O’zbekistо n respublikasi
Potentsial tabiiy resurslar
Download 54.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Мз5
Potentsial tabiiy resurslar deb jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida
qidirib topilgan, qisman va miqdoran aniqlangan resurslarga aytiladi. Ammo ulardan foydalanish turli sabablarga ko’ra ayni paytda davlat tomonidan maqsadga muvofiq emas deb topilgan bo’lishi mumkin. Boshqa so’z bilan aytganda, ulardan foydalanish uchun texnik vositalar yetarli bo’lmagan, xom ashyolarni qayta ishlash texnologiyalari ham ishlab chiqilmagan yoki umuman yaratilmagan bo’lishi mumkin. Masalan, tosh davrida metall potentsial resurs emas edi. CHunki inson uni ajratib olish texnologiyasini bilmas edi. Bronza asriga kelib temir rudalari potentsial resurslarga aylanib qoldi. CHunki insonlar rudadan temirni ajratib olish texnologiyasini o’zlashtirib oldilar. YEr sayyorasining potentsial yer resurslariga cho’llar, tog’liklar, botqoqliklar, sho’rlangan hududlar, doimiy muzliklar ham kiradi. Hozirgi davrga kelib insonlarning yer resurslariga bo’lgan extiyojlarini tobora oshib borayotganligiga qaramasdan mavjud barcha yerlarni qishloq xo’jaligi uchun o’zlashtirishni imkoniyati yo’q. Masalan, botqoqliklarni o’zlashtirishda drenajlar o’tkazish, sho’rlangan hududlar to’zini yuvish va oqavalarni chiqarib yuborish uchun drenajlar yotqizish ishlariga katta miqdorda sarf-harajatlar talab etiladi, shuningdek yerlarning sho’rini yuvish uchun chuchuk suv bilan ta’minlashning iloji yo’q. Doimiy muzliklar bilan qoplangan hududlarda dexqonchilik qilishning iloji bo’lmasada sanoat korxonalari qurish, qazilma boyliklarni qazib olish imkoniyatlari mavjud. Potentsial resurslarga bir qator kosmik resurslar-quyosh energiyasi, dengiz suvlarining ko’tarilishi va qaytishi, shamol energiyalari va boshqalar ham kiradi. Olimlar tomonidan potentsial kosmik resurslardan foydalanish usullarini yaratishga bo’lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Kelajakda quyosh radiatsiyasini quyosh energiyasiga to’g’ridan-to’g’ri aylantirishning nisbatan arzon usullarini yaratish bir qator mamlakatlarni isitish tizimlari uchun sarf etiladigan energiyaning 50 foizini qoplashi mumkinligi hisoblab chiqilgan. Quyosh energiyasidan foydalanish sayyoramizning ekologik inqirozdan qutqarishda asosiy omil hisoblanadi. Uning yerdagi asosiy manbai esa yashil o’simliklardir. O’zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish, yangi texnologiyalar va texnik vositalarni joriy etish bo’yicha sohalararo «O’zgeliotexnika» ilmiy texnik markazida, « Quyosh fizikasi» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot va loyixa institutlarida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Barcha tabiiy resurslarni shartli ravishda tugaydigan va tugamaydigan resurslarga bo’linadi. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling