O’zbekistо n respublikasi
Download 54.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Мз5
Real resurslar deb jamiyatni ayni xolatdagi rivojlanish bosqichida qidirib
topilgan, zaxiralari aniqlangan va jamiyat tomonidan faol ishlatilayotgan resurslarga aytiladi. Ishlab chiqarishni rivojlanishi, ilmiy ishlar va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etila borishi bilan real resurslar ham o’zgarib boradi. Masalan, insonlarning u yoki bu sohani takomillashtirib borish jarayonida bir energetik resurslar boshqasiga almashtiriladi. Masalan, sanoat korxonalari paydo bo’layotgan dastlabki davrlarda yonilg’i sifatida kit moyidan foydalanilgan. Kitlarni ovlash sanoatni rivojlantirishi uchun muhim hisoblansa-da, kitlarni keskin kamayib ketishiga sabab bo’ldi. SHu bilan birga kitlarni ovlashni ta’minlash masalasi ham qiyinlashib bordi. Energiya xom ashyosini boshqa turiga almashtirish ehtiyoji tug’ildi. Endi o’rmon yonilg’i resursi sifatida ishlatila boshlandi. Bu xol ham o’rmonzorlar maydonini keskin kamayib ketishiga olib keldi. SHuningdek o’rmonlarni kesib ishlatish iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamay qoldi. SHundan so’ng avval ko’mir, so’ngra gaz konlarini qidirib topish va ishlatish amalga oshirildi. Jamiyatning hozirgi rivojlanish davrida energiya resurslari manbai sifatida gidroelektrostantsiyalar energiyasidan foydalanish yetakchi o’rinni egalladi. SHunga qaramasdan yer ostidan qazib olinadigan energiya xom ashyolariga (ko’mir, neft , va gazga)bo’lgan ehtiyoj tobora oshib bormoqda. CHunki dunyo bo’yicha elektr energiyasining 60% i issiqlik elektr stantsiyalari (IES) hisobiga olinmoqda. Katta miqdorda energiya talab qilinadigan sanoat korxonalarini energiya bilan ta’minlash uchun energetik resurslarning boshqa turlaridan foydalanishga e’tibor qaratilmoqdaki, bu xol insoniyatni bitmas tugalmas energiya bilan ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Kelajakda termoyadro energetikasi, shamol generatorlari va quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari shular jumlasidandir. Insoniyat o’tmishda energiya inqiroziga bir necha marta uchraganligi ma’lum, ammo inson bu muammolarni muvofaqiyatli xal qila olgan. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling