O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari universiteti


Download 0.66 Mb.
bet66/362
Sana02.01.2022
Hajmi0.66 Mb.
#194079
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   362
Bog'liq
Texnologiyalari davlat qomitasi toshkent axborot tehnologiyalari-fayllar.org

Salbiy  tomonlari:  bunda  boshqaruv  faoliyati  chuqur  ixtisoslashadi.  Bu  esa  boshqaruv
samaradorligining,  kasb  mahorati  darajasining  o’sishini  ta'minlaydi,  funktsional  sohada
muvofiqlashtirish  ishini  yaxshilashga  erishiladi.  Xizmatchilar  bunga  yaxshi  va  tez  ko’nikma  hosil

qiladilar,  moddiy  harajatlarni  kamaytiradi  va  boshqarishdagi  takrorlanishlarga  chek  qo’yadi  va


hokazo.
Ijobiy  tomonlari:    Funktsional  organlar  o’ziga  topshirilgan  funktsiyalarni  sifatli  bajarishdan
manfaatdor  bo’lib,  "begona"  funktsiyalar  uchun  ham,  butun  korxonaning  umumiy  faoliyati  uchun
ham javob bermaydi.  Bunda har bir rahbar o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga
ega  bo’ladi.  Binobarin,  bu  narsa:  yakkaboshchilik  tamoyillarining  buzilishiga,  ijrochilar
mas'uliyatining  susayishiga  olib  keladi,  chunki  ijrochi  bir  boshliqqa  emas,  bir  necha  boshliqqa
bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi. 
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya'ni:
• 
funktsional bo’limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;
• 
rahbarlar vazifalari va huquqlarining etarli darajada muvofiqlashmaganligi;
• 
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas'ul xodimlarning yo’qligi;
• 
funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
• 
boshqaruv  apparatida  ishga  turalarcha  munosabatda  bo’lish  hollarining  mavjudligi
kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv strukturasi
tuziladi.
Chiziqli-funktsional  boshqaruv  strukturasida  asosiy  boshqaruv  chiziqli  boshqaruv  bo’lib
hisoblanadi.    Barcha  boshqaruv  bosqichlari  va  mustaqil  uchastkalar  o’z  rahbariga  ega  bo’ladi.
Rahbar  ishlab  chiqarish  xo’jalik  faoliyatini  yakkaboshchilik  asosida  boshqarish  huquqiga  ega
bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali yordam ko’rsatish
uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu tashkilotlarning vazifasi boshqaruv
qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish gorizontal  bo’yicha 
kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi. 
Bularni  mazmun  va  muddatlariga  ko’ra  kelishib  olish,  ishlab  chiqarishning  ko’pgina
unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional xizmatlar o’rtasidagi bu
gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura
rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu  muammolarni  yangi  tashkiliy  boshqaruv  strukturalarini  tuzish  yo’li  bilan,  aniqrog’i,
chiziqli-funktsional  boshqaruv  strukturalariga  tuzatishlar  kiritish  yo’li  bilan  hal  etiladi.  Bunday
struktura  dasturli-maqsadli  struktura  deb  ataladi.    Bunday  struktura  quyidagi  uch  ko’rinshda
bo’ladi:
• 
 loyiha bo’yicha boshqaruv;
• 
 mahsulotga ko’ra boshqaruv;
• 
 matritsaviy struktura.
Loyiha  bo’icha  boshqaruvdan  yangi  texnika  va  texnologiyani  qisqa  muddatda  joriy  qilish
zaruriyati tug’ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga
resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. 
Mahsulotga  ko’ra  boshqaruvning  afzalligi  axborotlarning  kelish  yo’llari  va  oqimining
qisqarishida,  yakka  boshchilik  tamoyiliga  to’la  rioya  qilinishida,  boshqarishning  yuqori
bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda
talabning o’zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti nisbatan qisqa
"umr"  ko’radigan  va  tez-tez  o’zgarib  turadigan  korxonalar  tomonidan  qo’llaniladi.  Bu  struktura

korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli


xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog’lashga, texnika sohasida yuqori malakali
xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta'minlashga qaratilgan.
Ushbu  strukturani  "To’r"  ko’rinishida  tasavvur  etish  mumkin.  U  ikki  turdagi  strukturaning,
ya'ni:
- funktsional struktura;
- mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling