O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti
Bituruv malakaviy ishining tuzulishi
Download 382.18 Kb. Pdf ko'rish
|
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Bob INSON KAPITALINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 1.1. BARQAROR TARAQQIYOT VA INSON KAPITALI
- Ma’naviyat va inson kapitali uyg’unligi
Bituruv malakaviy ishining tuzulishi. Maskur ish kirish, 2 bob, 6 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
6
I. Bob INSON KAPITALINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 1.1. BARQAROR TARAQQIYOT VA INSON KAPITALI Inson kapitali degan tushuncha XX asr boshlaridan e’tiboran ilk daf’a muomalaga kiritilgan bo’lsa, XXI asr arafasida ishlab chiqarish, fan, ta’lim, siyosat, madaniyat va boshqa sohalarda bu atama keng qo’llanila boshlandi. Ta’kidlash zarurki, shu paytga qadar kapital so’zi mulk, boylik, erishilgan narsa sifatida tushunilib kelindi. Shuningdek, yaqin-yaqingacha kapital tushunchasi insondan ajratilgan holda tushunilar edi. Inson moddiy kapitalni yaratishda faqat vosita sifatida qaralar edi. Inson kapital uchun vosita emas, balki uning egasi, moddiy va nomoddiy kapitalni yaratuvchi va undan foydalanuvchi zot ekanligi odamlar va jamiyatlar tomonidan nixoyat XX asrning so’nggi choragida anglab yetildi. Xususan, o’tgan XX asrning 70-yillaridan boshlab, Amerika Qo’shma Shtatlari va Yevropa mamlakatlari olimlari Teodor Shuls, Geri Bekker, Sh.Rozen, F.Uelcha, B.Chizuika, Y.Ben - Poreta, M.Blauga va boshqalar insonni faqat tor yo’nalishda, muayyan kasbga tayyorlashdan ko’ra, umumiy yo’nalishda shakllantirish foydaliroq ekanligini asoslovchi asarlarni nashr etdilar. Bu asarlarda insonni umumiy yo’nalishda tayyorlash uni kasbiy va ijtimoiy himoyalash, ya’ni shavqatsiz bozor munosabatlari sharoitida ishsiz qolishdan muhofazalashda ko’mak berishi har tomonlama yoritib berildi. Ammo, bu asarlarda insonni kasbiy rivojlantirish ishlari uni insoniy ya’ni, ma’naviy yuksaltirish bilan qay tarzda uyg’unlashuvi o’z ifodasini topa olmadi. Xususan, Amerika iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida tub burilish yasagan mashhur tadbirkor va olim G.Ford jamiyat va aloxida olingan tashkilotning barqaror rivoji faqat va faqat inson qobiliyatlariga, kasbiy layoqatlariga va uning mas’uliyat darajasiga bog’lik ekanligini asoslab bergan va uning muhimligini qayta - qayta ta’kidlab kelgan. Bir so’z bilan aytganda, G.Ford inson kapitalini shakllantirish uni ko’prok umumiy rivojlantirishga bog’lik deb biladi. Ammo, G.Ford inson kapitalini 7
shaxs duch kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqgisodiy xavflardan uni himoyalash vositasi, deb biladi xolos. Umuman g’arb dunyosi ijtimoiy fanlarida inson kapitalini jamiyatning ma’naviy axloqiy holatini yaxshilash odamlarni obodonlikni yaratish, bunyodkorlik ishlariga safarbar etish yo’lidagi katta imkoniyat, deb talqin etilmaydi. Shaxsning mehnat jarayonida o’z-o’zini jamoaning, jamiyatning uzviy qismi, hamda atrofidagilarga ongli tarzda naf keltiruvchi inson sifatida anglay olish imkoniyati ochib berilmaydi. Shu tariqa shu vaqtga qadar yaratilgan ilmiy adabiyotlarda inson kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya’ni, inson kapitali insonning o’ziga bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida tushunib kelindi. Inson kapitali orqali faqat birgina insonning o’ziga emas, balki, boshqalarga ham naf keltirish mumkinligi, odamlar boshini yaxshilik, yaratuvchanlik yo’lida qovushtirish, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat bilan uyg’unlashtirishning zarurati masalasi o’rganilmay kelindi. Ma’naviyat va inson kapitali uyg’unligi Inson kapitalidan to’g’ri foydalanish faqat bir tomonlama ya’ni, shaxsiy manfaat yo’lida emas, balki jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish zarurati kun tartibiga qo’yila boshlandi. Inson kapitalining tom ma’nodagi insoniy mohiyat kasb etishida ma’naviyatning, ya’ni, tarbiya omilining roli nechog’li muhim ekanligini anglash kuchaydi. Inson kapitalining ma’naviyat bilan uyg’unligi va ajralmasligi Prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" kitobida ilk daf’a ilmiy asoslangan holda yorqin asoslab berildi. Ayniqsa, Prezidentimizning insondagi bilim va kompetentlikning mas’uliyat tuyg’usi bilan, iste’dodlar ro’yobini millatning orzu - intilishi bilan, kasbiy taraqqiyot natijasida erishilgan muvafaqqiyatlarni o’zlikni hamisha korporativ anglash zarurati bilan uyg’un tarzda tarbiyalash haqidagi dono muloxazalari e’tiborlidir.
8
Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan tamoyil, ya’ni, inson omilini bilim va tarbiya bilan uyg’un tarzda shakllantirish pirovard natijada umumiy miqiyosda kuchli va yalpi taraqqiyotni, ya’ni ijobiy ma’nodagi "portlash effekti"ni yuzaga keltirishi to’g’risidagi ilmiy bashorati bugungi kunda o’zining to’la tasdig’ini topdi. Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan barkamol shaxs konsepsiyasi asosida tahlil etganimizda inson kapitali tushunchasi mohiyat etiboriga ko’ra quyidagi ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etadi: - inson kapitali zamonaviy ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi; - inson kapitalini rivojlantirish davlat jamiyat va shaxsning o’zidan jiddiy sa’y - xarakat va harajatlar talab etadi; - inson kapitali bilim, tajribalar, strategik rejalar, odamlarning intellektual-ma’naviy darajasi, shuningdek, muayyan maqsadlari, qiziqish va layoqatlari sifatida ham milliy zahira hisoblanadi; - inson kapitalini rivojlantirish maqsadida qilinuvchi harajatlar faqat yaqin vaqt mobaynida emas, balki uzoq istiqbolda ko’proq naf keltiradi; - inson saloxiyati uning egasiga ko’rsatiladigan e’tibor va g’amxurlik natijasida inson kapitaliga transformatsiya bo’ladi. Download 382.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling