O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ilmiy ish asoslari fanidan 1-ma`ruza yuzasidan taqdimot

Download 388.36 Kb.
bet9/11
Sana25.01.2023
Hajmi388.36 Kb.
#1120393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tilshunoslik

Uyg‘onish davrining boshlanishi bilan cherkovning obro‘-e’tibori susayib, antik davrga bo‘lgan e’tibor, qiziqish, uni qadrlash kuchaya bordi. Anig‘i, uyg‘onish davrining vakillari, ziyolilari yunon va rimliklarning boy milliy madaniyatiga murojaat qila boshlashdi. Uyg‘onish davri kapitalizmning feodalizm ustidan bo‘lgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yangi asr Yevropada Kolumb, Magellan, Galiley, Kopernik, Dekart, Nyuton, Leybnits, Lomonosov kabi dastlabki kashfiyotchilarni va olimlarni yuzaga chiqaradi.

Antik (yoki klassik filologiya) davrining adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda, ayniqsa, quyidagi olimlar ning xizmatlari, mehnatlari katta bo‘ldi. Bular: Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o‘g‘li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton va boshqalar.

J.Skaliger «Lotin tili asoslari haqida» (1540) asarini yaratgan bo‘lsa, R.Stefanus «Lotin tili xazinasi» (1553) tadqiqotini e’lon qiladi. G.Stefanus esa yunon tiliga bag‘ishlab, «Grek tili xazinasi» asarini chop ettirdi.

Ayni vaqtda Sharq tillarini, ayniqsa, semit tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi, semit filologiyasi maydonga keldi. Ya’ni qadimgi yahudiy, aramiy, arab, efiopiya tillari tadqiq qilindi.

Download 388.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling