O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


Inson kapitaliga bilimlar ta’siri


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

Inson kapitaliga bilimlar ta’siri 

Taraqqiyot darajasining o’sib borishi, bozor munosabatlarining chuqurlashuvi 

mehnat bozoriga va xodim kasbining sifatiga bo’lgan talabni kuchaytirib boradi. 

Zero, zamonaviy bozor talablari ish bajaruvchi shaxsning har tomonlama va chuqur 

bilimlar egasi bo’lishini taqozo etadi. 

Ma’lumki, bilimlar pirovard natijada ko’rsatilayotgan xizmatlar yoki ishlab 

chikarilayotgan maxsulotlar sifatiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. 

Istiqlol yillarida O’zbekistonda mehnat salohiyati ham miqdor, ham sifat 

ko’rsatkichlariga ko’ra Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadlarni 

amalga oshirishga qodir kuchga aylandi. Chunki, o’tgan 22 yil mobaynida aholining 

ma’naviy-intellektual saviyasi, kasbiy layoqat darajalari keskin yuksaldi. 



 

Takidlash joizki, sobiq sho’rolar davrida odamlar o’z mehnatlarining 



natijalaridan manfaatdor emas edilar. Odamlar biror bir ishni bajarish

 

asnosida 



o’zlarini asosan ish jarayonining ishtirokchisi sifatida xis etar, qilgan ishlarining 

natijasi uchun o’zlarini manfaatdor deb ham, masul deb ham anglamasdilar. Istiqlol 

tufayli mehnat hodisasi muayyan ish faoliyat jarayonini ta’minlovchi vositadan 

so’nggi pirovard natijani qo’lga kiritishga ongli yo’naltirilgan omilga aylandi. 

Mustaqqillik sharofati bilan erishilgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy 

yutuqlarimizdan biri ham mehnat mazmunining mohiyatan o’zgargani bo’ldi. 

Inson kapitalini rivojlantirishda mehnat omilining roli bekiyosdir. Yaqin 

o’tmishda odamlar asosan muayyan vaqt doirasida ishlash hamda ish vaqti tezroq 

o’tishidan manfaatdor kayfiyatda yashar edilar. Ular o’z ish faoliyatlari natijasidan 

manfaat olishni o’ylamasdan va hatto bunday manfaatni umid ham qilmasdilar. 

Sotsiolog M.Veberning fikriga ko’ra, tez suratlar bilan rivojlanish yo’liga 

o’tgan jamiyatlarda inson omiliga keskin e’tibor kuchayadi. Tashabbuskorlik, 

innovatsion tafakkur qilish, nostandart holatlarda eng to’g’ri, maqbul yechim topa 

bilish, mas’uliyatni zimmaga olish salohiyatiga ega bo’lgan shaxslarga ehtiyoj tez 

orta boradi. 

Individlarga tayanishdan xar tomonlama chuqur bilimlarga ega shaxslarga 

tayanish tendensiyasining kuchayishi jamiyatdagi barqaror taraqqiyotning 

ifodasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizda bilimli, tashabbuskor, mas’uliyatli 

shaxslar tarbiyasiga ustuvor ahamiyat berib kelinmoqda. Istiqlolga erishilgan 

dastlabki yillardanok inson kapitalini rivojlantirishga keng qamrovli yondoshilib, 

uning mazmun doirasidagi quyidagi tarkibiy jihatlarga aloxida e’tibor 

qaratilmoqda. 

insonlarning mehnat salohiyati; 



salomatlik holati; 

intellektual darajasi; 



tashkilotchilik, tadbirkorlik salohiyati;                  

madaniy-ahloqiy rivojlanganlik darajasi; 




10 

 



ijtimoiy hamkorlik asosidagi faoliyat ko’lami; 

-o’z-o’zini, xodimlarni va tashkilotni boshqarish salohiyati. 

Hozirgi paytdagi mavjud ilmiy adabiyotlarda inson kapitalining qiymati 

jamiyat qoidalari va qonun talablariga monand yashovchi insonni hamda 

zamonaviy talablar darajasida ishlay oladigan mutaxasisni shakllantirish uchun 

davlat tomonidan sarf etilgan mablag’lar miqdori bilan belgilanadi, deb qayd 

etilmoqda. 

 Ta’kidlash joizki, inson kapitali uning egasidan ajralmaydigan va undan bu 

kapital uni hech kim tortib ola olmaydigan mulk sanaladi. Shu boisdan ham inson 

kapitali jamiyatning eng noyob qadiryati hisoblanadi va ijtimoiy taraqqiyotning 

bosh harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Oddiygina qilib aytganda, inson kapitali 

- bu har bir insondagi bilimlar, egallangan boy kasbiy tajribalar, yaratish, bun-

yodkorlikka yo’naltirilgan ijtimoiy mo’ljallardir. Inson kapitalini boyitishga 

yo’naltirilgan investitsiyalar doirasiga bilimlar orttirish kasbiy malakalarini 

oshirish, salomatlikni mustahkamlash, hamda yangi ma’lumotlarni topish, ularni 

egallab olish va bu ma’lumotlardan unumli foydalana olish saloxiyatini 

shakllantirishga qaratilgan faoliyatlar kiradi. 




Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling