O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Maslouning motivatsion nazariyasi


Download 0.66 Mb.
bet245/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Maslouning motivatsion nazariyasi esa nima uchun insonlar ma'lum vaqt davomida o’z xulq-
atvorining motivi sifatida ma'lum bir ehtiyojga ega bo’lishlarini tushuntirishga qaratilgandir. Maslou
ehtiyojning ierarxik strukturasini ishlab chiqdi. Bu nazariya bo’yicha ehtiyojlar muhimligiga qarab
quyidagi  turlarga  bo’linadi:  fiziologik  (oziq-ovqatlarga,  kiyim-kechak,  yashash  joylarga  bo’lgan
ehtiyojlar), o’z-o’zini saqlash (xavfsizlik va himoya qilinganlik), sotsial (ma'lum sotsial guruhlarga
mansublik),  hurmat  (o’z-o’zini  hurmat,  xizmatini  tan  olish,  tashkilotda  ma'lum  statusni  egallash),
o’z-o’zini  tasdiqlash  (o’zining  qobiliyatini  to’liq  ochish  imkoniyati,  o’z-o’zini  ko’z-ko’z  qilish).
Inson  birinchi  navbatda  eng  muhim  ehtiyojini  qondirishga  harakat  qiladi.  Birlamchi  ehtiyojlar
qondirilgandan  so’ngra  esa,  inson  muhimligiga  qarab  navbatdagi  ehtiyojini  qondirishga  harakat
qiladi.  Masalan,  ochlikdan  aziat  chekayotgan  kishi  san'at  dunyosida  ro’y  berayotgan  o’zgarishlar
bilan qiziqmaydi, balki uni kun kechirishi uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari qiziqtiradi.
Umuman,  motivatsiyani  o’rganish  asosida  xarid  qilish  sabablarini,  xaridorlarning  xatti-
harakatlarini,  sotish  tarmog’iga  bo’lgan  munosabati,  axborot  olish  va  qaror  qabul  qilish  jarayoni,
iste'molchilarning turli guruhlarining urf-odatlari va hokazolar haqida kommunikatsiyalar jarayoni
uchun zarur bo’ladigan ma'lumotlar tanlash mumkin bo’ladi.



Qisqa xulosalar
Marketingda  bozor  deganda  ma'lum  tarmoq  tovarlariga  ehtiyoj  sezuvchi  va  uni  qondirish
imkoniyatiga ega bo’lgan potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi. 
Konyunktura  deganda  ma'lum  omillarning  ta'siri  natijasida  vujudga  keladigan  qisqa  muddatli
shart-sharoitlar  tushuniladi.  Omillarning  o’zgarishi  konьyunkturaning  o’zgarishiga  olib  keladi.
Konyunkturani o’rganishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning holatini tahlil qilishdan boshlanadi.
Bozor  konyunkturasining  hozirgi  holati  iqtisodiy  siyosatning  bir-ikki  yil  oldin  bajarilgan
harakatlarning  mahsuli  bo’lganligi  sababli,  makroiqtisodiy  tahlil  kamida  ikki  yillik  muddatni
qamrab olishi maqsadga muvofiq. 
Bozor  konyukturasini  o’rganishning  sotuvchi  va  ishlab  chiqaruvchilar  uchun  zarurligi
kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini
qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda namoyon bo’ladi.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling