O‘zbekisòon respublikasi oliy va o‘RÒa maxsus òA’lim vazirligi o‘RÒa maxsus, kasb-hunar òA’limi markazi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/36
Sana07.07.2020
Hajmi1.29 Mb.
#123262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
epidemiologiya va tibbiy parazitologiya

aksari 15—20 kun bo‘ladi. Infeksiya kasallik manbayi bo‘lgan xo-
nada havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Infeksiyadan so‘ng barqaror
immunitet qoladi.
O‘choqlarga borib, bemor bilan aloqada bo‘lganlarni ko‘zdan
kechirilganda, teri qoplamlari (toshmalar) va limfatik tugunlarning
holatiga ahamiyat berish zarur. Orqa bo‘yin tugunlarining katta-
lashuvi eng tiðik  hisoblanadi. Ayrim hollarda toshmalar bo‘lmaydi
hamda  limfatik  tugunlarning  kattalashganligi  va  qisqa  muddatli
isitmaning o‘zi qizilcha kasalligidan darak beradi. Qonni tekshirish
?
NAZORAT SAVOLLARI

205
diagnostikaga ma’lum yordam berishi mumkin. Qizilcha uchun
oz-moz neytropeniya va limfopeniya, plazmatik hujayralar va
Òyurk  hujayralarining  paydo  bo‘lishi  xos.  Gematologik  o‘zga-
rishlarning bir necha oygacha saqlanib qolishi tufayli ma’lumot-
lardan  retrospektiv  diagnostika  uchun  foydalanish  mumkin,  bu
esa, epidemiologik tekshirishda muhimdir.
Bemor  bilan  yaqin  munosabatda  bo‘lgan  shaxslarni  aniq-
lashda  homilador  ayollarga  alohida  e’tibor  berish,  ularga  katta
dozadagi (20 ml) gamma-globulinni yuborish zarur. Homilador
ayol qizilcha bilan kasallanib qolganda homiladorlikni to‘xtatish
haqidagi masala qo‘yiladi.
Epidemik  jarayonning  rivojlanish  mexanizmi.  Kasallikning
yashirin  davri  11—12  kun.  Yashirin  davrining  oxirgi  kunlarida
viruslar  yuqori  nafas  organlarida,  toshmalar  toshishidan  2  kun
oldin esa, 100 % hollarda aniqlanadi.
Ammo qo‘zg‘atuvchisini yanada erta aniqlash ham mumkin.
Òoshma toshganidan keyin 5—7 kungacha viruslar nafas yo‘lla-
rida aniqlanadi. Bemor toshmalar toshishiga 5 kun qolganda ni-
hoyatda xavfli sanaladi. Infeksiyaning manifestli shakllari bilan
bir  qatorda  qiyin  tashxis  etiladigan,  kasallik  alomatlarisiz  ke-
chuvchi  ko‘rinishlari  ham  mavjud.  Bunday  yengil,  belgilarsiz
kechadigan  shakllarida  infeksiya  manbayi  atrofdagilar  uchun
3—4 kungacha xavfli hisoblanadi.
Qizilchaning  ham  manifestli,  ham  belgilarsiz  ko‘rinishlari
ayollarning  homiladorlik  davrida  xavflidir  (ayniqsa,  homilaning
16-haftasida).
Virus  platsenta  orqali  embrional  to‘qimalarni  zararlaydi,  bu
esa, ona qornidayoq bolalarning o‘limiga, bola tashlashlarga yoki
tug‘ilgan go‘dakda turli xil patologik og‘ir asoratlar (tug‘ma ka-
tarakta, karlik, ruhiy kasalliklar, majruhlik) yuzaga kelishiga sa-
babchi bo‘ladi.
Òug‘ma qizilcha bilan og‘rigan bolalar (antitelalarning bo‘li-
shidan qat’i nazar) 1 oydan 6 oygacha kasallik qo‘zg‘atuvchilarini
ajratib turadi. Kasallik bunday bolalardan ularni parvarish qilayot-
ganlarga ham yuqishi mumkin. Ammo bemor bolalar tashxisdan
keyin darhol alohida qo‘yilishi sababli sezilarli epidemiologik aha-
miyat kasb etmaydi.
Qo‘zg‘atuvchi havo-tomchi yo‘llari orqali gorizontal uzatiladi.
Ayrim hollarda qizilcha virusining siydik va najasda topilishi boshqa
xil uzatish yo‘llari mavjudligi haqida taxmin qilishga olib keladi.

206
Infeksiyaning kasallik belgilarisiz kechishi organizmning mu-
ayyan  holati,  jumladan,  immunitetning  mavjudligi  bilan  bog‘-
liqdir. Genotiðik va fenotiðik xususiyatlar tufayli umumiy rezis-
tentligi  oshishi  shular  jumlasidandir.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Qizilcha bilan ka-
sallanish mamlakatimizda yetakchi o‘rin egallaydi. Ko‘pincha
3—6  yoshdagi  bolalar  kasallanadilar.  Bir  yoshgacha  bo‘lgan
bolalar onalaridan o‘tgan antitelalar sababli kamroq kasal bo‘-
ladi. Uy sharoitidagi bolalar maktab yoshigacha muassasalarda
tarbiyalanayotgan  tengdoshlariga  qaraganda  kamroq  kasalla-
nadilar.
O‘g‘il va qiz bolalar orasida kasallikning yuqish darajasi deyarli
farq  qilmaydi,  ammo  15—20  yoshda  ko‘pincha  o‘g‘il  bolalar,
20—45  yoshda  ayollar  ko‘proq  kasallanadi.  Kasallikning  ko‘p
yillik o‘zgarishi katta va kichik davriyliklar bilan xarakterlanadi.
Bu davrga  aholining barcha yoshdagi guruhlari jalb etilmaydi.
Kasallanish avval bolalar orasida (maktabgacha, bolalar muas-
sasalarida tarbiyalanuvchilar, maktab o‘quvchilari orasida) ko‘p-
roq  kuzatiladi.  Uy  sharoitidagi  bolalar  orasidagi  kasallik  ko‘r-
satkichlari deyarli o‘zgarmaydi.
Qizilcha  uchun  yaqqol  chegaralangan  mavsumiylik  xosdir.
Mavsumiylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari 3—6 yosh, 7—14 yoshli
bolalar  kasallanishida  kuzatiladi.  Bog‘cha  bolalari  orasidagi  ka-
sallanish mavsumiyligi esa, uy sharoitidagi bolalarga nisbatan yaq-
qolroq namoyon bo‘ladi.
Kasallanishda  har  bir  yangi  belgining  paydo  bo‘lishi  bolalar
va kattalar uchun sezilarli zarar yetkazmasa ham, homila davrida
xavfli asoratlar bilan bog‘liqdir.
Epidemiologik  nazorat  va  epidemiyaga  qarshi  chora-tadbirlar.
Yuqumli kasallik epidemiyalariga qarshi tadbirlar qizilcha uchun
kifoya  qilmaydi.  Bolalar  muassasalaridagi  bemorlarni  alohida
qo‘yish,  yashirin  davrning  oxirlarida,  yuqishning  kuchayishi  va
belgilarsiz  shakllarining  mavjudligi  tufayli  yetarlicha  samara
bermaydi.
Kasallik avj olishi arafasida homilador ayollar orasida tushun-
tirish ishlari olib borish, xastalik aniqlangan homilador ayollarga
esa, tibbiy ko‘rsatmalar asosida abort  qildirish tavsiya etiladi (agar
infeksiya homilaning dastlabki oylarida yuqtirilgan bo‘lsa).
Ko‘pgina davlatlarda qizilchaga qarshi emlash shartli hisoblanadi.
Xorijda xususiy profilaktikaning ikki xil majmuyiga amal qilinadi:

207
1. Barcha bolalarni shartli emlash (AQSH va boshqa davlatlarda);
2. 10—14 yoshdagi qizlarni shartli emlash (ko‘pincha Yevropa
davlatlarida) olib boriladi.
Bizning mamlakatimizda qizilchaga qarshi tadbirlar yuqori nafas
organlari kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan choralarga amal
qilingan holda olib boriladi. Homiladorlik davrida qizilcha bilan
kasallanishning oldini olishga alohida e’tibor beriladi.
3.8. Epidemik parotit
Epidemik parotit virus tufayli paydo bo‘ladigan kasallik bo‘-
lib, har xil yoshdagi bolalarda, xususan 5 yoshgacha bo‘lgan bola-
larda ko‘proq uchraydi. Kasallik manbayi — bemor odam, yuqish
yo‘li  —  havo-tomchi  yo‘li.  Bemorning  so‘lagi  tekkan  buyum-
lardan  yuqishi  ham  mumkin.  Virus  yuqori  harorat,  lizal  spirt,
efir ta’siriga chidamsiz.
Etiologiyasi.  Bolalar  orasida  keng  tarqalgan  o‘tkir  yuqumli
kasallikdir.  Kasallikning  qo‘zg‘atuvchisi  —  filtrlanuvchi  virus
haddan  ortiq  yuqumli  xususiyatga  ega  bo‘lsa-da,  lekin  qizamiq
virusiga nisbatan ozroq va tashqi sharoitga chidami ozdir. Virusning
kirish  yo‘llari  og‘iz  tomondan  bo‘lib,  mikrob  shu  joydan  qon
oqimiga kirib oladi, so‘ngra esa quloq, jag‘ va til ostidagi bezlarga
joylashadi,  ba’zan  jinsiy  bezlarga  ham  o‘rnashadi.  Bu  kasallik
simptompsiz va batsilla tashuvchi infeksiya boshlangani ko‘ringan
emas. Yashirin davri 2—3 hafta.
Klinik manzarasi. Yashirin davr 15—19 kungacha davom etib,
11—23 kungacha o‘zgarib turadi. Kasallik darak beruvchi davrdan
boshlanib,  12—36  soat  davom  etadi.  So‘ngra  tana  harorati  tez
ko‘tarilib, 38—40°C gacha chiqib boradi va so‘lak bezining shikast-
lanish belgilari: uning biroz shishuvi, avval quloq oldida ko‘zga
tashlanadi, so‘ngra orqa va pastki tomonga qarab tarqaladi, chay-
nash, yutish, gapirish vaqtida kuchayuvchi og‘riq paydo bo‘ladi.
Shikastlangan tomondagi so‘lak bezidan so‘lak ajralishi to‘xtaydi.
Kasallik boshlangach, 1—2 kun o‘tib, ko‘pincha boshqa quloq oldi
bezi ham shishadi. Shikastlanish jarayoniga jag‘ osti va ba’zan til osti
so‘lak bezlari ham qo‘shiladi. Kasallikning 3—5-kuniga kelib shikast-
langan bez kichraya boshlaydi va 8—10-kuni butunlay yo‘qoladi.
Harorat davri 3—4 kun, og‘ir holatlarda 6—7 kun davom etadi.
Qon tomonidan leykopeniya yoki normotsitoz, nisbiy limfotsitoz
va  monotsitoz  kuzatiladi.  Kasallikning  5—10-kuni  boshqa  bezli

208
organlar  shikastlanishi  belgilari  paydo  bo‘ladi.  Orxit  ko‘pincha
o‘smirlarda va kattalarda uchrab, harorat ko‘tarilishi, tuxumning
kattalashuvi va qattiq og‘rishi bilan xarakterlanadi. Me’da osti bezi
shikastlanishida (pankreatit) esa, qorinda kuchli og‘riq paydo bo‘-
ladi va siydikda diastaza miqdori ko‘payib ketadi. Parotitda ko‘-
pincha serozli meningit, goho meningoensefalit uchraydi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbayi bemor. Yuqumlilik davri
21 kungacha davom etadi. Infeksiya faqat havo-tomchi yo‘llar orqali
yuqadi. Mikroorganizm infeksiyani darrov o‘ziga qabul qiladi va
aksari  infeksiyaga  duch  kelgach,  klinik  jihatdan  aniq  ko‘ringan
kasallik tarzida og‘riydi. Bir marta og‘rigach turg‘un immunitet
qoladi. Òepki kasalligi, odatda, maktabgacha yoshdagi, kichik va
o‘rta maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida bo‘ladi, ba’zan chaqaloqlik
davrida  va katta odamlarda ham uchrashi mumkin. Inkubatsion
davri 11 kundan 23 kungacha, o‘rtacha 16 kun. Prodromal davrida
ishtaha yomonlashib bosh og‘rib turadi, et uvushadi, yosh bolalar
takror-takror qusishi mumkin. Keyin harorat ko‘tarilib quloq oldi
sohasi shisha boshlaydi, tortuvchi og‘riqlar paydo bo‘ladi, quloq
shang‘illaydi, chaynayotganda og‘iz katta ochilganda og‘riq seziladi.
Quloq oldi bezidan tashqari jag‘ osti, til osti so‘lak bezlari ham
kasallanishi  mumkin.  Ba’zan  meningit  va  meningoensefalitlar
kuzatiladi, juda kamdan kam hollarda bolalarda testixular shakli
uchraydi,  bunda  so‘lak  bezida  shish  paydo  bo‘lgandan  keyin
5—6-kuni  moyakda  og‘riq  paydo  bo‘ladi,  yorg‘oq  terisi  qizarib
shishib ketadi. Orxit ikki tomonlama bo‘lsa, kasallikdan keyin moyak-
lar atrofiyaga uchrab ketishi mumkin, bu azosperliyaga olib keladi.
Profilaktikasi. Òashxis klinik ko‘rinish va epidemiologik anam-
nez asosida qo‘yiladi. Òepki kasalligi paydo bo‘lganda bemor bola
3  haftagacha  bolalar  muassasasiga  kiritilmaydi.  Bemorga  yaqin
yo‘lagan, lekin tepki bilan og‘rimagan 12 yoshgacha bo‘lgan hamma
bolalarni  shifokor  tekshirib  turadi,  bular  ham  3  haftagacha  bo-
lalar muassasasiga kiritilmaydi.
Infeksiya o‘chog‘idagi tadbirlar. Bemor 9 kun davomida uyida
izolatsiya  qilinadi.  Kasallik  og‘ir  kechgan  vaqtlardagina  ular
kasalxonaga  joylashtiriladi.  Bemorlar  izolatsiya  qilingan  xona
yaxshilab shamollatiladi va ho‘l latta bilan tozalanadi.
10  yoshgacha  bo‘lgan  bolalar  bemorlar  bilan  muloqotda
bo‘lishsa-da,  epidemiologik  parotit  bilan  og‘rimagan  bo‘lsalar,
shifokor nazoratiga olinib (5—6 kunda 1 marta savol-javob o‘t-
kazilib,  tekshirilib,  harorati  o‘lchanadi),  bemorlar  bilan  mulo-

209
qotda bo‘lgan vaqtidan boshlab 21 kun davomida bolalar muassa-
salariga qo‘yilmaydilar. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan vaqti
aniq  bo‘lsa,  ular  10  kun  davomida,  ya’ni  yashirin  davr  ichida
bolalar muassasalariga qatnashiga ruxsat etiladi va 11-kundan
21-kungacha ajratib qo‘yiladi.
Bemorga duch kelgan, ilgari emlanmagan va epidemik parotit
bilan og‘rimagan 15 oylikdan oshgan bolalar zudlik bilan parotit
vaksinasi  bilan  emlanishi  kerak  (monelik  qiladigan  hollar
bo‘lmaganda).
Jamoat  o‘rtasidagi  tadbirlar.  Bolalar  muassasalarida  epidemik
parotit yuzaga kelgan bo‘lsa, bemor bilan aloqada bo‘lgan kundan
boshlab 21 kun davomida guruhda karantin joriy qilinadi. Karantin
davomida bolalar tibbiyot nazoratida bo‘ladilar. Bolalar muassasasida
parotit bilan qayta kasallanish ro‘y bersa, bemorga kasallikning o‘tkir
ko‘rinishlari yo‘qolganidan so‘ng, ana shu muassasaga qatnashiga
ruxsat etiladi. Guruh xonasi shamollatilib, ho‘l latta bilan tozalanadi.
Òepki kasalligining davosi. Bemorlarga suyuq va yarim suyuq
taomlar buyuriladi. Shikastlangan bezga ichiga paxta solingan doka
bog‘lanadi (quruq issiq). Og‘iz tez-tez 2 % li natriy gidrokarbonat
eritmasi va boshqalar bilan chayqab turiladi. Simptomatik vositalar-
dan analgin, amidopirin va hokazolar tayinlanadi. Orxit vaqtida
dastlabki 2—4 kun davomida muz qo‘yishdan foydalaniladi. So‘ngra
4—5  kunlardan  keyin  immunoglobulin  (9—12  ml)  buyuriladi.
Meningit va meningoensefalit alomatlari paydo bo‘lsa, orqa miya
suyuqligi olib tekshiriladi va gidratatsiya terapiyasi o‘tkaziladi.
Profilaktikasi  va  kurash  choralari.  Kasallik  profilaktikasi
bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab izolatsiya qilish, shaxsiy va jamoa
gigiyenasiga rioya qilish (ayniqsa, bolalar muassasalarida) va pa-
rotitga qarshi faol emlash ishlarini olib borishdan iborat. Vaksi-
nalash bolalarning 15—18 oyligida o‘tkaziladi. Jonli vaksina teri
ichiga 0,1 ml miqdorda yoki 1:5 nisbatda, eritilgani teri ostiga
0,5 ml miqdorda yuboriladi.
Yengil kechganda bola yotqizib qo‘yiladi, quloq oldi sohasiga
quruq  isituvchi  kompress  qo‘yiladi  yoki  sollyuks  lampasi  buyu-
riladi. Isitmalaganda simptomatik davo buyuriladi, ikkilamchi in-
feksiya bo‘lganda antibiotiklar buyuriladi.
Kasal uyda ajratib qo‘yiladi, og‘ir kechganda  esa,  kasalxo-
naga yotqiziladi. Bolani maxsus emlash uchun 18 oyligida tepkiga
qarshi vaksina 0,1 ml teri orasiga yoki 1:5 nisbatda, suyultirilgan
holda 0,5 ml teri ostiga yuboriladi.

210
Òashxisi. Kasallikning tiðik ko‘rinishida tashxisni aniqlash oson.
Atiðik kechish hollarida esa, epidemiologik anamnez ma’lumotlari
yordam beradi. Komplement bog‘lanish serologik reaksiyalari va
gemagglutinatsiya tormozlanish reaksiyasidan foydalanish mumkin.
1. Epidemik parotit va qizilcha virusining  atrof-muhitga chidamliligini ta’riflang.
2. Epidemik parotitda so‘lak bezlaridan tashqari qaysi organlar zararlanadi?
3. Epidemik parotitda qanday ajratish — karantin tadbirlari o‘tkaziladi?
3.9. Sil
Sil  odamlar  va  hayvonlar  uchun  yuqumli  kasallik  bo‘lib,
qo‘zg‘atuvchisi  sil  mikobakteriyalari  hisoblanadi.  Sil  kasalligi
ko‘pincha to‘lqinsimon kechish xususiyatiga ega, u ayniqsa, o‘p-
kani, teri, ichak, buyrak, suyak bo‘g‘imlari va boshqa a’zolarni
shikastlashi  mumkin.
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  silning  ijtimoiy-gigiyenik
muammo  ekanligini  e’tiborga  olib,  bu  infeksiyaning  epidemio-
logiyasini  chuqur  o‘rganish  va  uni  bosqichma-bosqich  tugatish
bo‘yicha dastur ishlab chiqqan.
Bu dasturga muvofiq, silga qarshi kurashning dastlabki bos-
qichida  majmuali  chora-tadbirlarni  har  bir  mamlakatdagi  epi-
demiologik vaziyatni tahlil qilib, ilmiy tekshirishlarga tayanib olib
borish kerak. Dasturning ikkinchi bosqichi, silning keng tarqal-
ganligini nazarda tutib, uning yuqishiga qarshi kurash hamda tar-
qalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlardan iborat.
Mazkur dasturning uchinchi bosqichida silning ommaviyligini
tugatish  mezoni  sifatida  kasallanish  ko‘rsatkichining  14  yashar
bolalar orasida 10 % dan oshmasligi kerakligi qayd etilgan.
Sil  kasalligining  qo‘zg‘atuvchisi  Micobacterium  avlodiga  oid
Micobacteriacea oilasiga mansubdir. Mikobakteriyalar 1882-yilda
R. Kox tomonidan topilgan, shuning uchun ular Kox bakteriyalari
deb ham ataladi. Òabiatda sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisining besh xili
tafovut qilinadi: Micobacterium tuberculasis var. hominis (faqat
odamlarda),  tuberculasis  var.bovis  (faqat  yirik  hayvonlarda),
M. tuberculasis var.ovium (faqat parrandalarda), M. Microti (fa-
qat  sichqonlarda)  va  nihoyat  M.  Murium  (sovuq  qonli  jonivor-
larda).  Yuqorida  ko‘rsatilgan  qo‘zg‘atuvchilarning  dastlabki  uch
turi ham odamlarda sil kasalligini chaqirishi mumkin.
?
NAZORAT SAVOLLARI

211
Sil kasalligi qo‘zg‘atuvchisi tayoqchasimon tuzilishga ega, anilin
bo‘yoqlari  bilan  yaxshi  bo‘yaladi,  maxsus  oziqli  muhitda  juda
sekinlik bilan o‘sadi. Mikobakteriyalar tashqi muhitga ancha chi-
damli. Bemorlar ajratgan balg‘am 75°C qizdirilganda ham 30 da-
qiqagacha tirik qolishi mumkin, qaynatilganda 5 daqiqadan keyin
halok bo‘ladi.
Quritilgan balg‘amda, changlarda xona haroratida 2 oydan 10 oy-
gacha saqlanib qolishi mumkin. Mikobakteriyalar sutda va sut mah-
sulotlarida uzoq saqlanadi, masalan, sariyog‘da 10 oygacha, pish-
loqda 8 oygacha, suvda esa, 5 oygacha, qovoqda 3 oygacha, quyosh
va ultrabinafsha nurlari ta’sirida tezda (5—10 daqiqada) nobud
bo‘ladi. Past haroratga ancha chidamli. Dezinfeksiyalovchi modda-
lardan xlor saqlovchi preparatlar (xloramin va xlorli ohak) mikobak-
teriyalarga kuchli ta’sir qiladi. KBga bakteriotsid va bakteriostatik
ta’sir  ko‘rsatadigan  preparatlar  qatoriga  ftivazid,  PASK,  kana-
mitsin, sikloserin, streptomitsin, rifamnitsin va boshqalar kiradi.
Epidemik jarayonning namoyon bo‘lishi. Sil kasalligida asosiy manba
bemor odam hisoblanadi. O‘pka va yuqori nafas yo‘llari shikast-
langanda uning epidemiologik nuqtayi nazardan atrofdagilar uchun
xavfliligi yanada oshadi. Bemor odamdan tashqari, kasallangan uy
hayvonlari va parrandalar ham kasallik manbayi bo‘lishi mumkin.
Kasallik sog‘lom odamlarga, asosan, havo-tomchi yo‘li, og‘iz
orqali va muloqotda bo‘lganda yuqadi. Kox bakteriyalari bemorlar
ajratgan balg‘am tarkibida ko‘p miqdorda saqlanib, yo‘talganda,
aksirganda, gaplashganda havoga ajralib chiqadi va kasallik yuqi-
shiga sabab bo‘ladi.
Kasallik  sog‘lom  kishilarga,  asosan,  havo-tomchi  yo‘li  bilan
o‘tadi, shuning uchun ham bemorlarda ko‘pincha birlamchi o‘choq
o‘pkada paydo bo‘ladi. Sil kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali
ham tarqalishi mumkin. Ko‘pincha yirik qoramollarda sil kasalli-
gini  chaqiruvchi  (M.bovic)  mikobakteriyalar  shu  hayvonlardan
olingan sut, sariyog‘, qaymoq va boshqa mahsulotlarni iste’mol
qilgan  kishilarga  yuqishi  mumkin.  Sil  kasalligi  xom  yoki  pishi-
rilmagan tovuq va o‘rdak tuxumlaridan ham yuqishi mumkin. Sil
kasalligi oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqqanda birlamchi o‘choq
ko‘pincha oshqozon-ichak  yo‘lida, u yerdagi limfa va qon tomirlari
orqali  butun  organizmga  tarqalgan  mikobakteriyalar  o‘pkani
shikastlaydi va ikkilamchi infeksiya o‘chog‘ini hosil qiladi. Miko-
bakteriyalarning  tashqi  muhitga  balg‘am  bilan  ajralib,  sog‘lom
odamlarda havo-tomchi yo‘li bilan tarqalish imkoni tug‘iladi.

212
Sil kasalligi epidemik o‘choqlarida sanitariya-gigiyena qoida-
lari  buzilganda,  bemorlar  balg‘amidan  har  xil  narsalarga  tush-
gan  mikobakteriyalar  chang  zarrachalari  bilan  yana  havoga
ko‘tariladi va atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqish xavfi tug‘iladi.
Shuning  uchun  sil  kasalligi  epidemik  o‘choqlarida  sanitariya-
gigiyena tartibiga amal qilishda havoga chang zarrachalarining
ko‘tarilishiga  qarshi  choralar  ko‘rilishi  lozim.  Sil  kasalligining
idish-tovoqlar, narsalar orqali maishiy yo‘l bilan tarqalishi kam
uchraydi.
Odamlarning  sil  kasalligiga  moyilligi  ko‘proq  organizmning
tashqi muhit ta’siriga chidamsizligiga bog‘liq. Ochlik, o‘z vaqtida
to‘yib ovqat yemaslik, kambag‘allik, har xil surunkali kasalliklar
sababli organizm quvvatining pasayishi kabi omillar sil kasalligining
yuqishiga va tezda tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi.
Organizmda hosil bo‘lgan birlamchi kompleks ta’sirida orga-
nizmning  immunologik,  allergik  holatlari  o‘zgaradi,  bu  o‘zga-
rishlarni Mantu sinamasi yordamida aniqlash mumkin.
Kasallik asta-sekin rivojlanib, to‘qimalarda, limfa tugunlarida,
ko‘proq  birlamchi  kompleks,  ya’ni  zararlangan  joyda  birlamchi
o‘choq (Gon o‘chog‘i) paydo bo‘ladi. Birlamchi o‘choq ko‘pincha
klinik belgilarsiz paydo bo‘lib, faqat limfa tugunlarining shikast-
lanishi bilan kechadi, ko‘p hollarda birlamchi kompleks so‘rilib
ketadi yoki qotib qolishi mumkin.
Ba’zan ayrim bemorlarda birlamchi o‘choq tezda rivojlanib,
o‘tkir  yoki  surunkali  infeksion  jarayon  paydo  bo‘lishiga  sabab
bo‘ladi, natijada bemor organizmidan tashqi muhitga vaqt-vaqti
bilan yoki doimo mikobakteriyalarning ajratilishi kuzatiladi. Mi-
kobakteriyalar  bemorlardan  tashqi  muhitga  uzoq  vaqtgacha  aj-
ratilishi  mumkin.
Kasallikning bir qancha klinik turlari: o‘choqli infiltrativ, ka-
vernali, kaverna-fibrozli, butun organizmga tarqalgan turlari aj-
ratiladi. Bir necha yil davom etadigan bu infeksion jarayonda sil
mikobakteriyalari tashqi muhitga vaqt-vaqti bilan yoki doimiy aj-
ralib turishi va atrofdagi sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin.
O‘pka sili kasalligi bilan og‘rigan bemorlar infeksiya manbayi
sifatida xavfli hisoblanadi. Sil kasalligining o‘pkadan tashqari
organlar (ichak, buyrak va boshq.)da uchraydigan turlari bilan
kasallangan  bemorlar  infeksiya  manbayi  sifatida  atrofdagilar
uchun  unchalik  xavfli  emas,  chunki  bunda  mikobakteriyalar
tashqi muhitga kamdan kam ajralib chiqadi.

213
Mikobakteriyalar  bemorlar  organizmidan,  ayniqsa,  kasallik
avj olgan paytlarda ko‘p ajralib chiqadi. Aksincha, kasallik jara-
yoni  pasayganda,  tuzalish  davrlarida  mikobakteriyalarning  ajra-
lishi  kamayadi,  ba’zan  batamom  to‘xtashi  ham  mumkin.  Shu
o‘rinda o‘pka sili bilan kasallangan bemorlarning «ochiq», «yopiq»
turlarga,  ya’ni  mikobakteriyalarni  ajratuvchi  va  ajratmaydigan
kategoriyalarga  bo‘linishi  shartli  ekanligini  esda  tutish  lozim.
Chunki mikobakteriyani vaqtincha ajratmagan bemorlar ma’lum
davrdan  keyin  ularni  ajratish  qobiliyatiga  ega  bo‘lishi  mumkin,
shuning uchun ham sil kasalligida aniqlangan infeksiya manba-
laridan  tashqari  aholi  o‘rtasida  aniqlanmagan  yashirin  infeksiya
manbalari ham ko‘p uchrab turadi.
Sil kasalligi xavfliligi darajasiga qarab turli guruhlarga bo‘linadi
va shu asosda dispanser kuzatuviga olinadi:
I (A va B) guruh — o‘pka silining tez avj olgan davrlari;
II guruh — o‘pka sili jarayonining pasaygan davri;
III guruh — I va II guruhdagi turidan davolanib chiqqan va
birlamchi o‘pka silining noaktiv turi aniqlangan bemorlar;
IV  guruh  —  kasallik  avj  olgan  paytda  yaqindan  muloqotda
bo‘lgan sog‘lom kishilar;
V guruh — kasallikning o‘pka turidan boshqa turlari.
Epidemik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘tmishda butun
dunyoda,  jumladan,  Markaziy  Osiyo,  shu  jumladan,  O‘zbekis-
tonda ham sil kasalligi tarqalgan edi. Hozirgi vaqtda sil kasalligi
ko‘pgina  mamlakatlardagi  singari  respublikamizda  ham  bolalar
hamda o‘smirlar o‘rtasida birmuncha kamayganligiga  qaramasdan,
kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlari hamon yuqori bo‘lib  qolmoqda.
Kasallikning surunkali kechishi tufayli hozirgi paytgacha sog‘-
liqni saqlash muassasalarida hisobda turgan bemorlar va batsilla

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling