O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


YANGI DAVR SAN’ATI: AN’ANAVIYLIK VA


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

2.3.YANGI DAVR SAN’ATI: AN’ANAVIYLIK VA 

TRANSFORMATSION JARAYONLARDA SAN’AT VA MADANIYAT-

NING DOLZARB MASALALARI 

"Yigirmanchi asrga kelib o’zbek teatr san’ati yangitdan - yurtimiz va jahon 

miqyosida shakllangan, davrlar sinovidan o’tib kelayotgan an’ana va tajribalar 

asosida vujudga kelgani va kamol topganini e’tirof etish zarur. Xususan, 

poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilayotgan dunyo sahna san’atining 



47 

 

mumtoz namunalari o’z vaqtida nafaqat yurtimiz, balki chet el tomoshabinlarini 



ham xayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi"

14

. Prezident Islom Karimovning 



ushbu fikrlarini to’laqonli asosli bilib, O’zbek milliy teatr san’ati bugun o’z 

taraqqiyotining yangi bosqichiga ko’tarilayotgan davrini boshidan kechirmoqda, 

desak yanglishmaymiz. Chunki, bu taraqqiyot bosqichi 1991 yildan - O’zbekiston 

Respublikasi davlat mustaqilligiga erishilgan kundan boshlab yuz bera boshladi. 

Mustaqqillik har bir soha, har bir jabhada yangitdan istiqlol g’oyalari bilan 

sug’orilgan islohatlarini amalga oshira boshladi. 

Bu islohotlar ichida inson kamoloti va uning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi 

alohida o’rin tutadi. San’at insonlarni go’zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi 

vositadir. San’at shunday bir ijtimoiylikki har davrda ham uning bosh maqsadi 

inson tarbiyasidir. "Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qo’yib, o’zining 

buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yo’ldagi barcha xarakatlarimiz iymon-e’tiqod 

to’yg’usi bilan yo’g’rilib, kuchayib borayotgan bir paytda, o’z tarixiy ildizlarimizni, 

shu jumladan, sanatimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish 

haqida gapirishimiz har jihatdan o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman"

15

, deb ta’kidlaydi 



Prezidentimiz I.A.Karimov. Shu sababdan ham hozirgi kunda san’at va madani-

yatga katta e’tibor berilmoqda. 

Teatr san’atining qudrati shundaki, u dramaturg, aktyor, rejissyor, rassom, 

sozanda, raqqos va boshqa ko’plab sahna arboblarining ijodiy mehnatini bir butun 

qilib birlashtiruvchi jamoaviy ijodkordir. Ammo mana shu ko’p sonli ijodkorlar 

orasida bir zot borki, u sahna san’atining, sahna madaniyatining tabiatini, 

mohiyatini belgilaydi. U ham bo’lsa aktyordir. "Sahnaning yagona shohi va sultoni 

bu iste’dodli artistdir", - degan edi K.S.Stanislavskiy. 

Teatr nazariyachilarining ta’kidlashicha aktyorlik san’atida dastlab 

masxaralar, qiziqchilar, qo’g’irchoqbozlar, qissaxonlar yetakchilik qilishgan. Ular 

o’zida ham ijodkorlik, ham ijrochilik, ham ijodiy rahbarlik, ham sahnaviy 

                                            

14

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. –B.144.  



15

Karimov I.A. “Milliy teatrimiz iftixorimiz”. Toshkent shahrida Akademik Drama teatri yangi binosining ochilish 

marosimida so’zlagan nutqi. 2001 yil 30 avgust. 



48 

 

madaniyat fazilatlarini jamuljam eta olgan ajoyib iste’dod egalari bo’lishgan. 



Aktyorlik maktablari vujudga kelgan. Qo’qondagi Zokir qiziq, Buxorodagi To’la 

mashara maktablari shu jumladandir. Ammo o’zbek an’anaviy teatri asosan xajv va 

hazil, ya’ni komik yo’nalishda rivojlangan. Xalq aktyorlarining san’ati ham shunga 

bog’lik; holda bir tomonlama namoyon bo’lgan. 

Hamza, Mannon Uyg’ur, Muhiddin Qori Yoqubovning izchil ijodiy mehnati 

va riyozati tufayli O’zbek teatrining bag’rida iste’dodli san’atkorlarning ajoyib bir 

avlodi voyaga keldi. Mana shu avlodning peshqadami, mashhur aktyor Abror 

Hidoyatov edi. U o’zbek xalqining eng yaxshi fazilatlarini, xalq san’atining eng 

yaxshi xususiyatlarini o’ziga tarkibiy singdirgan, o’z ustida tinimsiz ish olib borgan, 

o’qish va o’rganishdan tolmagan, xalqchillik uchun kurashgan, istagan obrazda 

mukammallikka erisha oladigan bu san’atkor edi. Ushbu xislatlar birgina Abror 

Hidoyatovda emas, uning safdoshlari bo’lmish Sayfiqori Olimov, Rahim 

Pirmuhammedov, Abdulhaq Sultonov, Obid Jalilov, Mirshohid Miroqilov, 

Abduvahob Azimov, shuningdek Moskva drama studiyasida (1924-1927) Abror 

Hidoyatov bilan birga tahsil ko’rgan Muzaffar Muhamedov, yetim Bobojonov, 

Sa’dixon Tabibo’llaev, Sharif Qayumov, Hikmat Latipov, Lutfulla Nazrullaev, 

Fatxulla Umarov, Xoji Siddik Islomov va boshqalarda ham muayyan darajada qaror 

toptan edi. 

1930 yilda esa Moskva studiyasini tugatib kelgan Jo’ra Qo’ldoshev, Bahodir 

Jamolov, Anvara Olimova, Po’latoy Rahmonova, Mamadali Haydarov, A’zam 

Hasanov, Hamidulla Narimonov, Afandixon Ismoilov kabilar O’zbekiston 

teatrlariga tarqalib, sahna san’atini professional izga solishga tushib ketdilar. 

Havaskorlikdan Mukarrama Turg’unboeva, Shukur Burxonov, Olim Xo’jaev, Nabi 

Rahimov, Abbos Bakirov, Amin Turdiev, Zaynab Sadrieva, Gavhar Rahimova, 

Qudrat Xo’jaev, Maryam Yoqubova, Qamara Burnasheva, Asror Juraev, Xadicha 

Aminova, Zaynab Samieva, Roziya Karimova, Muhsin Hamidov kabi o’nlab 

iste’dodlar teatr dargohiga dadil kirib keldilar. 



49 

 

O’ttizinchi yillarning ikkinchi yarmida o’zbek teatri san’atida "Hamlet", "Boy 



ila xizmatchi", "Otello", 'Gulsara", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kabi 

yirik, shoxona spektakllar yaratildi. Klassik dramaturgiya ham ko’z-ko’z qiladigan 

darajada zabt etildi. O’zbek teatrining yutuqlari xalqaro maydonda tan olindi, chet 

ellik mehmonlar tomonidan ham qayd etildi. Sobiq Hamza nomidagi teatrning 

(hozirgi O’zbek Milliy Akademik teatri) "Hamlet" spektakli "Shekspir ruhidagi 

ajoyib dramaturgi, undagi fojiani qalbdan his etib turasan kishi, - deb yozgan edi 

Yulius Fuchik, - tilni bilmaysanu, biroq Shekspirning har bir so’zini eshitib, 

tushunib turasan. Aktyor xatti-harakati, yurish-turishi, yuz ifodasi, qo’l harakatlari 

bilan ham gapiradiki, bu katta, zo’r sahna san’atidir. Bu qadar yaxshi qo’yilgan 

"Hamlet" yevropaning eng yaxshi teatrlari postanovkalari bilan raqobat qila oladi, 

xolbuki O’zbek teatri barpo etilganiga boryo’g’i o’n besh yil bo’ldi"

16

. Buyuk 



Britaniya parlament delegatsiyasi nomidan X.Jonson teatrning taassurotlar daftariga 

shunday deb yozgan edi: "Biz vatandoshimiz Shekspir tragediyasining bunday 

yaxshi kuyilganini hech qachon, hech qaerda, hatto Londonda ham ko’rmagan edik. 

Biz, ayniqsa, Otello bilan Dezdemona rolini o’ynagan artistlar mahoratiga qoyil 

qoldik"

17



1945 yilda O’zbek san’atida ulkan voqea yuzaga keldi. Drama, musiqali drama 

va qo’g’irchoq teatrlari uchun aktyorlar, rejissyorlar, hamda kino sohasi uchun 

aktyor va rejissyorlar, operatorlar, kinoshunoslar, teatrshunoslar, san’atshunoslar va 

dramaturglar kabi yuqori malakali sanat mutaxassislarini tayyorlovchi oliy o’quv 

yurti O’rta Osiyo Davlat teatr san’ati instituti tashkil etildi. Endi tom ma’noda 

haqqoniy aktyorlar va rejissyorlar, dramaturglar o’zbek teatr san’ati sohasida 

faoliyat yurita boshladi. Bir so’z bilan aytganda qo’lida diplomi bor, oliy 

ma’lumotli, ustoz ko’rgan bu sanat fidoyilari, nafaqat Toshkent shahrida balki, 

respublikaning barcha hududlarida teatrlarning ibratxona ekanligini, ma’naviyat va 

ma’rifat maskani ekanligini o’z ijodiy faoliyatida yurita boshladi. 1948 yili institut 

                                            

16

  “Звезда Востока’’ jurnali.1955 y., 7- son. 



17

Qodirov M. Sahnamiz lochinlari. – Toshkent G’.G’ulom,1986. -B.10.

 



50 

 

A.N.Ostrovskiy nomi bilan yuritila boshladi. 1991 yil istiqlol sharofati bilan 



institutga atoqli o’zbek aktyori va rejissyori Mannon Uyg’ur nomi berildi va shu 

yildan boshlab xukumatimiz milliy qadiryatlarni tiklash, badiiy an’analarni taraqqiy 

ettirish, ayniqsa, teatr san’atini rivojlantirishga alohida  e’tibor berib, doimiy 

raxnamolik qilib kelmoqda. Prezidentimizning 1995 yil 20 oktyabrdagi 

"O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 

to’g’risida"gi Farmoni, 1998 yil 26 martdagi "O’zbekiston teatr san’atini rivoj-

lantirish to’g’risida"gi Farmoni, 1998 yil 22 mayda "O’zbekteatr ijodiy ishlab 

chiqarish birlashmasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida"gi Farmoni, 2001 yil 21 

sentyabrda "Hamza nomidagi O’zbek davlat Akademik drama teatriga "Milliy 

teatr" maqomini berish to’g’risida"gi Farmoni, shuningdek, 2010 yilda Buxoro 

shahrida qad ko’targan "Boqiy va navqiron Buxoro" monumenti, hamda Buxoro 

davlat teatri yangi binosining ishga tushirilishi mamlakatimizda ma’naviy 

taraqqiyotga davlat miqyosida e’tibor qaratilayotganligining yorqin isboti hamda 

olib borilayotgan islohatlarning ijobiy natijasidir. Ushbu islohatlarni ijobiy hal 

etishning yana bir natijasi sifatida 2012 yil 4 iyunda muxtaram Prezidentimiz 

I.A.Karimov xalqimiz, millatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shuvchi 

"O’zbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tashkil etish to’g’risida"gi 

1771-sonli Qarorga imzo chekdilar. 

Avvalo, mazkur qarordan ko’zlangan maqsad Respublikamizda madaniyat va 

san’at sohasida teatr, kino, televideniya, xalq ijodiyotini rivojlantirish borasidagi 

zamonaviy talablarga, xalqimizning tobora ortib borayotgan intellektual, estetik va 

madaniy ehtiyojlariga javob beradigan yuksak malakali mutaxassislarni tayyorlash 

darajasi hamda sifatini takomillashtirish va tubdan oshirish, shuningdek, mazkur 

yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan mavjud moddiy-texnik bazadan 

yanada samarali foydalanishdir. Mazkur institutning eng asosiy vazifalaridan bir bu 

malakali va mahoratli aktyorlar tayyorlash vazifasidir. 

Bu vazifani amalga oshirish uchun quyidagi masalalarni hal etish lozim: 



51 

 



aktyorlik san’ati sohasi bo’yicha ta’lim yo’nalishlari va muta- 

xassisliklarning takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va 

unga asosan zamonaviy talablarga javob beradigan mutlaqo yangi o’quv rejalari 

hamda dasturlari ishlab chiqilishini ta’minlash; 

bo’lajak aktyorlarni tayyorlahda milliy maktab an’analarini saqlab qolish va 



uni yoshlarga o’rgatish; 

talabalarni vatanparvar, milliy istiqlol g’oyalari asosvda tarbiyalash; 



- o’quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya usullaridan keng foydalanib

dars mashg’ulotlarini noan’anaviy tarzda samarali o’tish: 

xorijiy til, jumladan ingliz tilini qunt bilan o’rgatishga, 



axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron axborot resurslari, jumladan, 

Internetdan keng foydalangan holda, ta’lim jarayonining yuqori darajada olib 

borilishi; 

kurs ijodiy dasturlarida o’zbek va jaxon mumtoz asarlarini, zamonaviy 



dramaturgiya namunalarini sahnalashtirishga, zamonaviy qahramon obrazini 

yaratish muammolarini yechishga harakat qilish; 

madaniyat va sanat kollejlari, akademik litseylar bilan hamkorlik o’rnatilib, 



tajribali pedagoglar tomonidan tashkil etilayotgan "Mahorat sinfi" mashg’ulotlarini 

yuksak darajada o’tkazish; 

ta’lim jarayoniga an’anaviy maktab saboqlarini o’rgangan, mutaxassislik 



fanlarini a’lo darajada o’zlashtirilgan, dunyoviy bilim va ko’nikmalardan boxabar 

mutaxassilarni jalb etish. 

Shuningdek, yuksak darajadagi aktyorlarni tayyorlashda yana bir amalga 

oshiriladigan eng muhim vazifalardan biri bu qabul jarayonida mahoratli 

abiturientlarni tanlab olish va talabalik mas’uliyatini uqtirishdir. 

Bu masalani hal etishda avvalo institut jamoasi san’at va madaniyatga 

ixtisoslashgan akademik litsey va kollejlar bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim. 

Bu jarayonda institut pedagoglari Respublikamizdagi mavjud 19 ta san’at va 

madaniyat kollejlariga xizmat safariga yuborildi. Institut pedagoglari kollejlarda 



52 

 

institutdagi ta’lim yo’nalishlari, institut jamoasi va olib borilayotgan ijobiy ishlar 



to’g’risida taqdimot o’tkazishdi. Shuningdek o’z sohalarida "mahorat sinfi" 

mashg’ulotlarini tashkil etishdi. 

Bo’lajak aktyorlarni tayyorlashda milliy maktab an’analarini saqlab qolish va 

uni yoshlarga o’rgatish borasida malakali va tajribali pedagoglar yosh pedagoglar 

uchun ochiq darslar tashkil qilinmoqda. Shuningdek har bir professor-o’qituvchiga 

pedagoglar va magistrlar tajriba almashish maqsadida biriktirilib berilgan bo’lib, 

shu asnoda ustoz-shogird an’analari davom ettirilmoqda. 

Aktyorlik san’ati sohasi bo’yicha ta’lim yo’nalishlari va muta- 

xassisliklarining takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqildi va 

unga asosan zamonaviy talablarga javob beradigan mutlaqo yangi o’quv rejalari 

hamda dasturlari ishlab chiqilib tegishli idoralardan tasdiqdan o’tdi. Lekin shunga 

qaramay mazkur o’quv rejadagi tanlov va qo’shimcha fanlar qayta o’rganilmoqda. 

Shu qatori o’quv rejasiga ijod psixologiyasi fani qo’shilishi rejalashtirilmoqda. 

Shuningdek o’quv rejasidagi amaliy chet tili faniga ajratilgan soatlarni ko’paytirish 

ham maqsadga muvofikdir. Mahoratli aktyorlarni tayyorlash uchun yana bir muhim 

masala bu, ijodiy imkoniyatlar yaratuvchi binodir. Bu borada ham talaygina ishlar 

amalga oshirilib o’z nixoyasiga yetish arafasida. Ya’ni sobiq madaniyat institutining 

ba’zi bir binolari tulaqonli zamonaviy talablarga mos ravishda rekonstruksiya 

qilindi. Yana zamonaviy ruhda aktyor va rejissyorlar tayyorlashga mo’ljallangan 

ikkita bino qad rostladi. 

Joriy o’quv yilining ikkinchi yarim yilligida barcha kurs talabalari malakaviy 

amaliyot o’tashmoqda. Shu jumladan, to’rtinchi kurs talabalari ishlab chiqarish 

amaliyotida o’z bilim va mahoratlarini sinovdan o’tkazishmoqda. Biz hozirdan 

bitiruvchilarning bo’lg’usi ish joyi bilan uch tamonlama shartnoma imzolab, o’sha 

tashkilotga ishlab chiqarish amaliyotiga jo’natdik. Bu esa talabani bo’lg’usi ish joyi 

"atmosferasi" bilan yaqindan tanishishga, kelajakda ishga joylashganda 

noqulayliklar tug’dirmaslikka imkoniyat yaratadi. 



53 

 

Moxir mutaxassis bo’lib yetishishning yana bir yo’li bu kasbga fidoiylikdir. 



O’zbek aktyorlik san’atiga tamal toshini kuygan buyuk aktyorlarimizdan biri 

Shukur Burxonov bu borada quyidagi fikrlarni bildiradi: "Men ijodimda, - deydi 

san’atkor, - uch narsaga amal qilaman. Birinchisi - o’z kasbiga muxabbat va 

sadoqat. Ikkinchisi - temir intizom, fidoyilik. Uchinchisi - xalqqa yaqin bo’lish, 

xalqni bilish, uni tushunishga harakat qilish. 

Xa, albatga. Mahoratli aktyor tayyorlashda nafaqat talaba, balki butun 

jamoadan o’z kasbiga muxabbat va sadoqat talab etiladi. Ana shundagina sanat va 

madaniyatimiz rivojida ulkan ishlarni amalga oshirishga qodir bo’lamiz. 

 

Inson kapitali - olimlarning ta'biri bilan aytganda, uning ma'naviy, ahloqiy, 



estetik, dunyoviy va kasbiy bilimlarining inson tomonidan o'zlashtirish va qo'llay 

olish darajasidir. Inson kapitali - bu bilimlar zahirasi, ko'nikmalari va uni to'g'ri, 

maqsadli qo'llay olish imkoniyatlaridir. Uning o'ziga xosligi shundaki, u insondan 

ajralmagan holda qo'llaniladi. Shuning uchun ham u jismoniy kapitaldan farq qiladi. 

Ma'lum tashkilot yoki korxona uchun o'sha sohani yaxshi biladigan mutaxassisni 

o'zini emas, balki uning sohani bilish darajasi bilan baholab, uning bilimi, tajribasi, 

mahorati, xullas, shu korxona yoki tashkilotni kelajakdagi taraqqiyoti, rivoji uchun 

uning mehnatidan foydalaniladi va shunga yarasha haq to'lanadi. 

Shunday holatlar bo'ladiki, ba'zan inson o'zining kelajakdagi rejalarni amalga 

oshirish  uchun, shu sohani mukammal o'rganishni rejalashtiradi va bunda kam ish 

haqqiga ham rozi bo'ladi. 

Ota-ona o'zlari qiynalib turgan bo'lsalar-da farzandlarining yaxshi o'qishlari, 

o'zi o'qiyotgan sohasini yaxshi o'rganishlari uchun ayamasdan qo'shimcha 

mablag'lar sarflaydilar. Bu sarf qilingan kapital kelajakda ular uchun katta daromad 

manbaini hosil qilishi mumkin bo'ladi. 

San'at va madaniyat sohasida ham bu manzarani ko'p kuzatish mumkin. 

Masalan, rejissyorlikka o'qiyotgan talaba faqat auditoriyada olgan bilimlari bilan 

cheklanib qolsa, u yaxshi mutaxassis bo'la olmaydi. U muntazam ravishda teatr- 

larga borib spektakllar ko'rib yursa, kitob o'qisa, yaxshi ustozga shogirdlikka tushsa, 



54 

 

o'z ustida tinmay ishlasagina u ko'zlangan maqsadga erishadi. Vaholanki, bularni 



barchasi mablag' sarf qilishga borib taqalishi mumkin. Masalan, xonandalar musiqa 

aranjirovka qilish, ovoz yozish, kliplar tayyorlash, mashxur aktyorlar yoki 

raqqosalarni jalb qilish, turli texnik jihatlar va h.k.z.lar katta harajatlar bilan bog'liq. 

Ammo shunday bo'lsa ham ular bu ishni kelajakdagi maqsadlarni ro'yobga chiqarish 

uchun qiladilar. 

Rejissurada ham xuddi shunday. Sahnalashtirish uchun kerakli bo'lgan barcha 

sohalarni yaxshi biladigan (masalan, senariy yozish, badiiy bezak, raqs, musiqa va 

boshqa) rejissyor ham qimmat, ham ishi ko'p. 

Amaliyotda ko'pincha inson kapitalini jamiyatning ta'limiy-malakaviy 

potensialining sinonimi sifatida ham qaraladi. Bir so'z bilan aytganda inson kapitali 

ishlab chiqarishni takomillashtirish, samaradorlik va mehnat unumdorligiga 

erishish va buning natijasida jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi uchun turtki 

bo'ladigan omillaridan biri ekanligini anglashimiz muhimdir. Sahnalashtirish 

san'atida ham xuddi shunday. Kerakli materialni tanlash va sahnalashtirish orqali 

inson o'zi uchun kerakli bo'lgan ko'p ijobiy natijalani qo'lga kiritishi mumkin. 

Sahnalashtirish uchun asar tanlanayotganda faqat dramatik, tayyor pesalarga emas, 

balki adabiyotning barcha turlariga murojaat qilish ham mumkin. Buni badiiy 

asarlarni instsenirovka qilish orqali bajarsa bo'ladi. Ko'pgina dramatik bo'lmagan 

asarlarni sahnaga qo'yishga ehtiyoj tug'ilganda instsenirovka usuli qo'l keladi. 

Instsenirovka - lotinchadan olingan bo'lib, biror asarni sahnaviy qilib o'zgartirish, 

sahnaga qo'yish uchun moslashtirish degan ma'noni bildiradi. Lug'atlarda, 

instsenirovka - adabiy asarlarni teatr uchun qayta ishlash, deb berilgan.

18

 

Instsenirovka bu - badiiy asarni dramatik asarga aylantirishdir, ya'ni sahnaga 



moslashtirilgan holda yoziladi. Instsenirovka qilinganda quyidagi ishlar amalga 

oshiriladi: 

1. 

Asar to'liq o'qib chiqilib, uning mazmuni va mohiyati o'rganiladi; 



                                            

18

 S.E.S.A. Proxorov tahriri ostida.M., 1990y,500 bet 




55 

 

2. 



Asardagi muallif tomonidan berilgan so'z, ta'riflar, xullas ifodalash – 

qahramonlarga bo'Iib beriladi; 

3. 

Asardagi qahramonlar aniqlanadi, ularga so'z, matnlar bo'lib beriladi; 



4. 

Monolog va dialoglarga ajratiladi; 

5. 

Sahnalashtirishning barcha qonuniyatlariga tayanadi; 



Instsenirovka qilinayotganda asarning ichki mazmunini to'g'ri tushunish kerak. 

Aks holda instsenirovka qilingan asarning mazmuni buzilishi mumkin. Bir 

qancha sahna asarlari instsenirovka qilish orqali sahna yuzini ko'rgan. Masalan, 

Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani ham inssenirovka qilinib, rejissyor 

Bahodir Yo'ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan. "Kelinlar qo'zg'oloni" asarining 

ham avvalgi shakli "hikoya" bo'lgan. U ham instsenirovka qilinib sahnalashtirilgan. 

Inssenirovka mavzusiga to'xtalganimizning boisi - ko'pgina hollarda oli-

ygohlar, tashkilodarda "zakaz" bilan senariylar yozishga to'g'ri keladi, masalan, in-

stitutlar aro "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik tanlovini olaylik. Ko'rik tanlovda 

berilgan shartlar uchun tayyor dramatik asarlar deyarli yo'q. Bunday holatlarda 

adabiy asarlarni inssenirovka qilish usullariga tayanish mumkin. Yoki, Alisher 

Navoiyning tavallud topgan kuniga bag'ishlab, "She'riyat mulkining sultoni" deb 

nomlangan tadbir o'tkazilishi kerak bo'lsa ham ifodalashning turli vositalaridan 

foydalanib, instsenirovka qilingan holda senariylar yaratishga to'g'ri keladi. 

San'atning asosini tarbiya tashkil etadi. Sahnadan turib aytilgan har so'z tomoshabin 

uchun qonuniyatga aylanib qoladi, ya'ni tomoshabin qahramonni gaplariga 

ishonadi, undan o'ziga kerakli ma'naviy madad oladi. 

Yoshlarni tarbiyalashda davlatimiz tomonidan turli vazifalar belgilangan. Ana 

shulardan bittasi teatr san'ati tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yuqorida 

qayd etgan edik. Haqiqatdan ham tarbiya vositalari ichida teatr san'atining roli 

boshqa san'at turlariga qaraganda ancha kattadir. Chunki teatrni tomoshabin bilan 

aktyorlarning yuzma-yuz uchrashuvini amalga oshiruvchi vositachilardan biridir, 

deb aytish mumkin. 



56 

 

"Ta'lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mus-



tahkamlash, jumladan, umumiy o'rta ta'limdan boshlab o'rta maxsus, kasb-hunar 

hamda oliy ta'limgacha bo'lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va malakali kasb 

tayyorgarligiga ega bo'lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari 

izchil davom ettirildi"'. 

Shuning uchun sahnalashtirish san'atida ham insonni har tomonlama kamol 

toptirish uchun kerakli materiallarni tanlash muhimdir. 

 

 



57 

 

                                                    Xulosa 



Ta’lim sohasining mamlakat aqliy salohiyatini yuksaltirish omili ekanligi, 

globallashuv sharoitida inson resurslarining iqtisodiyotni rivojlantirish va 

raqobatbardoshligini oshirish asosiy omiliga aylanganligi, iqtisodiy o’sishni 

ta’minlovchi texnologik o’zgarishlar ko’proq inson kapitalining jamg’arilishi 

natijasidir. Shu bois, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini 

jadallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda ta’lim tizimining o’rni 

beqiyosdir. 

Hozirgi globallashuv davrining murakkab sharoitida insonning bilimi va 

qobiliyati raqobatbardoshlikning, iqtisodiy rivojlanishning, mehnat 

unumdorligining o’sishi va samarali boshqarishning asosiy omilidir. Janu-

biy-Sharqiy Osiyo davlatlari yuqori texnologiya va inson kapitalining o’sishi uchun 

mablag’lar ajratish hisobiga qisqa muddat ichida yuksak iqtisodiy rivojlanishga va 

aholi turmush darajasining o’sishiga erishishdi. Shuning uchun yosh mustaqil 

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning tezkor ijro etilishi, ta’lim tizimi 

rivojlanishiga va yuqori malakali mutaxasislar tayyorlashga alohida diqqat 

qilinishini talab qiladi. Bu talab yuksak intellektual potensialga ega bo’lgan inson, 

o’zgaruvchan bozor iqtisodiyotiga tezroq moslasha olgani uchun ham yanada 

dolzarbdir. Umuman ijtimoiy qadriyatlar, ijtimoiy ong, ijtimoiy talablarni doimiy 

ravishda shakllantirib va amalga oshirib borilsa, ta’lim sifati ham, inson kapitali 

ham so’zsiz oshib boraveradi. 

1991 yildan - O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishilgan 

kundan boshlab, har bir soha, har bir jabhada yangitdan istiqlol g’oyalari bilan 

sug’orilgan islohatlarini amalga oshira boshladi. 

Bu islohotlar ichida inson kamoloti va uning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasi 

alohida o’rin tutadi. San’at insonlarni go’zalikka chorlovchi, birlashtiruvchi 

vositadir. San’at shunday bir ijtimoiylikki har davrda ham uning bosh maqsadi 

inson tarbiyasidir. "Bugun, Vatanimiz, yurtimiz XXI asrga qadam qo’yib, o’zining 



58 

 

buyuk kelajagi sari intilayotgan, bu yo’ldagi barcha xarakatlarimiz iymon-e’tiqod 



to’yg’usi bilan yo’g’rilib, kuchayib borayotgan bir paytda, o’z tarixiy ildizlarimizni, 

shu jumladan, sanatimiz, milliy teatrimiz tarixini chuqur anglash, undan saboq olish 

haqida gapirishimiz har jihatdan o’rinli bo’ladi, deb o’ylayman"

19

, deb ta’kidlaydi 



Prezidentimiz I.A.Karimov. Shu sababdan ham hozirgi kunda san’at va madani-

yatga katta e’tibor berilmoqda. 

     Jamiyatda madaniyat qanchalik murakkablashib boyib borsa, uning insonga va 

jamiyatga ta’siri mukamallashib va nisbiy mustaqilligi kuchayib boradi. Masalan, 

antik jamiyat allaqachon o’tmish, tarixga aylangan bo’lsada, uning madaniyati 

hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Shuning uchun madaniyatga 

jamiyatning mahsuli, faoliyat uslubi sifatida qaralsada, har bir jamiyatni u yoki bu 

konkret madaniyatning shakllanish manbai tarzida ham qarash mumkin. Madaniyat 

doimo inson bilan chambarchas bog’liq bo’ladi va usiz yashay olmaydi. Madaniyat 

qadiryatlarning eng yirik zahirasi, tajribalar xazinasi bo’lib qoladi. Insoniyat av-

lodlari undan foydalanadilar va unga o’z hissalarini qo’shadilar. 

Shaxs madaniyat bilan quyidagi sohalarda munosabatda bo’ladi: birinchidan, 

madaniyat ta’sir etish ob’ekti sifatida uni o’zlashtiradi: ikkinchidan, madaniy qa-

diryatlarni tashuvchi va ifodalovchisi sifatida Shaxs konkret madaniy muhitda 

faoliyat ko’rsatadi; uchinchidan, madaniy ijodiyot sub’ekti sifatida madaniyatni 

rivojlantiradi. Madaniyat va shaxsning o’zaro munosabatlari, uning shaxs hayotida 

tutgan o’rni to’g’risidagi mulohazalarimizga xulosa qilib, shuni aytish mumkinki, 

tabiat stixiyali qonuniyatlar asosida rivojlanib borsa, insonning ichki dunyosi, ichki 

“tabiati”ni shakllantirish maqsadli, yo’naltirilgan asosda tashkil etilishi mumkin, 

bunda madaniyat insoniyatga shunday imkoniyatni yaratuvchi muhim vositalardan 

biri bo’ladi. Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o’zgarib turadi. Davrlarning 

almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o’zgarishlari yuz beradi. Konkret tarixiy 

davrda yashagan kishilarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy 

                                            

19

Karimov I.A. “Milliy teatrimiz iftixorimiz”. Toshkent shahrida Akademik Drama teatri yangi binosining ochilish 



marosimida so’zlagan nutqi. 2001 yil 30 avgust. 


59 

 

qadriyatlari to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishimiz uchun biz shu 



davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. “Inson eng oliy darajadagi tar-

ixiy mavjudotdir. Inson tarixiy davrda, tarixiy davr insonda mujassam” (N, Ber-

dyaev). Negaki, har qanday davrning xususiyat va darajasi madaniyat rivoji bilan 

o’lchanadi. 

Kishi qanchalik ziyoli bo’lsa, u shuncha ko’p tushunadi va o’zlashtiradi, uning 

dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy 

saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yangiliklarga va “eski”likka nisbatan 

shunchalik befarq bo’ladi. O’zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor 

bo’lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. Madaniyatning yana muhim vazi-

falaridan biri bu - kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina 

moddiy va ma’naviy qimmatlar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. 

Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» 

kitobida ta’kidlanganlaridek, uzoq davom etgan qattiq mafkuraning taziqiga qara-

may, O’zbekiston xalqi avloddan-avlodga o’tib kelgan o’z tarixiy va madaniy qa-

diryatlarini hamda o’ziga xos an’analarini saqlab qolishga muvaffaq bo’ldi. Mus-

taqilligimizning dastlabki kunlaridanok, ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar 

mobaynida yaratib kelingan g’oya ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni ti-

klash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. 

Xalqimizga uning ma’naviy va madaniy boyliklarini qaytarish borasida 

ko’plab ishlar amalga oshirildi. Dastlabki, eng muhim qadam “O’zbek tili 

haqidagi”qonunning qabul qilinishi bo’ldi. Bu bilan O’zbek tilidagi xalqning 

bebaho madaniy va milliy boyligi maqomi tiklandi. Istiqlol yillarida ayniqsa, teatr 

va musiqa san’ati rivoj topdi, madaniy aloqalar kengaydi, madaniy-ma’rifiy 

muassasalar faoliyati takomillashdi, muzeylarning ijtimoiy - ma’rifiy ahamiyati 

oshdi, milliy adabiyot ravnaq topdi. Shu asnoda asosiy e’tibor repertuar masalasini 

hal etish, tomoshabinlarni bezdiradigan sahna asarlari o’rniga ularning 

ma’naviy-ijtmoiy ehtiyojlarini qondiruvchi spektakllarni fuqarolar hukmiga havola 

etishga asosiy e’tibor qaratildi. Hozir O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan 36 ta 




60 

 

dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qo’g’irchoq teatrlari ana 



shunday vazifalarni bajarmoqdalar. 

Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq musiqa san’ati bo’yicha qator 

ko’rik-tanlovlar o’tkazila boshlandi. Xususan, 1992 yil mart oyida Toshkent    

shahrida milliy soz ijrochilarining “Asrlarga tengdosh navolar” deb nomlangan 

Respublika ko’rik tanlovi, aprel oyida Toshkent viloyatida havaskor qo’g’irchoq 

teatrlari jamoalarining ko’rik-tanlovi, shuningdek, “Boqiy ovozlar” deb nomlangan 

ko’rik-tanlovlar o’tkazildi. 1995 yil dekabrda “O’zbekiston - Vatanim manim” 

mavzuidagi ko’shiqlar ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. 

1994 yil 23 dekabrda Vazirlar Maxkamasi “Respublika muzeylari faoliyatini 

yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi, 1999 yil 5 dekabrda esa “Muzeylar 

faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida”gi qarorlarni e’lon qildi. 

Mustaqillik O’zbekiston ma’naviy hayotini barqarorlashtirish uchun zamin 

yaratdi, ma’naviy-ma’rifiy hodisalarga munosabatni o’zgartirdi. Zero, muhtaram 

Yurtboshimizning: “biz xalqni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma’naviyati 

orqali bilamiz, tarixning tag-tomirigacha nazar tashlaymiz”, - degan fikrlarida juda 

katta mantiq va ma’no bor. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli 

bunyodkorlik ishlari, shu jumladan, madaniyat va san’at yo’nalishlaridagi islohotlar 

birinchi galda inson kapitali va qadrini ulug’lashga qaratilgan.

 

 


Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling