O‘zbekiston bank tizimining tashkil topishi va rivojlanishi


Naqd pul aylanmasini tashkil etish


Download 120.11 Kb.
bet23/36
Sana14.03.2023
Hajmi120.11 Kb.
#1266779
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
Bog'liq
pul bank5ydrtereshxjrdkctfhb

Naqd pul aylanmasini tashkil etish


Avvalgi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek, pul aylanmasi naqd pulsiz va naqd pulli hisob-kitoblardan tashkil topadi. Naqd pulli hisob-kitoblar bevosita naqd pullar bilan amalga oshiriladi. Iqtisodiyotda pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob-kitoblarning ulushi sezilarsiz darajada bo‘lib, taxminan 5-12 foiz atrofida tebranib turadi. Mamlakat pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob-kitoblar ulushining pastligi yoki ortib borishi iqtisodiyotda ishlab chiqarish darajasi, moliya – kredit tizimi va milliy valyutaning barqarorligi hamda boshqa qator omillar bilan izohlanadi.




      1. Naqd pullarni qabul qilish tartibi

Yuridik shaxslardan naqd pullarni bank kassasiga qabul qilish inkassasiya xizmati yoki istisno tarzida ularning o‘zlari tomonidan bankka olib kelib topshirish orqali amalga oshiriladi.


Tijorat banklari quyidagi hollarda yuridik va jismoniy shaxslardan naqd pullarni qabul qilishi mumkin:

  • savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidan tushgan tushumlar;

  • soliqlar, yig‘imlar, boj va boshqa majburiy to‘lovlardan tushgan tushumlar;

  • omonatlarga topshirilgan tushumlar;

  • pochta o‘tkazmalari uchun tushgan tushumlar;

  • bank kartalariga tushgan tushumlar;

  • boshqa maqsadlardan tushgan tushumlar.

Tijorat banklari kassasiga qabul qilingan naqd pullar bankning aylanma kassasiga kirim qilinadi. Naqd pullarni inkassasiya qilish mijoz, bank va inkassasiya xizmati o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.


    1. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning tamoyillari

Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida har kuni bir necha yuz minglab naqd pulli va naqd pulsiz operatsiyalar amalga oshiriladi. Ushbu operatsiyalarning 85 – 90 foizi, ayrim rivojlangan mamlakatlarda 98 – 99 foizi naqd pulsiz ko‘rinishida amalga oshiriladi.


O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar tijorat banklarining ichki va tashqi vakillik hisobraqamlari orqali, elektron to‘lov tizimi yordamida, mijozlarning hisobvaraqlarida buxgalteriya yozuvlari ko‘rinishda amalga oshiriladi. Mamlakatimiz bank tizimida 1997 yil mart oyida joriy etilgan elektron to‘lov tizimi banklararo amalga oshirilayotgan to‘lovlarni juda qisqa daqiqalar ichida amalga oshirish imkoniyatini beradi.


Download 120.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling