O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

2.2.

 

Barkamol avlod tarbiyasida qo’shiqlarining o’rni

 

 

Milliy folklor san’atimiz qadimiy va boy tarixga ega. Bu meros 



madaniyatimizning favqulodda hodisasi bo’lib, ijodkor xalqimiz tomonidan 

yaratilgan, shu bilan birga u insonning ma’naviy hayotida yo’lchi yulduziga ham 

aylangan. 

Yurtboshimiz "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" asarida "xalqimiz 

azaldan o’z vujudi, o’z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo’lmoqqa intilib, 

o’z o’g’lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham 

ayamaydigan asl pahlavonlar etib tayyorlab kelganini, "shu ma’noda, xalq og’zaki 

ijodining noyob durdonasi bo’lmish "Alpomish" dostoni millatimizning o’zligini 

namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’i" 

ekanini uqtirib, "ishonamanki, har bir avlod mana shu qahramonlik dostonini 

asrab-avaylab kelgusi avlodlarga yetkazadi. Bu qahramonlik dostonini kuylab, uni 

qalbiga, shuuriga jo qilgan millatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi", - deydi 

(1, 32-33, 34-35). 

Bu hikmatli so’zlarda madaniyat va san’atni yaratishda inson salohiyati 

qanchalik muhim ahamiyat kasb etsa, inson salohiyatini rivojlantirishda madaniyat 

va sanatning mavqei ham shunchalik zaruriy ekani ifodalangan. 

Albatga, jisman sog’lomlik, aqliy-axloqiy va ma’naviy-ruhiy barkamollik 

insonning azaliy-abadiy fazilatidir. Ona xalqimiz bu hikmatni necha ming yillar 

davomida qayta-qayta sinovdan o’tkazib, uning to’g’riligiga qatiy ishonch hosil 

qilgan, keyin esa o’z ijodida kuylab farzandlari qulog’iga quygan: 

O’zingdan pastlarman har yo’la ketma! 



41 

 

Bolam, aytgan nasihatim unutma! 



Oldingdan kim chiqsa, besalom o’tma! 

Bir g’aribni ko’rsang, zinhor, og’ritma! 

Quloq solgin, bir-bir aytay, Ravshanjon, 

Zinhor, manmanlikning yo’lini tutma! 

Asli zotim baland dema, chirog’im, 

Zinhor-zing’or, bolam, o’zingdan ketma... 

Qo’lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, 

Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, 

Nasihatim yod qilib ol, yolg’izim, 

Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot! (3,386 -387). 

"Ravshan" dostonidagi bu she’riy nasihatda milliy folklor san’atimiz axloqiy 

kodeksining mag’zi jamlangan, deb aytish mumkin. Xalqimiz hayotga, odamlarga 

axpoqiy baho berar ekan, bu o’gitlar zamirini falsafiy teranlik, keng fe’llik, ax-

loqiylik adolatlilik mezoni tashkil etishini anglash mumkin. 

Xalq o’z tajribasidan yaxshi biladiki, muayyan masalani uning ichida 

ikir-chikirlariga o’ralashib yurgan kishi to’g’ri hal qilishi qiyin, chunki adolatli 

yechim insoniy fazilatlar yuksakligida - donolik bilan topiladi. Masalan, "Yaxshilik 

qiling" ertagida bolaga "Voydod" deb ism qo’yilishining sababini xon aniqlagach, 

"bunday ish dunyoda bir, ikki, uch bo’lgan emas. Shy sababli olti yashar boladan 

olti xil gap so’raylik" deb, "xon boladan gap so’radi: 

Otangni o’ldirgan odam shu ekan. Buni o’ldiraylikmi, o’tga solib 



kuydiraylikmi yoki minoradan tashlab yuboraylikmi, yoinki zindonga tashlab, 

qamab qo’yaylikmi? Yo bo’lmasa sarpoyi-kiyim berib jo’natib yuboraylikmi? - 

debdi. Shunda bola: 

Otamni shu kishi o’ldirgan bo’lsalar, onamni olsalar, men dada qilib ola 



qolay, - degan ekan" (5,163). 


42 

 

Xalqning olti yashar bolasi eng qaltis vaziyatda eng mushkul masalani fikr 



erkinligi bilan falsafiy hal etadi. Og’ir sharoitdan chiqish xalq donolikning mangu 

hamrohidir. 

Yuqoridagi va quyidagi misollarni folklor, adabiyot, san’at va madaniyat inson 

salohiyatini olg’a tortib boruvchi oxanrabo - ibratlar tarzida keltirmoqdamiz. 

"Ozodachexra" ertagida ( aytuvchi: Hasan Xudoyberdiev. Yozib oluvchi: Izzat 

Sultonov. Toshkent, 1937 yil) "podsho bir chekkada o’tirgan qalandarlardan: 

Qaydan keldingiz, qayoqqa borasiz? - deb so’rabdi. 



Qalandarlardan biri oh tortib: 

E podshohi olam, biz musofirmiz. Bir sozanda mashq qilsa yo bir ashulachi 



ashula aytsa, hech bo’lmasa bir ertakchi uch-to’rt og’iz so’z aytsa, ko’nglimiz 

ozgina orom olib, so’ngra ahvolimizni sizga bayon qilar edik, - debdi (6, 150). 

Qalandarning javobi inson hayotida san’at qanchalik ahamiyatli ekanini beix-

tiyor ravishda ayon qilib qo’yuvchi samimiy iqrordir. 

Darhaqiqat, san’at xalqqa har doim madadkor bo’lgan, kerak bo’lsa, uni ba-

lo-qazolardan asragan. Binobarin, biz keltirgan bunday misollar xalq o’zi yaratgan 

folklori uning taqdirida qanchalik yuksak mavqe tutishini badiiy e’tirof etgan. 

Folklor qahramonlari hamisha yuksak ma’naviy maqomda namoyon bo’ladi. 

Ularning xalqga  ibrat bo’lishi yo’lidagi sa’y-harakatlari fikrimiz dalilidir. 

Bejiz emaski, "Xotam" ertagi qahramoni (aytuvchi: Adolatxon, yozib oluvchi: 

Shamsiya Angarova, Andijon, 1939 yil) podshoning  "qo’y, baloga giriftor bo’lib 

yurma, doridan picha beray, olib keta ber" degan gapiga shunday javob qaytaradi: 

"Mardning ishi muhtojlarga ko‘maklashish, nochorlarni og’ir ahvoldan qaytarish-

dir. Men boshingizga tushgan bir falokatni eshitib turib sizlarni ajdahodan 

qutqarmay, bu shahardan ketmayman. Menga ijozat bering, ajdahoni 

o’ldirganimdan keyin xizmatlarim evaziga dorini olib ketaman" (6, 472). Xotam o’z 

so’zining ustidan chiqadi, ajdahoni yengib, podshoning qizini o’limdan qutqaradi, 

mardligi bilan hammani qoyil qoldiradi. 




43 

 

Xalq og’zaki ijodining tabiyaviy ahamiyatini ko’rsatuvchi bunday misollarni 



juda ko’plab keltirishimiz mumkin. Bu kabi folklor namunalari yosh avlodni 

komil inson etib tarbiyalashda barchaga yaqindan ko’makchi bo’lishi ham ham-

mamizga birdek ayon. 

Shu sababli, mamlakatimizda folklorni ilmiy o’rganish, uning bebaho badiiy 

durdonalaridan ma’naviyatni tobora yuksaltirish jarayonida samarali foydalanish 

borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda. "Madaniy meros ob’ektlarini 

muhofaza qilish va ulardan foydalanish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi 

Qonuniga muvofiq Hukumatimiz 2010 yil 7 oktyabrda "2010 - 2020 yillarda 

nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ’ib qilish va 

ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to’g’risida" qabul qilgan qaror 

izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur Davlat dasturining hayotga 

to’la-to’kis tatbiq etilishi, u qamrab olgan barcha sohalar kabi, milliy ma-

daniyatimizning tarkibiy qismi bo’lmish folklor san’atimizning yanada munosib 

qadrlanishiga sharoit yaratadi.

 

   Mana  necha  asrlardan  beri  O’zbek  xalqinig milliy qadiryatlari, an’analari, 



urf - odatlari davr o’zgarishiga qaramay bizgacha yetib kelgan O’zbek xalqi nafaqat 

o’zining boy tarixiga, balki, milliy san’ati va madaniyati xazinasiga misli 

ko’rilmagan darajada boy xalqdir. Ushbu san’at va madaniyat xazinasini sog’lom 

avlodga bekamu ko’st yetkazish barcha san’atkor, jurnalistlarning faxli burchidir. 

Yurtimiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab yurtboshimiz tomonidan 

milliy qadiryatlarimizga, tariximizga, madaniyatimizga, san’at va adabiyotimizga 

e’tibor kuchaydi. Buning yaqqol dalili, uzoq asrlardan xalqimizga meros bo’lib 

kelgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi shunga o’xshagan bir qancha 

arxitektura yodgorliklari qaytadan ta’mirlandi. Jumladan musiqa san’atida 

an’anaviy qo’shiqchilik borasida "Sharq taronalari", "Asrlar sadosi", 

"Maqomchilar" va bir qancha millatimiz dovrug’ini dunyoga tanitadigan folklor 

xalqaro festivallar tashkil qilindi. Endi Xorazm an’anaviy va folklor qo’shiqlari 

to’g’risida to’xtalib o’tsak. Necha asrlar mobaynida Xorazm xalqi ijod etgan sho’x, 



44 

 

murakkab, sodda, o’ziga xos raqsbob va turmush tar’zini aks ettiruvchi hazil 



qo’shiqlari behad ko’p. Qo’shiqlari orqali xalq borliqqa o’z munosabatini bildirib 

uzoqdagi turli voqea va hodisalarga o’z tushunchasiga yarasha baho beradi. Xorazm 

folklorining janri turli-tuman tematikasi boydir. Unda necha yuz yillar mobaynida 

"asrlar"osha xalqimizga yetib kelgan "Go’ro’g’li" "Sayotxon va Hamro", "G’arib va 

Shoxsanam", "Toxir va Zuxra" shunga o’xshash bir qancha dostonlari 

O’zbekistonimizning boshqa viloyatlarida uchramaydi. Ma’lumki, ishq - muxabbat

sevgi tushunchasi insoniyat bilan azaliy xamrox bo’lgan bo’lib, u haqida turli 

xalqlar o’z turmush darajasi, madaniy saviyasi doirasida, katta va kichik xajmda 

badiiy asarlar yaratganlar. Bu qo’shiqlar esa turli xalq bayramlari, sayllari, 

to’y-tomoshalarida xalq tomonidan yoki professional san’atkorlar tomonidan ijro 

etib kelingan. 

Gap shundaki folklor janarlarining ayrim turlari urf odat va marosimlar bilan 

bog’lik bo’lsa, ba’zilari kuylash uchun mo’ljallangan bo’ladi. Mana shu holatlarni 

hisobga olib O’zbek folklor janrlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. 

O’zbek folklor asarlari avvalo ikki katta guruhga bo’linadi:  

1. Urf-odat va mavsum-marosimlar bilan bog’lik asarlar.  

Bunda a) mehnat qo’shiqlari; b) mavsum qo’shiqlari; v) marosim qo’shiqlari 

(beshik to’y, sunnat to’yi, nikoh to’yi v.h.k. ) 

2. guruh qo’shiqlar, epik (dostonlar, termalar). 

Folklor janrlari g’oyaviy-tematik va badiiy xususiyatlari bilangina emas, balki 

ijro usullari jihatidan ham (masalan, yakka ijrochilik, jamoaviy ijrochilik, sozli va 

sozsiz) bir-biridan farq qiladi. Ularning qo’shiq kuylash uchun, ikkinchisi doston, 

boshqasi og’zaki dramma ko’rsatish, namoish qilish uchun mo’ljallangan bo’ladi. 

Mehnat qo’shiqlari kishilar mehnatini yengillashtirgan. Mehnat harakati 

evazita qo’shiqdagi so’zlar sodda, qofiyasi ixcham, aniq bo’lgan. Xorazm folklor 

qo’shiqchiligidagi hazil qo’shiqlar ana shu tamoillarga amal qilgan bo’lib sheva, 

hazil-mutoibasi, jozibasi bilan farq qilib kelgan. Bunga biz ko’plab qo’shiqlarni 



45 

 

misol qilishimiz mumkin. Masalan: "Olma pishganda galing",”Orvachi”, "Oshpaz 



qo’shig’i", "Chipradalli", v.h.k. 

Hazil mutoibaga boy, jozibador raqslar bilan mujassam Xorazm xalq 

qo’shiqlari Xorazm viloyatlarining turli tuman va qishloqlarida hamon ijro etib 

kelinmoqda. Bu noyob xalq ijod namunalarini avloddan-avlodga O’zbek xalqining 

asrlar osha yetib kelishiga Matyusuf Harratov, Madraxim Sheroziy, Xojixon 

Boltaev, Jumaniyoz ota, Matyokub ota Nazarov, Safo Muganniy, Qurbon Ismoilov, 

Nuriddin Qalandarov, Matyoqub Nazarov, xalfalardan Anabibi kori Otajonova 

(Ojiza), Anajon xalfa Sobirova (Anash cho’loq)lar munosib hissa qo’shishgan. 

O’tgan asr so’ngida ijod qilgan folklor namoyondalari Zarip Latipov, Qo’ronboy 

Bobojonov, Rajab ota Paqapaq, Razzoq Hasanov, San’at Zaripov, Nazira Xalfa, 

Bikajon Rahimova, Oybibi Karilyuva va boshqalar. Bu ustozlarning barchasi o’z 

kasbini ustasi ya’ni qo’shiq, raqs va aktyorlik mahorati juda kuchli, hazil 

mutoibaga, improvizatsiyaga boy san’atkor insonlar bo’lishgan. Ular ijro etgan 

qo’shiqlar nafaqat Xorazm viloyati balki o’lkamizning turli shahar va qishloqlarida 

hatto professional yosh estrada guruhlari tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda. 

Xorazm xalq qo’shiqchiligida odatda asarlar usuli temp jihatdan sho’xchan 

bo’lgani uchun raqs harakatlari bilan uzviy bog’liqdir. Unda sahna mezonsenasi va 

sahnalashtirish iprovizatsiya orqali ijro etilgan. Bu qo’shiqlarda aktyorlik mahorati, 

o’zining xatti-harakatlari, raqsi, yuzidagi mimikalari bilan tomoshabinni 

qiziqtirganlar. Shuning uchun ham bu qo’shiqlar xalqchil va ommalashib borgan. 

Bizga ma’lumki Xorazm shevasi boshqa shevalardan juda katta farq qiladi. 

Masalan, Urganch shahri bilan Xiva shahri orasidagi masofa 20-25 km bo’lib mana 

shu oraliqda yashaydigan aholi shevasida ham farqlar uchrab turadi. Hattoki 

qo’shiqlarda va raqslarda ham bir muncha farqni sezish mumkin. 

Xorazm hazil qo’shiqchiligining mavzusi juda keng qamrovdadir. Masalan, 

chol va kampir hazil qo’shiqlari "Boboyjonim", "Chipradalli", "Nima-nima deysiz", 

"Aylanin" va h.k. Odatda bu qo’shiqlar sayllar, to’y va tomoshalar turli bayramlarda 

sevilib ijro etilgan. Ushbu kunda nafaqat Xorazm viloyatida balki boshqa 




46 

 

viloyatlardagi san’atkorlar ijro etib kelishmoqda. Maqsadimizning asl mohiyatiga 



o’tishimizdai avval yuqorida  misol keltirgan qo’shiqlarni tahlil qilsak. Masalan, 

"Boboyjonim" qo’shig’ini Zarip Latipov hamda Bikajon Rahmiovlardir. Bu 

qo’shiqda ular uzoq yillar bir yostiqqa bosh qo’yib nevara-evara ko’rishgan 

bo’lishsa-da, lekin kech ham ayrilmay qarilik gashtini birgalikda surayotgan 

cholu-kampirlar hazil qo’shiqlaridir. Ular tomonida bu qo’shiq shu qadar mahorat 

bilan ijro etilganki undagi matn, raxs, ijro bilan uyg’unlashib kishini o’ziga rom 

etadi. Bu Xorazm hazil qo’shiqlarini yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha 

folklor jamolarida foydalanish mumkin. Xorazm hazil qo’shiqlarida ovoz, raqsdan 

tashqari musiqaga, usulga albatta shevaga katta e’tibor berish zarur. Sababi, 

Xorazm qo’shiqlari nafaqat kuy balki qo’shiq so’zlari, intonatsiyasi, o’ziga xos 

urg’ularini ichiga olgan yulga egadir. Xorazm hazil qo’shiqlarining nafaqat 

yurtimizda balki, chet mamlakatlarda ham katta qiziqish bilan tinglashadi. Masalan, 

Turkiyada bo’lib o’tgan 1-Egey TV xalqaro festivalida ijro etilgan qo’shig’ida 

Xorazmcha raqsdan tashqari O’zbek milliy urf-odat va an’analarimizning 

ayrimlarini ko’rsatishga harakat qilgan. Bu qo’shiq va undagi raqs nafaqat turk 

balki, boshqa millat vakillarida ham katta qizqish uyg’ota oldi. 

    Xorazm  hazil  qo’shiqlari  bebaho xazinadir. Buni asrab-avaylash, 

avloddan-avlodga bekamu-ko’st yetkazish bizning burchimizdir. Sababi, O’zbek 

folklor qo’shiqlari san’atimizni ko’z-ko’z qilishda Xorazmcha qo’shiqlarni ayniqsa 

Xorazm hazil qo’shiqlarini o’rni katta desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. 




Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling