O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, “Xalq ijodiyoti” fakulteti
“Ijtimoiy- madaniy faoliyat” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchisi Karimova Zuxran-
ing “Inson kapitalini rivojlantirishda san’at va madaniyatning roli” mavzusida
tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
X U L O S A S I
Ma’lumki, shu vaqtga qadar yaratilgan ilmiy adabiyotlarda inson kapitali
tuchunchasi asosan biryoqlama, ya’ni inson kapitali insonning o’ziga bevosita
keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushunilib
kelindi. Inson kapitali orqali faqat birgina insonning o’ziga emas, balki boshqalarga
ham naf keltirishi mumkinligi, odamlar boshini yaxshilik, yaratuvchanlik yo’lida
qovushtirish, bir so’z bilan aytganda, madaniyat, san’at, manaviyat bilan
uyg’unlashtirishning zarurati masalasi o’rganilmay kelindi. Istiqlolga erishilgan
dastlabki yillardanoq inson kapitalini rivojlantirishga keng qamrovli yondoshilib,
uning mazmun doirasiga, tarkibiy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, inson kapitali uning egasidan ajralmaydigan va undan bu
kapitalini kech kim tortib ola olmaydigan mulk sanaladi. Shu boisdan ham inson
kapitali jamiyatning eng noyob qadiryati hisoblanadi va ijtimoiy taraqqiyotning
bosh xarakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Tadqiqotning 1-bobida inson kapitalining mohiyati va ahamiyati o‘z ifodasini
topgan.
Tadqiqotning 2-bobida inson ma’naviyatini rivojlanishida madaniyat va
san’atning roli ilmiy asoslangan holda yoritilgan.
Tadqiqot natijalariga muvofiq xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot ishini mustaqil tugallagan ish deb baholash mumkin va himoyasi tavsiya
etaman.
Ilmiy rahbar: s.f.d.professor M.Bekmurodov
Do'stlaringiz bilan baham: |