuqumli hisob-
lanadi. Odatda, kasallik yuqishi bilan kasallik belgilari namo-
yon bo‘ladi.
Qizamiq viruslari tashqi muhitga o‘ta chidamsiz bo‘ladi. U be-
mor organizmidan chiqishi bilanoq, tezda nobud bo‘ladi va at-
rofidagi narsalarda saqlanib qolmaydi. Infeksiya organizmga yuqori
nafas yo‘llarining limfa tugunlari va shilliq qavatlaridan kiradi.
Infeksiya shakllari qizamiqda bir xil bo‘ladi. Klinik belgilar rav-
shan  ifodalanadi.  Qizamiqning  inkubatsion  davri  10—11  kun,
ko‘pi bilan 17 kun (qarshi emlangan bo‘lsa, 21 kun) bo‘ladi. Ka-
sallikning birdan-bir  manbayi bemor hisoblanadi. Kasallik nafas
va havo-tomchi yo‘llari orqali o‘tadi. Infeksiya prodromal vaqtda
tarqaladi. Kasallikning klinik belgilari — toshmalar chiqqandan
keyin yuqumliligi tugaydi. Qizamiq virusi tashqi muhitda turg‘un
bo‘lmaganligi uchun infeksiya bemor bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri alo-
qada bo‘lish natijasida hamda nafas va havo-tomchi yo‘llaridan
tashqari boshqa yo‘l bilan o‘tishi hech qanday ahamiyatga ega
emas,  chunki  kasallik,  odatda,  faqat  bemorga  bevosita  yaqin-
lashgandagina yuqadi.
Kasallikka moyillik. Qizamiqda ikki xil holat bo‘lishi mumkin:
qizamiq  bilan  og‘rimagan  kishining  kasallikni  shak-shubhasiz,
yuqtirib  olishi,  ikkinchidan,  qizamiq  bilan  og‘riganlarda  uzoq
muddatli immunitet qolishi. Qizamiq virusiga duch kelgan barcha
kishi,  shubhasiz,  kasallanishi  va  qizamiqning  klinik  jihatdan
ravshan  ko‘rinib  turgan  holatdan  og‘rishi  tibbiy  yo‘l  bilan  im-
munitet orttirishning yagona yo‘lidir. Shuning uchun, qizamiqqa
nisbatan  yoshga  qarab  immunitet  bo‘lmasligini  juda  ayon  ko‘r-
satadi.  Latent  (yashirin)  va  bo‘lingan  immunitet  paydo  bo‘lishi
qizamiq kasalligida mutlaqo uchramaydi.
Òurmush sharoiti qizamiq kasalligiga ikki yo‘l bilan ta’sir qiladi.
Birinchidan, uy-joy sharoitining yomonligi, aholining tig‘iz, tor
joyda yashashi va bolalarning kichik yoshdanoq bir-birlari bilan
aloqada  bo‘lishi  kasallikni  yuqtirish  va  yoshlikda  qizamiq  bilan
og‘rish imkonini tug‘diradi. Ikkinchidan, oila sharoitida bolalar
ko‘proq zaiflashib, boshqa turli kasalliklarga duchor bo‘ladilar va

193
qizamiq sog‘lom bolalarga qaraganda, ularda ancha og‘ir o‘tadi.
Qizamiq kasalligining rivojlanishida kishilarning yoshi katta rol
o‘ynaydi. Shahar markazlarida yashaydigan bolalar 2 yoshdan 5
yoshgacha qizamiqqa ko‘proq chalinadi, chunki bu vaqtda ular
bir-birlari bilan ko‘proq aloqada bo‘ladilar. 2 yoshgacha bo‘lgan
bolalar infeksiya kasalliklariga kamroq uchrashi tufayli, qizamiq
kasalligiga ham kamroq duchor bo‘ladilar.
Qizamiqqa qarshi tadbirlar. Infeksiya manbalariga qarshi olib
boriladigan  kurash  bemor  bolaga  nisbatan  ko‘riladigan  tadbir-
lardan  iborat  bo‘lib,  bu tadbirlar  ilgari  ko‘rsatib  o‘tilgan  infek-
siyalar  vaqti  ko‘riladigan  tadbirlarga  qaraganda  ba’zi  bir  xusu-
siyatlarga ega bo‘ladi. Dastlab shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, qi-
zamiq bilan og‘rigan bolalar kasalxonaga yotqizilmaydi. Shu sa-
babli,  profilaktikadan  o‘z  vaqtida  foydalanish  va  tezda  karantin
tadbirlarini ko‘rish uchun qizamiq kasalligiga barvaqt tashxis qo‘-
yish  ahamiyatlidir.  Qizamiq  bilan  og‘rigan  bolalar  kasalxonaga
kamdan kam hollarda joylashtiriladi:
1. Epidemiyaga qarshi tadbir sifatida kasalxonaga yotqizish-
ning  ahamiyati  kamdir,  chunki  infeksiyani  tarqatadigan  bemor
qizamiqning prodromal davrida yoki hatto inkubatsiya davrining
so‘nggi kunlarida ham tashxis qo‘yish vaqtiga qarab, o‘z atrofidagi
qizamiqqa moyil bo‘lganlarga kasallikni yuqtiradi.
2. Qizamiq bilan og‘riganlarning hammasini kasalxonaga joy-
lashtirish qiyin, chunki ularning soni ko‘p bo‘ladi, bundan tash-
qari, bu kasallik turli yuqumli kasalliklarga qaraganda, bemorni
alohida ajratib, maxsus sharoitlar yaratishni talab qiladi.
Epidemiologik  talablar  nuqtayi  nazaridan  qaraganda,  be-
morni  kasalxonadan  qizamiq  toshmalari  toshgandan  boshlab,
oradan 5 kun o‘tgandan, murakkab holat yuz berganda esa, 10 kun
o‘tgandan keyin chiqariladi.
Qizamiq  infeksiyasining  tarqalishiga  qarshi  kurash  umum-
gigiyena tadbirlarini amalga oshirish bilan chegaralanadi, masa-
lan, bemorlarni bir-biridan uzoqlashtirish, toza havodan ko‘proq
foydalanish  va  uy  ichini  yaxshilab  shamollatib  turish,  kiyim-
kechaklarni oftobga yoyish kabi tadbirlar kasallikning tarqalishini
ancha  kamaytiradi.  Qizamiqning  maxsus  profilaktikasi  natijali
tadbir bo‘lib, uning ahamiyati qizamiq kelib chiqadigan manbaga
va infeksiyaning tarqalish yo‘llariga qarshi kurashning cheklangan
ahamiyatiga nisbatan g‘oyat aniq va ravshan ko‘rinib turadi. Max-
sus profilaktika ishlari maxsus passiv emlash  asosida o‘tkaziladi.

194
Shunga ko‘ra, sun’iy ravishda immunizatsiya qilingan hayvonlar
zardobidan passiv immunizatsiya uchun foydalanilmasdan, faqat
qizamiq bilan og‘rigan kishilarning zardobi tatbiq qilinmoqda. Zar-
dob yoki gamma-globulinning dozasi quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1. Emlash muddatiga bog‘liq, ya’ni qanchalik kech emlansa,
uning dozasi shuncha ko‘p bo‘lishi zarur.
2. Bemorning ahvoliga va yoshiga qarab, yoshi katta bolalarga
odatda, 30 ml zardob yoki 1,5—3 ml gamma-globulin yuboriladi.
Bolalar  muassasalaridagi  profilaktik  chora-tadbirlar,  eng  av-
valo, qizamiqni yuqtirmaslikka qaratilgan bo‘lishi kerak. Bolalar
muassasasida qizamiq paydo bo‘lganda, u bilan og‘rimagan yangi
bolalarni qabul qilish eng so‘nggi bemorni izolatsiya qilgan kun-
dan boshlab 28 kungacha to‘xtatiladi.
Epidemiologik  masalalar
1. Bolalar poliklinikasining umumiy qabulxonasida qizamiq
bilan kasallangan bola aniqlangan. Bu yerda kasal bilan birga
20 nafar bola bo‘lgan. Ulardan 5 bola qizamiq bilan kasallanib
o‘tgan, 11 bola shu hodisadan 3 yil-u 2 oy muqaddam qizamiqqa
qarshi vaksina bilan emlangan. Emlanmagan va kasallanmagan
4 boladan ikkitasi 1 yashar 8 oylik, ikkitasi — 3 va 4 yoshli.
Aniqlangan qizamiqqa doir tadbirlar tayinlansin va poliklinika
ishidagi  nuqsonlar  ko‘rsatilsin.
2. Yotoqxonaning alohida xonasida onasi bilan yashaydigan
7 oylik bolada qizamiq aniqlangan. Bola yaslining emadigan bo-
lalar guruhida bo‘lib, unda qizamiq bilan og‘rimagan 17 bola bor.
Guruh  yaslining  boshqa  guruhlaridan  ajratilgan.  Yotoqxonada
ham, yaslida ham qizamiq qayd qilinmagan. Kasallikdan 7 kun
oldin ona bolasi bilan 10 kunga boshqa viloyatga borib kelgan.
Qizamiqli bemorlar bilan uchrashmaganligini aytgan.
Bolaga qizamiq qanday yuqqanligi haqidagi fikrlaringizni ba-
yon eting. Yaslida epidemiyaga qarshi tadbirlar rejasini tuzing.
1. Qizamiq virusining epidemiologik ahamiyati bo‘lgan xossalarini bayon eting.
2. Qizamiqda kim infeksiya manbayi hisoblanadi va bu infeksiya qanday tarqaladi?
3. Qizamiq bilan og‘rigan bemor infeksiya manbayi sifatida xavflimi?
4. Gamma-globulin  qizamiqqa  nisbatan  qanday  muddatda  immunitet
vujudga keltiradi?
?
NAZORAT SAVOLLARI

195
5. Nima  uchun  hayotining  dastlabki  oylaridagi  bolalar  qizamiq  bilan
kamdan kam kasallanadi?
6. Nima uchun gamma-globulin yuborilganda karantin e’lon qilinib, tibbiy
kuzatuv  muddati  uzaytiriladi?
7. Qizamiq bilan kasallanmagan va qizamiqli bemor bilan aloqada bo‘lgan
bolalar qizamiq vaksinasi bilan emlangan bo‘lsa, ularga gamma-globulin
yuborish  kerakmi?
8. Gamma-globulin yuborish vaqti (qizamiqli bemor bilan aloqa bo‘lgan
vaqtning  boshidan)  preparatning  samaradorligiga  qanday  ta’sir  ko‘r-
satadi?
9. Qizamiqli kasal bilan doimo yaqin bo‘lganlar inkubatsiya kuni qanday
aniqlanadi?
3.4. Ko‘kyo‘tal
Ko‘kyo‘tal — yosh bolalar o‘rtasida keng tarqaladigan yuqumli
kasallik. Ko‘kyo‘talning qo‘zg‘atuvchisi tayoqsimon mayda mik-
roblar  bo‘lib,  uni  1906-yilda  Borde  bilan  Jangu  topgan.  U  qu-
yidagi xususiyatlarga ega:
1. Haddan tashqari yuqumli, yuqishi 100 % ni tashkil qiladi.
2. Mikrob tashqi muhitga chidamsiz bo‘lib, odatda, kishi or-
ganizmidan tashqarida uchramaydi.
Infeksiya  nafas  yo‘llari  orqali  o‘tadi.  Mikrob  kirib  olgach,
nafas  yo‘llarida  o‘rnashib  olib,  bemor  yo‘talganda  yuqori  nafas
yo‘llaridan  balg‘am,  shilliqqa  qo‘shilib  organizmdan  tashqariga
chiqadi.  Infeksiyaning  kechishi  turlicha  bo‘lishi  mumkin,  eng

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling