O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
Istiqlol yillarida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ijtimoiy tara-
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
Istiqlol yillarida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ijtimoiy tara-
qqiyotimizning ustuvor vazifasi sifatida qarab kelinmoqda. Mamlakatimizda tarbiya masalasiga Mustaqqillikning dastlabki kunlaridan juda katta e’tibor berildi. Chunki Mustaqqillik sharofati bilan qo’lga kiritilgan erkinlikni asrab avaylash, uni parvarish qilish, lozim bo’lsa uni shakllantirish har jihatdan kelgusi avlodga ularni bilimi, dunyoqarashi, shijoati va kelajagini qay darajada ko’ra bilishiga bog’likdir. Prezident Islom Karimov "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch" asarida "Inson - o’z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli mujizasidir" deydi. Bu o’z o’zidan ko’rinadiki, inson nafaqat moddiy balki ma’naviy jihatlarni o’zida to’liq mujassam etishi lozimdir. Mamlakatimizda ma’naviy jihatdan yetuk va yuksak
11
bilimli, tashabbuskor, mustaqil fikirga ega yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilmoqda. Mustaqqillikning dastlabki kunlaridan boshlab inson kapitalini rivojlantirish masalasi (professor M.Bekmuradovning tadqiqotlariga asoslanib) insonlarning mehnat salohiyati, el sog’ligi-yurt boyligi, intellektualik darajasi, tash- kilotchilik va tadbirkorlik, o’z-o’zini, xodimlarni va tashkilotni boshqarish salohiyatiga bo’linadi. Insonlarning mehnat salohiyati nafaqat moddiy manfaat balki ularning, salomatligi, oilaning jipsligi, ongini yanada rivojlanishiga yaqindan yordam beradi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda mehnat salohiyati ham miqdor, ham sifat ko’rsatkichlariga ko’ra Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadlarni amalga oshirishga qodir kuchga aylandi. Chunki, o’tgan 22 yil mobaynida aholining ma’naviy-intellektual saviyasi, kasbiy llayoqat darajalari keskin yo’qsaldi. Takidlash joizki, sobiq sho’rolar davrida odamlar o’z mehnatlarining natijalaridan manfaatdor emas edilar. Odamlar biror bir ishni bajarish asnosida o’zlarini asosan ish jarayonning ishtirokchisi sifatida xis etar, qilgan ishlarining natijasi uchun o’zlarini manfaatdor deb ham, masul deb ham anglamasdilar. Istiqlol tufayli mehnat hodisasi muayyan ish faoliyat jarayonini ta’minlovchi vositadan so’nggi pirovard natijani qo’lga kiritishga ongli yo’naltirilgan omilga aylandi. Mustaqqillik sharofati bilan erishilgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy yutuqlarimizdan biri ham mehnat mazmunining mohiyatan o’zgargani bo’ldi. Inson kapitalini rivojlantirishda mehnat omilining roli beqiyosdir. Yaqin o’tmishda odamlar asosan muayyan vaqt doirasida ishlash hamda ish vaqti tezroq o’tishidan manfaatdor kayfiyatda yashar edilar. Ular o’z ish faoliyatlari natijasidan manfaat olishni o’ylamasdan va hatto bunday manfaatni umid ham qilmasdilar. Bugun esa, boshqa sohalar singari, insonlarning mehnat salohiyatini oshirish masalasiga juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi. Mazkur sohani tez sur’atlar bilan taraqqiy toptirish va umuman, mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan O’zbek modeli bugun insonlar tafakkurida 12
to’liq shakillanib bo’ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda bugungi kunda ishlab chikarilayotgan yalpi ichki maxsulotning 80 foizini va mehnatga layoqatli aholining esa 70 foizini ushbu sektor ulushiga to’g’ri kelishi bejiz emas. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ustuvor yo’nalish sifatida belgilanishi qanday omil va sabablar bilan bog’liq. Birinchidan, ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo’shliqlarni to’ldiradi. Uchunchidan, aholi bandligi va daromadining o’sishini ta’minlaydi. Buni quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin. To’rtinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro’yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o’z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin tug’dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o’z oldiga quygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qilinmoqda. Bugun, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’rta sinfni shakllantirish uchun muntazam xizmat qilinmoqda. O’rta sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik jamiyatning asosi bo’lib hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo’lgan, mamlakatimizni taraqqiyot va demokratik islohotlar yo’lidan rivojlantirishda faol kuch bo’lib maydonga chiqayotgan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda. Bundan atigi 20 yil avval O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli yo’q edi, bugun esa mavjud barcha xo’jalik sub’ektlarining 90 foizdan ortig’ini kichik biznes korxonalari tashkil etadi. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xujalik mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to’g’ri kelmoqda.
13
So’nggi yillarda mamlakatimizda yalpi ichki maxsulot yiliga 8,2 foizdan kam bo’lmagan suratlar bilan o’sib bormoqda. Yalpi ichki mahsulot, 2000 yil bilan so- lishtirganda, 2,9 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,6 barobar oshdi. Bularning barchasi inson kapitalining tobora mustahkamlanayotganidan dalolat beradi. Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling