O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet65/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Chiziqli-shtabli  struktura  har  bir  rahbar  huzurida  ixtisoslashgan  xizmatlar,  maslahatchilar
kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega:

Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.


Marketing  tadqiqoti  bo’yicha  marketologlar  guruhi,  mehnatni  muhofaza  qilish  xizmati,  audit
guruhi va boshqaruv.
Shtablarning  vazifasi  har  xil  muammolarni  o’rganish  orqali  rahbarga  qaror  qabul  qilishda
yordam  berishdan  iborat.  Bunday  shtablarga  ehtiyojning  paydo  bo’lishiga  asosiy  sabab  -  bu
tashkilotlardagi  funktsiyalarning  murakkablashuvidir.  Bu  erda  mehnat  taqsimoti  ikki  turdagi
maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
Chiziqli  rahbarlar  korxonaning  bosh  maqsadiga  erishish  yo’lidagi  birlamchi  vazifalarning
bajarilishiga  javobgar  bo’lsalar,  shtabdagilar  esa  birlamchi  vazifalarga  tobe  bo’lgan  ikkilamchi
vazifalarning  bajarilishiga  javobgardirlar.  Ular  maslahat  berish  funktsiyasini  bajaradilar.  Chiziqli
rahbarlarning  asosiy  vazifasi  taklif  etilgan  ijobiy  va  salbiy  maslahatlar  ichidan  maqsadga
muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.
Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun korxona faoliyatini
boshqarish  bir  tomondan  engillashadi,  boshqa  tomondan  esa  berilgan  maslahatlar  qarama-qarshi
bo’lganligi sababli murakkablashadi.
Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma'qullashga, o’z obro’larini saqlashga harakat
qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Bu  strukturaning  afzalligi  shundan  iboratki,  chiziqli  rahbarlar  o’z  diqqatlarini  ilmiy-tadqiqot 
ishlarga  emas,  balki  asosan,  korxonaning  joriy  faoliyatiga  qaratadilar.  Kamchiligi  esa  boshqaruv
tizimida  ortiqcha  bo’g’inlarning  paydo  bo’lishi,  boshqarish  tezkorligining  susayishi,  boshqarish
harajatlarining o’sishidadir.
Chiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi rahbarlar
va  struktura  bo’g’inlarining  boshqaruv  faoliyatini  ixtisoslashtirishga  qaratilgandir.  Bunda  har  bir
boshqaruv  bo’g’iniga  muayyan  funktsiyalar  biriktirib  qo’yiladi.  Masalan,  biri  marketingni,
ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish  apparatini  funktsional  ixtisoslashtirish  uning  samaradorligini  ancha  oshiradi.
Boshqarishning  barcha  funktsiyalarini  bajarishi  lozim  bo’lgan  universal  rahbarlar  o’rniga  o’z
sohasini puxta biladigan, o’z  shtatiga ega bo’lgan, o’ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob
beradigan mutaxassislar apparati paydo bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
• 
 o’z sohasini   chuqur va puxta biladigan;
• 
 jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;
• 
 o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
• 
  chiziqli  struktura  rahbarlarini  shu  tavsiyalarni  amalga  oshirish  maqsadga
muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.
Funktsional  bo’linmalar  bevosita  barcha  quyi  struktura  bo’linmalarining  faoliyatini
boshqaradi.  Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor doiradagi masalalar
bo’yicha  quyi  bosqich  organlari  va  bo’linmalari  faoliyatiga  rahbarlikni  ta'minlaydi.  Masalan,
korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda  ham  funktsional  bo’limlar  rahbarlarining  vertikal  bo’yicha  ierarxiyasi  va  bo’ysunishi
mavjud.  Ammo  chiziqli  strukturadan  farqli  o’laroq  bunday  bo’ysinish  ma'muriy  emas,  balki  sof
uslubiy  maslahatli  bo’ysinishdir.  Funktsional  struktura  ham  o’zining  ijobiy  va  salbiy  tomonlariga
ega.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling