O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

 

 

O‘zbekiston davlat  san’at va madaniyat instituti, “Xalq ijodiyoti” fakulteti ,  

“Ijtimoiy- madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishi  ”  bitiruvchisi Karimova 

Zuxraning “Inson kapitalini rivojlantirishda  san’at va madaniyatning roli” 

mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga 

T A Q R I Z  

     Ma’lumki, mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuq va marralar 

haqida so‘z yuritilganda, boshqa muhim sohalar qatori ta’lim-tarbiya, sog‘liqni 

saqlash, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirayotgan 

umummilliy dasturlarimiz, ularning ulkan amaliy natijalari birinchi navbatda tilga 

olinadi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bugungi kunda har qaysi xalq, davlat va 

jamiyatning taraqqiyot darajasi avvalambor uning inson kapitaliga, inson rivojiga 

berayotgan e’tibori, shu yo‘ldagi sa’y-harakatlari bilan o‘lchanadi. Jahondagi eng 

nufuzli tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Mingyillik rivojlanish 

maqsadlariga ayni shu masalalarning ustuvor yo‘nalishlar sifatida kiritilgani ham bu 

fikrni tasdiqlaydi. 

     O‘zbekiston o‘z mustaqil taraqqiyotining birinchi kunlaridan boshlab inson, 

uning huquq va manfaatlarini oliy qadriyat sifatida ulug‘lab, bu g‘oyani davlatimiz 

Konstitutsiyasida huquqiy qoida shaklida mustahkamlab qo‘ydi. Shu asosda o‘tgan 

davrda g‘oyat keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, inson manfaatlarini ta’minlash 

barcha o‘zgarish va islohotlarimizning bosh maqsadiga aylandi.  

    Muhtaram  Yurtboshimizning:”biz  xalqni nomi bilan emas, baliki madaniyati, 

ma’naviyati orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”- degan 

fikrlarida jyda katta mantiq ma’no bor. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 

keng qamrovli bunyodkorlik ishlari,shu jumladan, madaniyat va san’at 

yo’nalishlaridagi islahotlar birinchi galda inson kapitalini rivojlantirishga 

qaratilgan. 



 

 

     Karimova  Zuxra    tomonidan  ishlangan BMIning 1-bobida inson kapitalining 



mohiyati va ahamiyati  o‘z ifodasini topgan. 

    BMI ning 2 bobida inson ma’naviyatini rivojlanishida madaniyat va san’atning 

roli ilmiy asoslangan holda yoritilgan.  

    Yuqoridagilarga  asosan  BMI  da  mavzuni yoritishda huquqiy-meyoriy hujjatlar 

hamda mahalliy materiallardan foydalangan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 bob, 

xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan  iborat bo‘lib, talablar darajasida 

bajarilgan. 

    Bitiruvchi  Karimova  Zuxraning  “Inson kapitalini rivojlantirishda san’at va 

madaniyatning roli” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishida kamchiliklar 

uchramaydi. 

    Bitiruv  malakaviy  ish  oliy  ta’lim  muassasasalarida bitiruv malakaviy ishini 

tayyorlash tartibi haqidagi NIZOM talablariga mos keladi. Mazkur bitiruv 

malakaviy ishini nihoyasiga yetgan deb hisoblab himoyaga tavsiya etaman.  

 



   ______________________ 

    


  _______________________                                                            _______________ 

 

 



 

 

 



Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling