O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 120.11 Kb.
|
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston
- Qog‘oz
Pulning mohiyatiPulning iqtisodiy mohiyati xususida iqtisodiy adabiyotlarda turli ta’riflar va talqinlar mavjud bo‘lib, uning mohiyatiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Chunki, jamiyatda xo‘jalik yuritish tizimining va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitning o‘zgarishi pulning mohiyatini turlicha talqin etilishini talab etmoqda. Jumladan, iqtisodchi olimlar va soha mutaxassislari pulni – iqtisodiy kategoriya sifatida qiymat o‘lchovi vositasi, umumekvivalent tovar, maxsus tovar, ayirboshlash vositasi ekanligini e’tirof etadi.Pul jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda, jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, bozordagi talab va taklif asosida tovarlar bahosini aniqlashda bevosita qatnashishi uning mohiyatini namoyon qiladi. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI–IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz. Miloddan avvalgi 330–327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor – mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi Qog‘oz pullarning muomalaga kiritilishi. Manbalarga ko‘ra, dastlabki qog‘oz pullar X asrning oxiri XI asrning boshlarida Xitoyda chiqarilgan. Xitoyda qog‘oz pullar muomalaga chiqishida mamlakatda qog‘ozning kashf etilganligi va bosma mashinalarining yaratilganligi muhim ahamiyat kasb etgan. Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullar “erkin tanga”, keyinchalik “qimmatbaho qog‘oz tangalar” deb yuritildi, ular mamlakatda erkin aylanadigan to‘lov vositalari bo‘lsada oltin yoki tovarlar bilan ta’minlanmagan edi. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling