O’zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali San'atshunoslik fakulteti Madaniyat va san'at sohasini ashkil etish va boshqarish yo’nalishi Ilmiy boshqaruv maktabi Bajardi: Sevinch Ostonova Tekshirdi
Download 78.28 Kb.
|
ILMIY BOSHQARUV MAKTABI
Rejalashtirish - boshqariluvchi obyektlarni rivojlantirish va modellashtirishni, prognoz qilishni о‘z ichiga oladi. Tashkil qilish esa ishlab chiqarish obyektining tuzilishini va boshqaruv tuzilishini tanlab olish hamda shakllantirishdir. Tizimning elementlari о‘rtasidagi munosabatlarni о‘zaro harakatini belgilashdir. Sozlash – tizimnnig turli elementlari о‘rtasida reja-topshiriqlardan chetga chiqib ketishga yо‘l qо‘ymaslikka qaratilgandir. Bundan tashqari, har bir xodimning faoliyatini sozlab borishni ham anglatadi. Nazorat qilish – ishlab chiqarishnnig amaldagi jarayonini va taraqqiyotini rejaga qanchalik muvofiqligini kuzatib va tekshirib turishdan, shuningdek, har bir xodim faoliyatini tekshirishdan iboratdir. Hisob-kitob qilish esa rejani qanday bajarilayotganligiga yakun yasashdir. Hisobga olish axborotlarni yakunlashga, uni tizimga solishga imkon beradi. Shuningdek, u mazkur tizimning keyingi davrga mо‘ljallangan ish dasturini ishlab chiqish uchun axborot bazasidan tо‘liq foydalanishga imkon beradi.
Boshqaruv tizimidagi tartibga tushirilgan maqomlar istalgan tuzilmaning meyorida faoliyat kо‘rsatishning muhim sharti hisoblanadi. Boshqaruvning asosiy tamoyillari quyidagicha: vakolatlilik – lozim vakolatini malakali bajarish uchun zarur bilim, tajriba va о‘quvga ega bо‘lish; insonparvarlik – xizmat xulqidagi insonni sevish va ezgu ahloqiy xislat, odamlardagi eng yaxshi shaxsiy ishga qobillik sifatlarini ochishga intilish; innovatsiyaviylik - yangilikni izlash, unga intilish ishtiyoqi, asosli tavakkal qila bilish qobiliyati; pragmatika – natijalarga kо‘ra ishlash, ish vaqtidan samarali foydalanish, faol investitsiya faoliyati; ortobiotiklik - о‘z hayotini qadrlay bilishni anglash, kelajakka bо‘lgan barqaror ishonch, atrof muhitga g‘amhurlik bilan munosabatda bо‘lish. Ma’muriy rahbar (“birinchi shaxs”) muvaffaqiyati kо‘p jihatdan u о‘z hokimiyatini boshqa rahbarlar bilan qanchalik bо‘lisha olishligiga va о‘ziga bо‘ysunuvchilarning ishbilarmonliklaridan qanchalik keng foydalana bilishiga bog‘liq. Shunga bog‘liq ravishda ma’muriy rahbar xatti-harakatining uch uslubini shartli ravishda farqlash mumkin: avtoritar : rahbar – bajaruvchi; byurokratik: boshqaruv “nomenklatura g‘ildiragi” – bajaruvchi; demokratik: rahbar – boshqaruv “ijtmoiy g‘ildiragi” – bajaruvchi; Boshqaruv faoliyati nazariyasi va amaliyoti menejer modelini yuzaga keltirdi. Mazkur modelga muvofiq u shudli shaxs bо‘lishi kerak. U istarasi issiqlik, ochiq kо‘ngillilik, oqillik va irodalilik kabi tizim tashkil etuvchi biologik sifatlarga ega bо‘lishi lozim. Menejer jismonan barkamol bо‘lishi kerak : sog‘lom tanda – sog‘lom aql deb bejiz aytilmagan. Ochiq kо‘ngillilikni menejer achinish va hamdardlik qilish kabi xislatlarda namoyon eta bilishligi, vijdon amriga quloq solishi kerak. Menejer fikrlaydigan о‘z aqliy qobiliyati nimalarga qodirligini bilishi va idroklay olishi lozim. Menejerda albatta mustahkam iroda bо‘lishi shart, chunki boshqaruv, bu hamisha hokimiyatdir. Menejerning madaniyatlilik darajasi - inson tafakkuri va badiiy ijodiyoti eng yaxshi natijalari darajasida bо‘lishlik xususidagi doimiy ehtiyoj, bu uning etika, estetika, siyosatshunoslik, sotsiologiya va psixologiya bо‘yicha bilimlari. Boshqaruv faoliyatiga antropologik yondashish menejerni keng kulturologik tayyorgarlikka ega bо‘lishi zarurligiga olib keladi. Antropologik bilimlar menejerga о‘z kasb vazifasini bajarish jarayonida odamlar bilan muloqotda bо‘lish va birgalikda harakat qilish, shaxsiy ishbilarmonlik sifatlarini namoyon eta bilish va eng yaxshi kasbiy natijalarga erishish uchun zarurdir. Bular ayniqsa ta’lim, servis, tibbiyot, savdo va tadbirkorlik kabi faoliyat sohalarida katta ahamiyat kasb etadi. Kо‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslik fanlari о‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Kо‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan. Rahbarlarni insonshunoslik bо‘yicha tayyorlashda Yevropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (Shveysariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’lim institutida qiziqarli tajriba tо‘plangan. Rahbarlar tayyorlash bо‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum. Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu antropologik bilimlar tizimi bо‘lib, uning mentaliteti faoliyatinnig sо‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taaluqli : boshqaruv psixologiyasi, boshqaruv pedagogikasi, boshqaruv odobi, boshqaruv sotsiologiyasi, boshqaruv ritorikasi, boshqaruv ortobiotikasi, boshqaruv imijshunosligi. Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - о‘quvlar majmui, shu tufayli antropologik bо‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot tо‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyasidan tо‘g‘ri foydalana bilishlik rahbarga faoliyatini yaxshi olib borishini kafolatlaydi. Download 78.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling