O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


Bituruv malakaviy ishining tuzulishi


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

 

Bituruv malakaviy ishining tuzulishi. 

 Maskur ish kirish, 2 bob, 6 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar 

ro’yhatidan iborat. 

 

 

 



 

 



 

                



I. Bob  INSON KAPITALINING MOHIYATI VA AHAMIYATI 

          1.1. BARQAROR TARAQQIYOT VA INSON KAPITALI 

 

Inson kapitali degan tushuncha XX asr boshlaridan e’tiboran ilk daf’a 

muomalaga kiritilgan bo’lsa, XXI asr arafasida ishlab chiqarish, fan, ta’lim, siyosat, 

madaniyat va boshqa sohalarda bu atama keng qo’llanila boshlandi. Ta’kidlash 

zarurki, shu paytga qadar kapital so’zi mulk, boylik, erishilgan narsa sifatida 

tushunilib kelindi. Shuningdek, yaqin-yaqingacha kapital tushunchasi insondan 

ajratilgan holda tushunilar edi. Inson moddiy kapitalni yaratishda faqat vosita 

sifatida qaralar edi. Inson kapital uchun vosita emas, balki uning egasi, moddiy va 

nomoddiy kapitalni yaratuvchi va undan foydalanuvchi zot ekanligi odamlar va 

jamiyatlar tomonidan nixoyat XX asrning so’nggi choragida anglab yetildi. 

Xususan, o’tgan XX asrning 70-yillaridan boshlab, Amerika Qo’shma 

Shtatlari va Yevropa mamlakatlari olimlari Teodor Shuls, Geri Bekker, Sh.Rozen, 

F.Uelcha, B.Chizuika, Y.Ben - Poreta, M.Blauga va boshqalar insonni faqat tor 

yo’nalishda, muayyan kasbga tayyorlashdan ko’ra, umumiy yo’nalishda 

shakllantirish foydaliroq ekanligini asoslovchi asarlarni nashr etdilar. Bu asarlarda 

insonni umumiy yo’nalishda tayyorlash uni kasbiy va ijtimoiy himoyalash, ya’ni 

shavqatsiz bozor munosabatlari sharoitida ishsiz qolishdan muhofazalashda ko’mak 

berishi har tomonlama yoritib berildi. Ammo, bu asarlarda insonni kasbiy 

rivojlantirish ishlari uni insoniy ya’ni, ma’naviy yuksaltirish bilan qay tarzda 

uyg’unlashuvi o’z ifodasini topa olmadi. 

Xususan, Amerika iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyotida tub burilish yasagan 

mashhur tadbirkor va olim G.Ford jamiyat va aloxida olingan tashkilotning barqaror 

rivoji faqat va faqat inson qobiliyatlariga, kasbiy layoqatlariga va uning mas’uliyat 

darajasiga bog’lik ekanligini asoslab bergan va uning muhimligini qayta - qayta 

ta’kidlab kelgan. Bir so’z bilan aytganda, G.Ford inson kapitalini shakllantirish uni 

ko’prok umumiy rivojlantirishga bog’lik deb biladi. Ammo, G.Ford inson kapitalini 




 

shaxs duch kelishi mumkin bo’lgan ijtimoiy-iqgisodiy xavflardan uni himoyalash 



vositasi, deb biladi xolos. 

Umuman g’arb dunyosi ijtimoiy fanlarida inson kapitalini jamiyatning 

ma’naviy axloqiy holatini yaxshilash odamlarni obodonlikni yaratish, bunyodkorlik 

ishlariga safarbar etish yo’lidagi katta imkoniyat, deb talqin etilmaydi. Shaxsning 

mehnat jarayonida o’z-o’zini jamoaning, jamiyatning uzviy qismi, hamda 

atrofidagilarga ongli tarzda naf keltiruvchi inson sifatida anglay olish imkoniyati 

ochib berilmaydi. Shu tariqa shu vaqtga qadar yaratilgan ilmiy adabiyotlarda inson 

kapitali tushunchasi asosan biryoqlama, ya’ni, inson kapitali insonning o’ziga 

bevosita keladigan foyda yoki shaxsni ijtimoiy himoyalash imkoniyati sifatida 

tushunib kelindi.  

 Inson kapitali orqali faqat birgina insonning o’ziga emas, balki, boshqalarga 

ham naf keltirish mumkinligi, odamlar boshini yaxshilik, yaratuvchanlik yo’lida 

qovushtirish, bir so’z bilan aytganda, ma’naviyat bilan uyg’unlashtirishning zarurati 

masalasi o’rganilmay kelindi. 

       Ma’naviyat va inson kapitali uyg’unligi 

Inson kapitalidan to’g’ri foydalanish faqat bir tomonlama ya’ni, shaxsiy 

manfaat yo’lida emas, balki jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish zarurati kun 

tartibiga qo’yila boshlandi. 

Inson kapitalining tom ma’nodagi insoniy mohiyat kasb etishida 

ma’naviyatning, ya’ni, tarbiya omilining roli nechog’li muhim ekanligini anglash 

kuchaydi. Inson kapitalining ma’naviyat bilan uyg’unligi va ajralmasligi 

Prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch" kitobida ilk 

daf’a ilmiy asoslangan holda yorqin asoslab berildi. Ayniqsa, Prezidentimizning 

insondagi bilim va kompetentlikning mas’uliyat tuyg’usi bilan, iste’dodlar 

ro’yobini millatning orzu - intilishi bilan, kasbiy taraqqiyot natijasida erishilgan 

muvafaqqiyatlarni o’zlikni hamisha korporativ anglash zarurati bilan uyg’un tarzda 

tarbiyalash haqidagi dono muloxazalari e’tiborlidir. 



 

Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan tamoyil, ya’ni, inson omilini bilim 



va tarbiya bilan uyg’un tarzda shakllantirish pirovard natijada umumiy miqiyosda 

kuchli va yalpi taraqqiyotni, ya’ni ijobiy ma’nodagi "portlash effekti"ni yuzaga 

keltirishi to’g’risidagi ilmiy bashorati bugungi kunda o’zining to’la tasdig’ini topdi. 

Yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan barkamol shaxs konsepsiyasi 

asosida tahlil etganimizda inson kapitali tushunchasi mohiyat etiboriga ko’ra 

quyidagi ijtimoiy xususiyatlarni namoyon etadi: 

inson kapitali zamonaviy ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotning 



harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi; 

inson kapitalini rivojlantirish davlat jamiyat va shaxsning o’zidan jiddiy sa’y        



- xarakat va harajatlar talab etadi; 

inson kapitali bilim, tajribalar, strategik rejalar, odamlarning 



intellektual-ma’naviy darajasi, shuningdek, muayyan maqsadlari, qiziqish va 

layoqatlari sifatida ham milliy zahira hisoblanadi; 

inson kapitalini rivojlantirish maqsadida qilinuvchi harajatlar faqat yaqin vaqt 



mobaynida emas, balki uzoq istiqbolda ko’proq naf keltiradi

inson saloxiyati uning egasiga ko’rsatiladigan e’tibor va g’amxurlik 



natijasida inson kapitaliga transformatsiya bo’ladi. 


Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling