1660-yilda Parij atrofidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Anton Arno va tilshunos Klod Lanslolar ilk bor «Umumiy ratsional grammatika» asarini fransuz tilida yaratib, Parijda nashr qildilar. Por-Royal grammatikasi ikki qismdan – fonetika va grammatikadan iborat bo‘lib, olti bobdan tashkil topgan brinchi qismda tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘inga ajratish kabilar haqida ma’lumotlar beriladi. Grammatikaning yigirma to‘rt bobdan iborat ikkinchi qismining yigirma uch bobida esa morfologiya masalalari – ot, sifat, olmosh, fe’l, sifatdosh, ravish, bog‘lovchi, undov – ularga xos xususiyatlar, kategoriyalar; faqat oxirgi yigirma to‘rtinchi bobida esa sintaksis masalalari – so‘z birikmasi va gap kabilar haqida fikr yuritiladi. Mantiqiy grammatika grammatik kategoriyalarni mantiqiy kategoriyalar bilan teng holda olib, ularni aynan bir narsa sifatida qaraydi va lisoniy hodisalarni mantiq va mantiqiy kategoriya terminlari orqali tasvirlashni o‘z vazifasi deb biladi. Mantiqiy grammatika grammatik kategoriyalarni mantiqiy kategoriyalar bilan teng holda olib, ularni aynan bir narsa sifatida qaraydi va lisoniy hodisalarni mantiq va mantiqiy kategoriya terminlari orqali tasvirlashni o‘z vazifasi deb biladi. Tafakkurning umumlisoniy shakl va qonuniyatlarini tekshiruvchi, o‘rganuvchi mantiq fani inson ongining hissiy va irodaviy tomonlari bilan ham, lisoniy ifodalarning shakllari bilan ham qiziqmaydi, bu jihatlarga e’tibor bermaydi. Mantiqiy grammatikada til hodisalariga tarixiy yondashish ham mutlaqo mavjud emas. Mantiqiy hukmda hamma vaqt ikkita bo‘lak – sub’yekt va predikat mavjud bo‘ladi. Lisoniy birlik bo‘lgan gapda esa bitta (keldi), ikkita (bola uxladi), uchta va undan ortiq (2005 yil – sihat va salomatlik yilidir) bo‘lak bo‘lishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Н.A.Кондрашов.История лингвистических учений. M., 1979.
Я.В.Лоя. История лингвистических учений. M., 1968.
В.В.Виноградовю История лингвистических учений. M., 1978.
Do'stlaringiz bilan baham: |