O’zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali San'atshunoslik fakulteti Madaniyat va san'at sohasini ashkil etish va boshqarish yo’nalishi Ilmiy boshqaruv maktabi Bajardi: Sevinch Ostonova Tekshirdi


Download 78.28 Kb.
bet2/8
Sana01.11.2023
Hajmi78.28 Kb.
#1736870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ILMIY BOSHQARUV MAKTABI

Boshqaruv nazariyasi nisbatan yangi fan tarmog‘i bо‘lib, obyektiv borliqni ilmiy bilishga asoslanadi. U о‘z faoliyatini bir qator tabiiy va ijtimoiy fanlar zaminida kо‘radi. Boshqaruv jarayonining mohiyati va qonunlarini aniqlash, bu jarayonda sodir bо‘ladigan munosabatlarni ochib berish, uning tizimini ishlab chiqish va boshqaruv subyektining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish boshqaruv nazariyasining vazifalaridir.
Demak, mehnatning har qanday shakli boshqaruvchiga ma’lum darajada muhtojdir. Boshqaruvchi о‘z jamoasi ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Boshqaruvchi ishlab chiqarish organizmning mustaqil a’zolari harakatidan farq qilib, butun organizm harakatidan kelib chiqadigan umumiy vazifalarni bajaradi. Obrazli qilib aytganda yakka skripkachi о‘zini-о‘zi idora qiladi. Lekin orkestr dirijyorga muhtojdir. Demak, tо‘g‘ri boshqaruvning muhim sharti - boshqaruvchining, ya’ni rahbarning faoliyatidir.
Boshqaruvning mohiyati obyektiv va subyektiv shart-sharoitlarini shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mо‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. Shuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning о‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bо‘lgan samarali sharoit yaratadi.
Menejer modeli.
Rahbar - menedjer, u odamlar bilan ishlaydi, ularning kasbiy yutuqlari va xavfsizligi uchun javob beradi, vazifalarni bajarish uchun ular kuch-g‘ayratini uyushtiradi va uyg‘unlashtirishni amalga oshiradi.
Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy sohalarni о‘z ichiga qamrab oladi. Shunga muvofiq tarzda boshqarishning ham uchta asosiy yо‘nalishi mavjuddir. Eng asosiysi, iqtisodiy boshqaruvdir. Chunki, iqtisod – moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayoti va taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan hozirgi davrda iqtisodni boshqarishga jiddiy e’tibor berilayotgani bejiz emas. Milliy tiklanish iqtisodni qayta qurishdan boshlanadi. Iqtisodiy jihatdan О‘zbekistonning rivojlangan mamalakatlarga yetib olishi iqtisodiy boshqaruvni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ijtimoiy-siyosiy boshqaruv kishilarning turli jamoalari (ijtimoiy guruhlar, millatlar, jamoalar va b.) о‘rtasidagi munosabatalarni boshqarishdir. Boshqaruvni bu turining asosiy mohiyati - turli guruhlar ittifoqini yanada mustahkamlash va taraqqiy ettirishdan iborat.
Mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishida boshqarish katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, barcha ishimizning va rejalarimiz taqdiri kо‘p jihatdan jamoa munosabatlarining takomillashuv darajasiga, “ijtimoiy mikroiqlim”ning sog‘lom bо‘lishiga bog‘liqdir. Shu jihatdan bu turdagi boshqaruvdan kо‘zlangan maqsad davlat boshqaruvini takomillashtirib, ijtimoiy о‘z-о‘zini idora qilishga aylantirishdir.
Jamiyatni va ayrim a’zolar ma’naviy rivojlanishini boshqaruv – boshqarishning yana bir asosiy turidir. Ilmiy texnika rivojlanish asrida ma’naviy ishlab chiqarish sohasini boshqarish g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu shakldagi boshqarish, о‘quv muassasalari, xalq ta’lim organlari, fan, adabiyot, san’at, madaniyat sog‘liqni saqlash kabi sohalarni boshqarishni о‘z ichiga oladi.
Boshqaruv inson miyasiga taqqoslanadi, bunda shaxsning yaratuvchilik imkoniyatlari mujassamlangan, undan uning ijodiy qobiliyati namoyon etilishiga kо‘rsatma beriladi. Insoniyat tomonidan fan-texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvafaqqiyatlar tobora oshirilib borishiga kо‘ra boshqaruv faoliyatining ilmga bо‘lgan talabi ham tо‘xtovsiz о‘sib boradi. Bunday ilmiy yondashish ehtiyojini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:
- Birinchidan, boshqaruvning nodir xususiyati : biror yо‘qdan muayyan nimanidir qilish, tarqoq unsurlardan tizim tuzish.
- Ikkinchidan, rahbar tasarrufida bо‘lgan yoki u javobgar hisoblangan qadriyatlar kо‘lamining jadal oshishi.
- Uchinchidan, insonlar kuch-g‘ayratiga asoslangan boshqaruvning yaratuvchilik samarasi rahbariyatdan har tomonlama ma’lumotlilik, о‘z kasbini ustasi bо‘lishlik va tizimli yondashishni talab qiladi.
Boshqaruv faoliyati о‘z mohiyati va xususiyati bо‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatga ega.
Ma’muriy rahbarlar boshqaruv bо‘yicha kuch-g‘ayratining uchdan ikki qismini о‘z xodimlari orqali amalga oshiradi, ya’ni ularning qadr-qimmati maqsadni kо‘zlash, xodimlarni ishga jalb eta bilish, jamoadagi о‘zaro munosabatni belgilay bilish iqtidori bilan о‘lchanadi.
Boshqaruv, bu hamisha hukmronlik, insonlar ustidan amr etishlik imkoni, lekin, hokimlik oqilona bо‘lishi lozim. Yuqori malakali rahbarlarning mavjudligi jamoa ishi samaradorligining hal qiluvchi shartidir. Har qanday tashkilotning meyorda faoliyat kо‘rsatishi boshqaruv tizimidagi hokimiyatni tо‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq.
Har bir rahbarning hokimlik imkoniyati uning lavozim vakolatiga kо‘ra belgilanadi, bu ular xizmat vazifasini bajarish uchun zarur. Oldindan kо‘ra bilish, rejalashtirish, uyg‘unlashtirish, nazorat qilish, rag‘batlantirish, о‘qitish, ijtimoiy aqlni tuzish rahbarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Eng yuqori hokimlik imkoniyatiga “birinchi shaxslar” – tuzilmaga boshchilik qiluvchilar (OTM rektori, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni direktorlari va b.lar) egadir. Ular tashkilot hayotiy faoliyati istiqbol dasturini belgilab beradi, kadrlar siyosatini amalga oshiradi. Ancha quyi darajadagi rahbar (“ikkinchi” va “uchinchi” darajali shaxs)lar birinchi shaxslar ularga bergan vakolat doirasida ish yuritadi.
Ishlab chiqarishni boshqarish omillari deganda - boshqaruv mehnatining maxsus turlarini, boshqariluvchi obyektlarga ta’sir kо‘rsatishning yо‘nalishlarini tushunmoq kerak. Rejalashtirish, tashkil qilish, sozlash (koordinatsiya qilish), nazorat qilish, hisob-kitob qilish boshqaruv omillari hisoblanadi .

Download 78.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling