O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi
Download 120.11 Kb.
|
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kripto pullar.
Kredit pullar. Kredit pullar tovar ishlab chiqarishni jarayonining rivojlanishida vujudga kelgan bo‘lib, tovarning oldi-sotdisi uchun to‘lovni kechiktirish (kreditga berish) tarzida amal qiladi. Kredit pullarini vujudga kelishining maqsadi va zarurligi iqtisodiyotda tovar-pul aylanmasini tezlashtirish va osonlashtirish bo‘lib, tovar aylanmasida to‘lovlarni haqiqiy pullar bilan emas, balki ularning o‘rinbosarlari orqali amalga oshirishga qaratilgan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida kredit pullari o‘zining dastlabki mohiyatini anchagina yo‘qotdi. Kredit pullarning rivojlanish jaryoni va shakllari quyidagicha bo‘lgan: veksel, akseptlangan veksel, banknota, chek, kredit kartochkalari
Kripto pullar. Kripto – so‘zi (κρυπτόζ) sirli, yashirin, shifrlangan murojaatnoma kabi manolarni beradi. Kriptovalyuta esa raqamli valyutalarning ko‘rinishidir. Hozirgi kunda uning Bitcoin, Litecoin, Namecoin, SwiftCoin, Peercoin, Dogecoin, Emercoin, Gridcoin, Primecoin va boshqa turlari mavjud. Yuqorida qayd etilgan holatlar bo‘yicha Markaziy bank va tijorat banklari, tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi. Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roliJamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda pulning roli doimo oshib boraveradi. Birgina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko‘rsatish uchun zarur xom – ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan iqtisodiy aloqalarni o‘rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to‘laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. Bularning barchasi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik asosida amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi. Download 120.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling