salomatlik holati;
Mamlakatimizda sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh, qilish va rivoj-
lantirish bo’yicha ham 2012 yilda izchil va aniq maqsadga qaratilgan ishlar amalga
oshirildi.
O’tgan yil davomida 154 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya
qilishga 255 milliard so’mdan ortiq mablag’ yo’naltirish, 7,5 ming o’ringa
mo’ljallangan shifoxonalarni va bir smenada 11 ming kishini qabul qila oladigan
ambulatoriya-poliklinika ob’ektlarini foydalanishga topshirish imkonini berdi.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan
jihozlash uchun Jamg’arma tomonidan 8 milliard so’mdan ortiq mablag’ ajratildi.
Respublika ixtisoslashtirilgan jarroxlik markazi ochildi. U zamonaviy, yuksak
texnologiyalarga asoslangan tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan, yurak-qon tomir
kasalliklariga chalingan bemorlarga jahon standartlari darajasida diagnoz qo’yish
va ularni davolash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |