O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
KUChLI IJTIMOIY HIMOYA – INSON KAPITALINI
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
1.3 KUChLI IJTIMOIY HIMOYA – INSON KAPITALINI
RIVOJLANTIRISH OMILI
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) inson taraqqiyoti indeksini aniqlash bo’yicha maxsus rivojlanish dasturi qabul qilingan. Ushbu dasturning dunyo mamlakatlari tomonidan ijro etilishi ustidan monitoring olib borish ham yo’lga qo’yilgan. 1990 yildan e’tiboran monitoring natijalari har yili chop etilib a’zo mamlakatlarga tarqatilmoqda. Inson taraqqiyoti indeksini aniqlashning birqancha mezonlari bor. To’plangan ma’lumotlarni tahlil qilish va uni jahon mamlakatlariga yetkazib berishga taniqli ekspertlar, milliy institutlar va ilmiy markazlarning yetakchi olim va mutaxassislari jalb etilgan. Ekspertlar qilgan tahlilar, ilmiy ishlanma va tavsiyalar nufuziga gumon qilish, ulartni sub’ektiv baholar, deb atash mushkul, chunki ma’lumotlar xolis ekspertlar tomonidan tayyorlangan bo’lib, unda insoniyatning, aniq insonlarning baxtli yashashlaridan manfaatdorlik ustuvordir. 1990 yili BMT tomonidan ana shunday ma’ruzaning birinchisi chop etilgan edi. Unda dunyo mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xolisona baho berilgandi. Ma’ruzada birinchi marotaba inson taraqqiyoti tushunchasiga ta’rif berib o’tilgan: «Inson taraqqiyoti uning tanlash jarayonining naqadar ken- gayishi bilan belgilanadi. Tanlovning eng muhim ko’rinishi bu - uzoq va sog’lom yashash, ta’lim olish va kishilarning munosib hayot kechirshidan iborat. Unga yana qo’shimcha belgi - siyosiy erkinlik, o’zini hurmat qilish imkoniyati va inson huquqlarining kafolatlapgani" 3 . 3
http://hdr.undp.org/
22
Ushbu ta’rif inson hayotining sifat ko’rsatkichini oshirish, uning barcha so- halar bo’yicha imkoniyatlarini kengaytirib borishga qaratilgan. Inson taraqqiyoti konsepsiyasi o’zining avvalgi yalpi ichki maxsulot ishlab chikarish negiziga tayangan "mumtoz" iqtisodiy rivojlanish nazariyasidan yuz o’girib, globallashgan davr talablariga moslasha boshladi. Kishiga iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb qarash va iqtisodiy o’sishni ijtimoiy taraqqiyotning bosh maqsadi deb e’lon qilgan davrlar ortda qoldi. Hozir inson taraqqiyoti asosan quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga olayotgani ko’zga tashlanmoqda: 1.
Farovonlik yo’nalishi: inson shaxsi farovonligi, gullab-yashnashi uning erki va ozodligi mudom kengayib, rivojlanib borishi jarayonlari. 2. Shaxs huquq va imkoniyatlari qamrovining kengayishi: shaxs va guruhning o’z ijtimoiy manfaatlariga mos natijalarga erisha borishi. 3.
Jamiyatda adolat tamoyilining mavjudligi: ijtimoiy adolatning ustuvorligi, muayyan vaqt mobaynidagi natijalar barqarorligi hamda jamiyatda inson huquqlarining qatiy hurmatlanishi. O’zbekiston respublikasi mustaqilligi xalq farovonligi kafolatlangan va kuchli ijtimoiy himoyani shior qilib olgan faktor sifatida dunyoga keldi. Prezident Islom Karimovning mamlakatda islohotlarni amalga oshirish tamoyillaridan biri bo’lgan kuchli ijtimoiy himoya mustaqillik nemati sifatida paydo bo’ldi va hali hamon rivojlantirib borilmoqda. Milliy g’oyaning tamoyillaridan biri ham aynan "xalq farovonligi", degan chuqur ma’noli so’zlardan iborat. "Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari" shiori yuqorida ta’kidlangan inson taraqqiyoti rivojining birinchi tamoyiliga to’la mos keladi. Inson taraqqiyotining ikkinchi tamoyiliga mos va jamiyatimiz taraqqiyotiga xos tarzda shaxs huquq va imkoniyatlarining kengayishi Mustaqqillik yillarida to’xtovsiz, davomli jarayonga aylandi, u endi fuqarolarning tub manfaatlariga tobora muvofiqlashib borayotir. Mustaqqillik qaror topgandan keyin o’tgan davr mobaynida Parlamentimiz tomonidan jami yetti yuzga yaqin qonunlar qabul qilindi, Keyingi yillardagi qonunchilik ijodkorligi yo’nalishi inson va shaxs huquqlarini
23
kengaytirish, uning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini yanada to’liqroq hisobga olish shiori bilan o’tmoqda. Ular shaxs huquq va imkoniyatlarini jahon andozalariga yetkazishga va uni kafolatlashga qaratilgani bilan ajralib turibdi. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida" (yangi tahrirda) qabul qilingan O’zbekiston respublikasi qonuni bunga yorqin misol bo’la oladi 4 . Qonunda mahalla, oila kabi ijtimoiy institutlarning vakolatlari yanada kengaytirilgan, ular jamiyatning negizi, inson taraqqiyotini yuksaltirish poydevori sifatida qayd etilgan. Shunga binoan hokimiyat organlarining o’ttizdan ortiq vakolatlari o’zini o’zi boshqarish organlariga o’tkazilgan. Mahalla instituti endi haqiqatdan ham inson taraqqiyotining barcha masalalari bilan bevosita shug’ullanadigan va jamiyatning boshlang’ich tizimida qonun ustuvorligi tamoyilini bevosita ijro etadigan ommaviy organga aylandi. Jamiyatda adolat tamoyillarining namoyon bo’lishi borasida mamlakatimizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ishlarni sanab o’tishning imkoni yuq. Faqat shuni ta’kidlash kerakki, Yurtboshimiz tomonidan taklif etilgan va o’zining naqadar hayotchan va teran ilmiy asosga ega ekanligini ko’p bora isbotlagan, hozirgi paytda jahonda rivojlanishning "O’zbek modeli" deb nom olgan besh tamoyil O’zbekiston uchun universal ahamiyatga ega bo’ldi. Bu borada o’tkazilgan xalqaro anjumanlarda ushbu taraqqiyot tamoyillariga shunday baho berilmoqda. Shu "O’zbek modeli" tamoyillaridan biri "Qonunning ustuvorligi" deb ataladi va u yuqorida ta’kidlaganimizdek, inson taraqqiyotining ikkinchi bandi bilan bir-birini taqozo etgan holda namoyon bo’lib kelmoqda. Shaxs huquq va imkoniyatlarining amalda zohir bo’lishi aynan qonun ustuvorligi tamoyili asosida hayotga tadbiq etilmoqda. Shuni ta’kidlar ekanmiz, “O’zbek modeli”ning O’zbekiston uchun hayot-mamot masalasi bo’lganligini va hamon shunday bo’lib kelayotganini yana bir bor qayd etish kerak. Yurtboshimizning xalqaro anjumanlardan birida yaqinda so’zlagan nutqida ana shu masalaga yana bir bor
4
(yangi tahriri)” 24
urg’u berganlari diqqatga sazovor. "Bugungi kunda O’zbekistonning biz tanlab olgan ijtimoiy yo’naltirilgan demokratik davlat barpo etish yo’lidan jadal ilgarilab borayotgani, puxta o’ylangan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning ustuvor yo’nalishlari, tub o’zgarishlarni tadrijiy, bosqichma-bosqich joriy etish strategiyasi tanlangani va izchil amalga oshirilayotgani shunday mustahkam va ishonchli asos bo’lib xizmat qilmoqdaki, uning negizida milliy iqtisodiyotimiz barqaror va jadal rivojlanmoqda, aholi daromadlari va hayot darajasi muttasil oshib bormoqda, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obru-e’tibori yuksalmoqda, deb to’la ishonch bilan aytishimiz mumkin". 15
barcha yo’nalishlari bo’yicha tarixiy rivojlanish va taraqqiyot suratlari zohir bo’ldi. Bular inson taraqqiyotining faqat iqtisodiy tomonlarinigina emas, balki uning ma’naviy imkoniyatlarini ham rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bunday mutanosiblik jahon amaliyotida kam qo’llanilgan, buni alohida ta’kidlash joiz, qolaversa, bunday amaliyot bir yoki ikki martalik emas, balki barqaror sur’atda tadrijiy tarzda davom etayotgani, yangi, yuksak bosqichlarga chiqayotgani bilan ham diqqatga sazovordir. Masalan, shulardan eng muhimlari sifatida aholini ish bilan ta’minlashni, ichki investitsiya tizimini faqat O’zbekistonga hos tarzda takomillashtirishni, shaxs ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni va hokazolarni ko’rsatish mumkin. Keyingi bir necha yillardan buyon har yili qariyb bir million kishi, uning asosiy qismi yoshlar, ish bilan ta’minlanayotgani, investitsiya makonida ishlab chiqarishga jami yo’naltirilayotgan mablag’larning deyarli 80 foizini ichki rezervlardan, aniqrog’i, aholining omonatlari va mamlakatdagi davlat mulkini
5
“XXI asr” //2013 yil 18 aprel. (O’zbekiston respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Zamonaviy uy – joy qurilishi – qishloq joylarni kompleks rivojlantirish va qiyofasini o’zgartirish hamda aholi hayoti sifatini yahshilash omili” mavzusidagi xalqaro konferensiya ochilishidagi nutqi. 2013 yil 17 aprel).
25
xususiylashtirishdan hosil bo’lgan mablag’lar tashkil etayotgani kabi qator ob’ektiv faktorlar inson omilini faollashtirishga, uning ertangi kunga ishonch bilan qarashiga hamda jamiyatda faol pozitsiyani egallashiga sabab bo’lmoqda. Ijtimoiy taraqqiyotning shunday favqulodda, kamyob tajribalari Yurtboshimizning nutq va ma’ruzalarida, asarlarida o’zining ilmiy ta’rifini topib kelajak uchun dasturil amalga aylanmoqda. Prezident mamlakatda borayotgan islohotlarga baho berib, uning inson taraqqiyotidagi tutgan o’rniga quyidagicha baho berdilar:
"So’nggi 6 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining yillik o’sish suratlari 8 foizdan ziyodni tashkil etmoqda. Davlat byudjetining ijtimoiy yo’naltirilgani uning o’ziga xos xususiyati bo’lib qolmoqda. Davlat sarf-xarajatlarining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohalarni moliyalashga, jumladan, 34 foizi ta’lim, 15 foizdan ortig’i sog’lqni saqlash sohasiga yo’naltirilmoqda". 6
Sog’lomlik va uzoq umr ko’rish, bilim olish imkoniyatlarining mavjudligi va munosib hayot kechirish darajasi uning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Umrning uzayishi, ta’lim olishning jahon andozalariga mos kelishi, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning va milliy daromad barpo etishning jahon amaliyotiga xosligi ham inson taraqqiyoti indeksini belgilaydi. Masalan, O’zbekistonda o’rtacha umr ko’rishning tinimsiz o’sib brayotganini va hozir ayollar 75 va erkaklar o’rtacha 73 yil yashayoganini Prezident o’z ma’ruzalarida alohida faxr bilan qayd etib o’tdilar. Jahonning 47 ta mamlakatida inson taraqqiyoti indeksi eng yuqori hisoblanadi. Ana shularning dastlabki to’rttasi - Norvegiya. Avstraliya, Niderlandiya va AQSh davlatlari. Ushbu mamlakatlarda inson taraqqiyoti indeksi BMT ma’lumotlariga ko’ra, 0,910-0,943 ko’rsatkich darajasidadir. O’zbekiston Mustaqqillikkacha inson taraqqiyoti indeksi ro’yxatiga umuman kiritilmaganini ta’kidlagan holda, hozirgi paytda respublikamiz 0,641 darajadagi natija bilan o’rtacha darajani egallab turganini qayd etish mumkin 2 . BMT ekspertlarining ma’lumotlarnga qaraganda, 6
O’sha hutqdan http://hdr.undp.orf/ 26
keyingi besh yil ichida ushbu ko’rsatkich bo’yicha mudom yuqoriga siljiyotgan bir nechta mamlakatlar ichida O’zbekiston yetakchi o’rinlardadir. Jahonda iqtisodiy bo’hron davom etayotganiga qaramay respublikamizning bu boradagi yuqoriga siljish sur’ati to’xtamayotgani hammamizga g’urur bag’ishlaydi. Yurtimizdagi tinchlik, osoyishtalik va ijtimoiy barqarorlik inson taraqqiyotini rivojlantirishning asosi hamda kafolati bo’layotgani hech kimga sir emas. Ijtimoiy institutlarning vakolatlari kengayishi, nodavlat va notijorat tashkilotlari tizimining o’sishi, keng aholi qatlamlarining, shu jumladan, yoshlarning davlat boshqaruvida ishtirokining tobora chuqurlashib borayotgani, tender tengligi tamoyillarining ustuvor ahamiyat kasb etayotgani va hokazolar inson taraqqiyotining hayotimizda muhim rol o’ynayotganini ko’rsatadigan faktorlardir. O’zbekistonda yoshlarning, turli millat vakillarining o’z milliy madaniyati va adabiyotini, an’analarini rivojlantirish uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, bu borada mamlakat miqyosida barqaror tusga kirib ulgurgan ko’rik-tanlovlar, ommaviy bayramlarnint hamkorlikda tashkil etilishi hamda "Sharq taronalari", xalqaro turli sport musobaqalarining an’anaga aylanib qolgani inson taraqqiyotining o’ziga xos jilolaridir. Bunday voqealar faqat mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy qudratini emas, balki mamlakat xalqining, aholisining, har bir kishining turmushi va maqomining muayyan mazmun kasb etib borayotganini ko’rsatishning, namoyish etishning o’ziga xos imkoniyatidir. Birlashgan millatlar tashkilotida esa rivojlanish dasturi bo’yicha komissiyasi ekspertlarining 2010 yildagi ma’ruzasida "inson taraqqiyoti" tushunchasiga bir qator juz’iy qo’shimchalar kiritildi. Loyiha mualliflarining fikricha, inson tanlovining kengayib, o’sib borishi ustuvor jarayondir, shu bilan birga, bu hali inson taraqqiyoti bo’yicha mutloq xulosa chiqarish uchun yetarli emas. U muayyan vaqt mobaynida o’zining ijobiy natijalarini saqlagan holda odamlarga zulm o’tkazish va adolatsizliklarga qarshi kurash jarayonlarini qayd etib boradi, lekin barcha savollarni qamrab ololmaydi. Yuqorida takidlanganidek, inson taraqqiyotida ijtimoiy adolat, inson huquqlariga rioya qilish va uning hurmatini joyiga qo’yish 27
muhim mezonlardan hisoblanadi. Ekspertlar ana shularni hisobga olgan holda yangi, amaliyot va inson taraqqiyoti muammolari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga muvofiq keladigan aniqroq xususiyatlarni hisobga olishni taklif etmoqdalar. Endi inson taraqqiyoti indeksini aniqlashda muvofiqlashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlikni, tender tengsizligi indeksini va kambag’allik indeksini ham hisobga olish talab etiladi. Komissiya va ekspertlar yana qanday tamoyillar asosida inson taraqqiyotini aniqlashga kirishmasinlar, bundan qatiy nazar, mustaqil O’zbekistonda ijtimoiy himoya - siyosatning va ijtimoiy taraqqiyotning markazida bo’lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo’lib qolishiga shubha yo’q.
barpo qilishda davlat tomonidan kuchli ijtimoiy himoya siyosati olib borilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyoti yo’lining yetakchi tamoyillaridan biri hisoblanadi. Respublikada ijtimoiy himoyaning huquqiy muhuti yaratildi, unda qonuniy asos solindi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida "Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas" 7 deyilgan. Hozirgi kun- da yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar shunchaki islohot uchun emas, aynan inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qiladi. Aholining eng kam himoyalangan va muhtoj tabaqalarini o’z vaqtida qo’llab-quvvatlash xalq farovonligi, insonparvarligi yo’lida amalga oshirilayotgan islohotlar muvaffaqiyati garovidir. Bu to’g’rida Islom Karimov shunday yozadi: "Islohotlarimizning muhim tamoyillaridan biri - aholining kam ta’minlangan tabaqasi, ya’ni qariyalar,
7 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 2010. – B.9
28
nogironlar, bolalarni muhofaza qilish, ularni puxta himoyalahdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ish bilan ta’minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas burchidir 8 .
Ijtimoiy ta’minot - keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo’lgan va boquvchisini yo’qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha davlat tomonidan berilgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog’idir. Ijtimoiy ta’minot to’g’ridan-to’g’ri davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar, homiylar (turli jamg’arma va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar) mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy taminot miqdori va taqdim etish tartibi milliy urf-odatlar va xalqaro me’yorlarga asosan ishlab chiqilgan qonunchilik hamda davlatning iqtisodiy imkoniyati doirasida amalga oshiriladi. Pensiyalar (keksalik, nogironlik, boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha va ijtimoiy nafaqalar (nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogiron va keksalarga) to’lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari hisoblanadi. Qariyalar va nogironlarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish - nogironlarni "Muruvvat" uylariga, yolg’iz qariyalarni "Saxovat" uylariga joylashtirish, muhtojlarni protez-ortopediya va harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, nogiron bolalarni kasbga o’qitish va ishga joylashishda yordam ko’rsatish, pensionerlarni sanatoriy va dam olish uylarida sog’lomlashtirish, ularga shahar jamoa transportlaridan foydalanishida, turar joy, maishiy xizmat va soliqlarga aloqador imtiyozlar berish ijtimoiy ta’minotda katta rol o’ynaydi. Bozor munosabatlariga o’tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va ayniqsa, uning nochor guruhlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda, mahalla markaziy o’rinda turadi. Ijtimoiy yordamni taqsimlash bo’yicha tajriba O’zbekistonda o’ziga xosdir.
8
farovon hayotimiz garovidir.-T.: O’zbekiston, 2007. – B.45.
29
Jumladan, 1999 yildan boshlab kam ta’minlangan fuqarolar va 2 yoshgacha bolalari bo’lgan ishlamayotgan ayollarga ijtimoiy yordam pullarini taqsimlash va tarqatish bo’yicha vazifalar fuqarolarning o’z-o’zini boshqaruv organlariga (mahallalarga) yuklatilgan. Mahalla o’z hududlaridagi aholi turmush darajasi va ehtiyojlarini yaxshi bilishini hisobga olsak, bunday yondoshuv davlat resurslarining cheklangan holatida juda samarali bo’ldi. Davlat hokimiyati va fuqarolarning o’z-o’zini boshqaruv organlarining hamkorlari sifatida sog’liqni saqlash, ta’lim, jismoniy va ma’naviy tarbiya, inson huquqlarini himoya qilish, aholininig ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga yordam berish, turar joylarni obodonlashtirish va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari ishtirok etayapti. 9
Bugungi kunda O’zbekistonda 5 mingdan ortiq nodavlat tashkilotlari tuzilgan, shu jumladan, 130 dan ortiq milliy-madaniy markazlar, turli sohalarda faoliyat ko’rsatayotgan 70 dan ziyod jamg’armalar ishlab turibdi. Aksar nodavlat tashkilotlar sog’liqni saqlash, ta’lim, jismoniy va ma’naviy tarbiya, inson huquqlarini muhofaza qilish, aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlariga ko’maklashish, turar joy hududini obodonlashtirish, uy-joy infratuzilmasini birgalikda boshqarish kabi ishlar bilan shug’ullanadi. Ayollar nodavlat notijorat tashkilotlari bu yo’nalishlarga alohida hissa qo’shayaptilar. Hozirgi paytda "Toshkent yetakchi ayollar" markazi, "Veteran ayollar" assotsiatsiyasi, "Ayollar" resurs markazi, Samarkanddagi "SABR" ishonch markazi, "Mehri" ayollar jamiyati kabi NNTlarning 50 foizidan ortig’i ayollar huquqlari va manfaatlari yo’lida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. Ular faoliyatining ustivor yo’nalishlari: ayollarni qayta o’qitish va ishga joylashtirish, maslahat xizmati va tadbirkor ayollar huquqlarini ximoya qilish, ta’lim va ma’rifiy dasturlarni rivojlantirish; ayollar salomatligi va bolalarni himoya qilish, tender muammolari, kam ta’minlanganlarga, muhtojlarga yordam berish kabilardir. Bulardan tashqari, O’zbekistonda norasmiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud: ularga qarindoshlarning o’zaro yordami,
9 Инсон - ҳаёт гултожи. Методик-библографик қўлланма. -Т.:Алишер Новоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси наширёоти, 2007.Б.-15 .
30
milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta’minlangan ko’p bolali oilalarga beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. Davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga, yetim-yesirlarga, boquvchisini yo’qotganlarga ijtimoiy yordam berilib, g’amxo’rlik qilinmoqda. Har yili "Navro’z", "Xotira va qadrlash" kunida, "Mustaqqillik" bayramlarida, "Hayit" ayyomlarida "Muruvvat", "Saxovat", "Mehribonlik" uylari va maktab-internatlarga sovg’a-salomlar ulashiladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning ilk yillaridanok "O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi Qonun (1991 yil) qabul qilinib, muhtoj odamlarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-qo’vvatlashning milliy modelini shakllantirishga asos solindi. Har yili 3 dekabr Xalqaro miqyosda nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni sifatida yurtimizda ham keng nishonlanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 11 noyabrdagi "O’zbekiston Respublikasining nogironlarni reabilitatsiya qilish bo’yicha 1996- 2000 yillarga mo’ljallangan Davlat dasturi" to’g’risidagi 433-sonli harorining "Nogironlarni o’qitish va hayotga yo’naltirish" bo’limida "Nogiron bolalarni kasbga yo’naltirish, uyda o’qitish bo’yicha dastur ishlab chiqish va joriy qilish" degan jumla alohida band qilib kiritilgan. "Ta’lim to’g’risida" gi Qonunning 22-24-moddalarida yetim bolalarni va ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni; jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalar va o’smirlarni o’qitish: ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun o’quv-tarbiya borasida ta’lim hamda vasiylik organlarining burchi va vazifalari belgilab berilgan. Bugungi kunda mamlakatimizda jismoniy va aqliy jihatdan nuqsoni bor bolalar o’kiydigan maxsus ta’lim muassasalarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra hozirda 120 taga yaqin maxsus ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, ularning 87 tasi turli nogironliklarga chalingan bolalarga mo’ljallangan. Davlat tomonidan 36 mingdan ortiq ko’rish qobiliyatini yo’qotgan insonlar har tomonlama ijtimoiy himoya va yordam bilan 31
ta’minlanmoqda. Ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, mehr-muruvat, mehr-shafqat, hayr-ehson, ijtimoiy yordam va himoya, ijtimoiy ta’minotlarning tub mazmun va mohiyatining negizida insonparvarlik, inson manfaatlari g’oyasi yotadi. 2007 yilni "Ijtimoiy himoya yili" deb belgilanishida ham chuqur insonparvarlik, inson manfaatlari ma’nosi yotadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: "Eng avvalo, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish jarayonida el-yurtimiz hayotiga keskin salbiy ta’sir ko’rsatadigan og’ir oqibatlarni imkon qadar kamaytirish, ijtimoiy muhofazaga birinchi galda muhtoj bo’lgan aholi toifalari - ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar, yetim-esir va nogironlar, talaba va pensionerlarning manfaatlarini har tomonlama himoya etish bo’yicha qilgan ishlarimizni ta’kidlash joiz" 10 . Har bir fuharoda ajdodlarimizdan meros bo’lib kelayotgan mehr-muruvat, mehr-shafqat, saxiylik-saxovatpeshalik, yolgiz kariyalarga moddiy yordam berish, hamda ijtimoiy himoya, fidoyilik, inson manfaatlari tamoyillarining namoyon etilishi hayot mazmuniga, ta’bir joiz bo’lsa, doimiy odat tusiga aylanishiga erishmog’imiz lozim.
Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling