O’zbekistо n respublikasi


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5

Tugamaydigan resurslar. Bunday resurslarga shartli ravishda koinot, iqlim va 
suv resurslarini kiritish mumkin. Koinot resurslariga quyosh radiatsiyasi, dengiz 
suvlarining to’lqinlanish energiyasi va shu kabilar kiradi. Ular deyarli tugamaydi va 
ularni muhofaza qilish(masalan, quyoshni) atrof-muhitni muhofaza qilish uchun 
ob’ekt bo’la olmaydi. CHunki insoniyat bunday imkoniyatga ega emas. Ammo, 
quyosh energiyasining yer yuzi bo’ylab tarqalishi atmosfera xolatiga, uning 
ifloslanganlik darajasiga bog’liq. Bunday omillarni esa insoniyat boshqara oladi. 
Iqlim resurslari. Atmosfera issiqligi va namligi, havo, shamol energiyasi 
deyarli tugamaydi. Lekin, atmosfera turli mexanik qo’shimchalar, sanoat korxonalari 
va transport vositalarining turli gazlari, hamda radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi 
natijasida sezilarli darajada uning tarkibi o’zgarishi mumkin. Havo musaffoligi uchun 
kurashish bu tabiiy resursni himoya qilishning muhim vazifalaridan biridir. 
Suv resurslari umuman biosfera uchun tugamaydigan resurslardir. Biroq, 
chuchuk suvning zaxiralari va miqdori yer yuzining turli qismlarida keskin o’zgarib 
turadi. Daryo va ko’l suvlarini kamayishi bilan bog’liq chuchuk suv yetishmovchiligi 
hamda suvlarni ifloslanishi hozirgi kunda sezilarli darajada tezlashdi. SHuning uchun 
chuchuk suv sarfi va tozaligi ustidan nazoratni kuchaytirish lozim. Amaliy jihatdan 
Dunyo okeani suvlari tugamaydigan resurslar hisoblanadi. Ammo, ularga neft
mahsulotlari, radioaktiv va boshqa chiqindilarning to’qilishi xavf solmoqda. Bu xol 
o’z navbatida okean suvlarida hayot kechiruvchi hayvonlar va o’simliklarning 
yashash sharoitlarini o’zgartirib yubormoqda. 
Nazorat savollari 
1.Tabiiy resurslar deb qanday resurslarga aytiladi? 
2
. Real va potentsial resurslar mazmunini tushuntiring? 
3. Tugaydigan resurslardan oqilona foydalanishning ekologik ahamiyati qanday? 
4. Qayta tiklanadigan va qayta tiklanmaydigan resurslarni mohiyatini tushuntiring. 
5. Ilmiy texnik taraqqiyotning ekologik jihatlarini ochib bering. 
6. Insonni tabiatga va tabiiy resurslarga ta’sir ko’rsatish shakllarini ayting. 
7. Tugamaydigan tabiiy resurs turlari va ularning tugamaslik sabablari nimada? 
 

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling