O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Ҳalq ijodiyoti” fakulteti


Istiqlol yillarida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ijtimoiy tara-


Download 382.18 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana02.01.2022
Hajmi382.18 Kb.
#198270
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
inson kapitalini rivojlantirishda sanat va madaniyatning roli

Istiqlol yillarida inson kapitalini rivojlantirish masalasiga ijtimoiy tara-

qqiyotimizning ustuvor vazifasi sifatida qarab kelinmoqda.  

Mamlakatimizda tarbiya masalasiga Mustaqqillikning dastlabki kunlaridan 

juda katta e’tibor berildi. Chunki Mustaqqillik sharofati bilan qo’lga kiritilgan 

erkinlikni asrab avaylash, uni parvarish qilish, lozim bo’lsa uni shakllantirish har 

jihatdan kelgusi avlodga ularni bilimi, dunyoqarashi, shijoati va kelajagini qay 

darajada ko’ra bilishiga bog’likdir. 

    Prezident  Islom  Karimov  "Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch" asarida 

"Inson - o’z timsolida ham moddiy, ham ma’naviy xususiyat va alomatlarni 

mujassam etgan noyob xilqat, Yaratganning buyuk va sirli mujizasidir" deydi. Bu 

o’z o’zidan ko’rinadiki, inson nafaqat moddiy balki ma’naviy jihatlarni o’zida to’liq 

mujassam etishi lozimdir. Mamlakatimizda ma’naviy jihatdan yetuk va yuksak 



11 

 

bilimli, tashabbuskor, mustaqil fikirga ega yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor 



berilmoqda. Mustaqqillikning dastlabki kunlaridan boshlab inson kapitalini 

rivojlantirish masalasi (professor M.Bekmuradovning tadqiqotlariga asoslanib) 

insonlarning mehnat salohiyati, el sog’ligi-yurt boyligi, intellektualik darajasi, tash- 

kilotchilik va tadbirkorlik, o’z-o’zini, xodimlarni va tashkilotni boshqarish 

salohiyatiga bo’linadi. Insonlarning mehnat salohiyati nafaqat moddiy manfaat 

balki ularning, salomatligi, oilaning jipsligi, ongini yanada rivojlanishiga yaqindan 

yordam beradi. 

   Istiqlol  yillarida  O’zbekistonda  mehnat salohiyati ham miqdor, ham sifat 

ko’rsatkichlariga ko’ra Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan maqsadlarni 

amalga oshirishga qodir kuchga aylandi. Chunki, o’tgan 22 yil mobaynida aholining 

ma’naviy-intellektual saviyasi, kasbiy llayoqat darajalari keskin yo’qsaldi. 

Takidlash joizki, sobiq sho’rolar davrida odamlar o’z mehnatlarining natijalaridan 

manfaatdor emas edilar. Odamlar biror bir ishni bajarish asnosida o’zlarini asosan 

ish jarayonning ishtirokchisi sifatida xis etar, qilgan ishlarining natijasi uchun 

o’zlarini manfaatdor deb ham, masul deb ham anglamasdilar. Istiqlol tufayli mehnat 

hodisasi muayyan ish faoliyat jarayonini ta’minlovchi vositadan so’nggi pirovard 

natijani qo’lga kiritishga ongli yo’naltirilgan omilga aylandi. Mustaqqillik sharofati 

bilan erishilgan eng muhim ijtimoiy-ma’naviy yutuqlarimizdan biri ham mehnat 

mazmunining mohiyatan o’zgargani bo’ldi. 

Inson kapitalini rivojlantirishda mehnat omilining roli beqiyosdir. Yaqin 

o’tmishda odamlar asosan muayyan vaqt doirasida ishlash hamda ish vaqti tezroq 

o’tishidan manfaatdor kayfiyatda yashar edilar. Ular o’z ish faoliyatlari natijasidan 

manfaat olishni o’ylamasdan va hatto bunday manfaatni umid ham qilmasdilar. 

Bugun esa, boshqa sohalar singari, insonlarning mehnat salohiyatini oshirish 

masalasiga juda katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bunda kichik biznes va xususiy 

tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berildi. Mazkur sohani tez 

sur’atlar bilan taraqqiy toptirish va umuman, mamlakatni isloh etish va 

modernizatsiya qilish bo’yicha tanlagan O’zbek modeli bugun insonlar tafakkurida 




12 

 

to’liq shakillanib bo’ldi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 



mamlakatimizda bugungi kunda ishlab chikarilayotgan yalpi ichki maxsulotning 80 

foizini va mehnatga layoqatli aholining esa 70 foizini ushbu sektor ulushiga to’g’ri 

kelishi bejiz emas. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni 

ustuvor yo’nalish sifatida belgilanishi qanday omil va sabablar bilan bog’liq. 

Birinchidan, ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirishning asosiy 

manbai bo’lib xizmat qiladi. 

Ikkinchidan, iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo’shliqlarni to’ldiradi. 

Uchunchidan, aholi bandligi va daromadining o’sishini ta’minlaydi. Buni 

quyidagi raqamlarda ko’rish mumkin. 

To’rtinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning 

ijodiy va intellektual qobiliyatini ro’yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha 

har bir kishiga o’z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin 

tug’dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, 

o’z oldiga quygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga 

xizmat qilinmoqda. 

Bugun, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o’rta sinfni shakllantirish uchun 

muntazam xizmat qilinmoqda. O’rta sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik 

jamiyatning asosi bo’lib hisoblanadi. 

Aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va 

iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo’lgan, mamlakatimizni taraqqiyot va 

demokratik islohotlar yo’lidan rivojlantirishda faol kuch bo’lib maydonga 

chiqayotgan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda. 

Bundan atigi 20 yil avval O’zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli yo’q edi, 

bugun esa mavjud barcha xo’jalik sub’ektlarining 90 foizdan ortig’ini kichik biznes 

korxonalari tashkil etadi. Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning 54 foizi, ishlab 

chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22 foizi va qishloq xujalik 

mahsulotlarining 98 foizi aynan shu soha hissasiga to’g’ri kelmoqda. 



13 

 

So’nggi yillarda mamlakatimizda yalpi ichki maxsulot yiliga 8,2 foizdan kam 



bo’lmagan suratlar bilan o’sib bormoqda. Yalpi ichki mahsulot, 2000 yil bilan so- 

lishtirganda, 2,9 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,6 barobar oshdi. 

Bularning barchasi inson kapitalining tobora mustahkamlanayotganidan 

dalolat beradi. 




Download 382.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling