O’zbekistо n respublikasi


Download 54.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana06.11.2023
Hajmi54.54 Kb.
#1752097
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Мз5

Tabiiy resurslar tasnifi 
Tugaydigan resurslar 
Tugamaydigan resurslar 
Tiklanmaydigan resurslar 
Tiklanadigan resurslar Havo, suv, iqlim, koinot 
resurslari. Quyosh, yadro, 
geotermal, shamol, to’lqin 
energiyalari hamda yerning 
ichki issiqlik energiyasi
Er osti qazilmalari (rudali, 
noruda va yonilg’i qazilma 
boyliklar) 
Tuproq, o’simlik va 
hayvonlar, qisman suv 
resurslari 
 
Tugaydigan tabiiy resurslar zaxirasiga va ulardan jadallik bilan foydalanish 
ko’lamiga bog’liq ravishda kishilik jamiyati extiyojlarini faqat ma’lum davr
davomida ta’minlashi mumkin. Ular tabiatda o’z-o’zidan tiklanmaydi. Insonlar 
tomonidan bunday resurslarni yaratish mumkin emas. CHunki tiklanmaydigan 
resurslar tabiatda uzoq geologik davrlarda va jarayonlarda kimyoviy elementlarning 
to’planishi natijasida hosil bo’ladilar. Ular tabiiy biogeokimyoviy tsiklda 
qatnashmasliklari mumkin emas. Biosferada kimyoviy elementlar miqdorini optimal 
darajasi ana shunday boshqarilgan va boshqariladi. Tugaydigan resurslar o’z 
navbatida qayta tiklanmaydigan, tiklanadigan va nisbatan tiklanadigan resurslarga 
bo’linadi. Qayta tiklanmaydigan resurslar-umuman tiklanmaydi yoki insonlar 
tomonidan ulardan foydalanish davri davomida juda sekinlik bilan tiklanadi. Bunday 
resurslarga neft , toshko’mir va boshqa qazilma boyliklar kiradi. Bunday resurslardan 
foydalanish albatta, ularni tugashiga olib keladi. SHuningdek qayta tiklanmaydigan 
tabiiy resurslarni muhofaza qilish, ulardan tejab-tergab, oqilona, kompleks ravishda 
foydalanishda namoyon bo’ladi. Bundan maqsad ularni qazib olish va qayta ishlash 
vaqtida yo’qotilishini kamaytirishga erishish hamda bu resurslarni boshqalariga yoki 
sun’iy yaratilganlarga almashtirishdan iborat. Tabiiy resurslarning ko’plab turlari 
XXI asrda tugaydi degan noto’g’ri bashoratlarga ko’pchilik olimlar tanqidiy 
munosabat bildirmoqdalar. Bunday bashoratchilar ikkilamchi xom ashyolarni qayta 
ishlash texnologiyalarini takomillashib borishini, sun’iy materiallardan foydalanish 
xajmini tobora o’sib borayotganligini, energiya ta’minotini ortib borishi evaziga xom 
ashyolarni va yer qa’rining chuqur qismida joylashgan neft saqlovchi qatlamlardan 
neft qazib olish texnologiyalarini yaratilayotganligini hisobga olmaganlar. XX 
asrning boshlarida sayyoramizda neft zahiralari 190 million tonnani tashkil qilgan 
bo’lsa, 30 yildan so’ng 1090 million tonna deb baholangan. 1970 yillarda yer 
qa’ridan 33 milliard tonna neft va 15 trillion m
3
gaz qazib olingan. Hozirgi kunga 
kelib faqatgina quruqlikdan topilgan neft zaxiralari 27 milliard tonna, potentsial 
zaxiralari bilan hisoblaganda esa 68 milliard tonna deb baholanmoqda. Kelajakda 
okeanning chuqur tubida joylashgan neft saqlovchi hududlardan neft qazib olish 
imkoniyatlari mavjud. Hisob-kitoblarga ko’ra hozirgi kundagi jadal qazib olish 
sharoitida yer yuzi aholisini asosiy metallarga bo’lgan extiyojini qondirish uchun 


quruqlikdan topilgan va 2000 metr chuqurlikgacha suvdagi mineral resurslar 
zaxiralari quyidagicha(million tonna hisobida): alyuminiy-1500; kumush-65; xrom-
20; kobal t-220; mis-2; molibden-50; oltin-3,5; platina-9; qalay-1; volfram-400;
uran-100; vanaddiy-2500; rux-6. SHuning uchun ehtiyojdan kelib chiqib, u yoki bu 
xom ashyo zaxirasidan foydalanishda, geologik qidiruv ishlari samaradorligini 
yaxshilash imkonini beruvchi va qazilma boyliklari qazib olish usullarini 
takomillashtirishni ko’zda tutuvchi ilmiy-texnika yutuqlarini hisobga olish muhim 
ahamiyatga ega. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida bilimlarimiz doirasida hozircha 
birinchi guruh tugaydigan resurslarini qayta tiklanmaydigan resurslar deb hisoblashga 
xaqlimiz.

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling