O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigain, in-
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigain, in-
tellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo’la oladi. Aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlaydilar. Ana shu g’oyat muhim jihatni e’tiborga olgan holda, O’zbekistonda kadrlar tayyorlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishi etib belgilangan. O’n mingga yaqin maktablar qayta qurilib, kapital tamirlanib bugungi kun talablari darajasiga yetkazildi. Yangi kasb-hunar kollejlari va ularning filiallarini qurish nixoyasiga yetkazildi. 2012-2013 o’quv yilida mamlakatimizda 12 yillik majburiy ta’limga o’tish to’liq ta’minlandi. O’tgan yillar davomida qariyb 1,5 ming yangi, eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan o’rta maxsus, kasb-hunar o’quv yurtlari - kollejlar barpo etilib, ularda 3-4 ta zamonaviy mutaxassislik bo’yicha kasb-hunarga ega bo’lish va kamida ikkita chet tilini o’rganish imkoniyati yaratilgan. Davlat jami xarajatlarining asosiy qismi, ya’ni qariyb 59,2 foizi ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga qaratildi, uning 34 foizdan ortig’i ta’lim sohasiga ajratilishi bugun o’z samarasini bermoqda. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa
15
kollejlarning bitiruvchilarini ish beruvchi korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarining turli shakllaridan foydalanishi, bu masalaga tuman va shahar jamoatchiligini jalb etish mazkur vazifani ado etishning eng muhim, hal qiluvchi yo’nalishi bo’ldi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida o’tgan yilda kollejlarni tugatgan 450 ming nafardan ortiq bitiruvchi ish bilan ta’minlandi, ularning 43 foizi o’zlari ishlab chiqarish amaliyotini o’tagan korxonalarga ishga joylashdi. 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari faoliyatini baholashning reyting tizimi joriy etildi. Oliy o’quv yurtlari faoliyati baholanadigan mezonlarni shakllantirishda oliy o’quv yurtlaridagi o’qitish sifati va ilmiy salohiyat darajasi indeksiga asosiy e’tibor qaratiladi va ularning xar biri natijasiga ko’ra, 35 foizdan eng yuqori ballar qo’yiladi.Shuningdek, talaba va bitiruvchilarning ish beruvchilar o’rtasida so’rov o’tkazish natijasida aniqlanadigan malaka indeksiga alohida ahamiyat beriladi va bu ko’rsatkich 20 foiz bilan baholanadi. Qolgan 10 foiz boshqa ko’rsatkichlar bo’yicha beriladi. Reyting tizimini joriy etishdan maqsad, oliy o’quv yurtlari o’rtasida sog’lom raqobat va musobaqa muhitini shakllantirish, shuningdek, ishimizdagi e’tibordan chetda qolib kelayotgan jihatlar va rezervlarni baholash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash darajasi hamda sifatini yanada oshirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqish imkoniyati paydo bo’ladi. Ta’lim sohasidagi ishlarimizni Fransiyadagi dunyoning eng yaxshi beshta biznes maktabi qatoriga kiradigan "Inssad" xalqaro biznes maktabining 2012 yilgi "Innovatsiyalarning global indeksi" ma’ruzasida bayon etilgan ma’lumotlarni keltirish o’rinli, deb o’ylayman. Ma’ruza Jahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ushbu ma’ruzada dunyoning 141 mamlakatidagi innovatsion rivojlanish kompleks tarzda tahlil qilingan. Tahlilning asosiy tarkibiy qismlaridan biri inson kapitalini rivojlantirish darajasi bo’lib, mazkur ko’rsatkich bo’yicha bizning mamlakatimiz 35-o’rinni egallagan. Ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo’yicha 16
esa O’zbekiston - dunyoning 141 mamlakati orasida ikkinchi o’rinni band etgan 1 . Bu esa yuqorida aytib o’tgganimizdek, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’z vaqtida qanchalik to’g’ri qabul qilinganligidan dalolat beradi. O’z-o’zini, xodimlarni va tashkilotni boshqarish Mamlakatimizda yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini, birinchi navbatda, yoshlarni ishga joylashtirish muammosiga g’oyat katta e’tibor berilmoqda. 2012 yilda mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish hisobidan 1 millionta yangi ish o’rni tashkil etildi. Bu ish o’rinlarining 62 foizga yaqini qishloq joylarda yaratildi. Bu borada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga 485 ming kishi, kasanachilikning barcha shakllarini kengaytirish hisobidan esa 218 ming kishi ish bilan ta’minlandi. Shuningdek, aholini turmush darajasini yanada yaxshilash, qishloq madaniyatini shakillantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Qishloqlarda takomillashtirilgan zamonaviy loyihalar asosida yangi uy-joylar qurish va qishloq aholi punktlarini kompleks ravishda rivojlantirish, odamlarimizning turmush tarzi va mentalitetini tubdan o’zgartirmoqda. Joriy yilda qishloq joylarda yakka tartibdagi yangi uy-joylar qurishni 8,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish ko’zda tutilmoqda. 2013 yilda bu maqsadlar uchun 1 trillion 400 milliard so’m, ya’ni o’tgan yilga nisbatan 54 foiz ko’p mablag ajratildi. Bu esa bugun qishloqlarimiz hech qanday shaharlardan qolishmasligini ko’rsatmovda. Buni yaqinda Toshkentda o’tkazilgan xalqaro konferensiya ishtirokchilari ham bir necha bora e’tirof etdilar. Insonlarning turmush darajasi avvalo ularning, daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O’tgan yilda bu ko’rsatkich yurtimizda 17,5 foizga o’sdi, eng kam ish haqi 26,5 foizga oshdi. 2000 yil bilan taqqoslaganda, real
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va madernizatsiya yo’lini qatiyat bilan davom ettirish. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizmi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’jallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.-Toshkent: O’zbekiston, 2013.
17
daromad aholi jon boshiga 8,6 barobar ko’paydi. O’rtacha ish haqi iste’mol savatchasi bahosidan 4 barobardan ziyod oshdi. Hech shubhasiz, xalqimizning tinimsiz mehnati, mardligi va matonati evaziga qo’lga kiritgan bunday yutuqlardan va marralardan har qaysimiz g’ururlanib, boshimizni baland ko’tarib yashashga xaqlimiz. Mamlakatimiz 22 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li mobaynida dunyo hamjamiyati orasida alohida e’tiborga sazovor davlat maqomiga ega bo’ldi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ko’p- gina taraqqiy etgan davlatlar tomonidan diqqat bilan o’rganilmoqda. An’anaga kirib borayotgan, mamlakatimizda o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar Toshkent, Samarqand shaharlarini nafaqat dunyoning yirik ilmiy markazlari sifatida tanilishiga olib kelmoqda, balki O’zbekiston tajribasini jahon jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan o’rganilishi va o’zlashtirilishiga ham imkon yaratmoqda. Ma’lumki, hozirgi paytda mamlakatimizdagi davlat byudjeti imkoniyatlarining 34 foizi ta’limni rivojlantirishga 26 foiz mablag’lar esa tibbiyot va boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar uchun ajratilmoqda. Bu degani mamla- katimizda jami topilgan milliy boyligimizning 60 foizi bevosita inson manfaatlari uchun, ya’ni inson kapitalini rivojlantirishga yo’naltirilayotganligining yaqqol isbotidir.
Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling