O`zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Ilmiy ish asoslari fanidan 1-ma`ruza yuzasidan taqdimot
Download 388.36 Kb.
|
Tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pyer Abelyar
Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta’limoti esa haqiqatga to’la muvofiq, real tarzda faqat o’ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo’lgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan g’oyani ilgari suradi.Rossellin (1050-1110) boshchiligidagi nominalizm ta’limoti esa haqiqatga to’la muvofiq, real tarzda faqat o’ziga xos xususiyatlarga, belgilarga ega bo’lgan narsa, predmet, hodisalargina mavjud, degan g’oyani ilgari suradi.Bizning tafakkurimiz orqali ushbu predmet va hodisalardan chiqariluvchi umumiy tushunchalar esa real, aniq mavjud bo’lmaydi. Ular inson tafakkurining mahsuli hisoblanadi, fikrlash faoliyati tufayli hosil bo’ladi, yuzaga keladi.Pyer Abelyar (1079-1142) boshchiligidagi konseptualistlar (mo’tadil nominalistlar) ham mutlaqo to’g’ri holda real tarzda faqat alohida narsalar mavjud, ular umumiy tushunchalarimizning asosi bo’lib xizmat qiladi, deyishadi.Rus tilshunosligi. Jahon tilshunosligi taraqqiyotida rus tilshunosligi muhim o`rinlardan birini egallaydi. Rus tilshunoslari juda ko`plab dunyo tillarini puxta o`rganganligi bilan, lisoniy hodisalarni chuqur tahlil qilganliklari, tilshunoslikning ilmiy-nazariy muammolariga alohida jiddiy e`tibor berganliklari, yangi ta`limotlar, nazariyalar «ishlab chiqqanliklari», yangi farazlarni o`rtaga tashlaganliklari bilan ajralib turadi. Aniqrog`i, rus tilshunoslari tomonidan rus, slavyan, hind, eron, fin-ugor, turkiy, mo`g`ul, xitoy va boshqa qator tillar o`rganildi, ular yuzasidan salmoqli, mukammal asarlar yaratildi. XVI asrning oxirlarida (1596) Lavrentiy Zizaniyning slavyan grammatikasiga oid asari nashr qilindi. 1619 yilda Meletiy Smotrickiyning slavyan-rus grammatikasi nashr qilindi. XVIII asrning oxirida (1787) Rossiya fanlar akademiyasi Simon Pallasning o`z davri uchun buyuk hisoblangan «Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug`ati» nomli tadqiqotini chop ettirdi. Bu asarning yaratilishiga Evropa, Osiyo va Afrika qit`alarining 262 ta tili asos bo`lib xizmat qildi. Rossiyada XIX asrning birinchi yarmida mo`g`ul tili bilan Yakov Shmidt, fin-ugor tillari bilan M.A.Kastren, xitoy tili bilan Bichurin, hind tili bilan G.V.Lebedev kabi olimlar shug`ullandilar. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida esa rus sharqshunoslik maktabining tashkilotchilari va buyuk vakillari V.R.Rozen, V.V.Bartold, qadimgi Sharq mamlakatlari va misr tillari bo`yicha eng yirik mutaxassis B.A.Turaev, semit tillari bo`yicha P.K.Kokovcov, turkiy tillar bo`yicha N.I.Il`minskiy, N.I.Ashmarin, V.V.Radlov, P.Melioranskiy, mo`g`ul tili bo`yicha O.M.Kovalevskiy, B.Ya.Vladimircov, arab tili bo`yicha V.F.Girgas, I.Yu.Krachkovskiy, F.E.Korsh, hind tili bo`yicha K.A.Kossovich, I.P.Minaev, eron tillari bo`yicha V.F.Miller, K.G.Zaleman, V.A.Jukovskiy, xitoy tili bo`yicha V.P.Vasilyev,P.Kafarov, V.M.Alekseev, suriya tili bo`yicha M.Nikol`skiy va boshqa taniqli olimlar ish olib bordilar. Download 388.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling