O’zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali San'atshunoslik fakulteti Madaniyat va san'at sohasini ashkil etish va boshqarish yo’nalishi Ilmiy boshqaruv maktabi Bajardi: Sevinch Ostonova Tekshirdi


Режадаги (ёки мўлжалдаги) стратегия


Download 78.28 Kb.
bet7/8
Sana01.11.2023
Hajmi78.28 Kb.
#1736870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ILMIY BOSHQARUV MAKTABI

Режадаги (ёки мўлжалдаги) стратегия




Амалдаги стратегия



Шароит ўзгаришига мослашувчанлик муносабати




Tashkilot strategiyasi bir vaqtning о‘zida ham rejadagi va adaptiv (moslashuvchan) hisoblanadi.
Tashkilot strategiyasini tez-tez "zargarona sozlash" yoki boshqarish odatdagi hol hisoblanadi. Bular tashqi va ichki о‘zgarishlar miqdori sezilarli darajada jamlanishi bо‘yicha amalga oshiriladi. Shuning uchun strategiya uzoq muddat mobaynida kamdan-kam holdagina о‘zgarmay qoladi. Biroq strategiyani tubdan о‘zgartirish kamdan-kam yuz beradi, qoidaga kо‘ra, tang vaziyatlardagina shunday bо‘lishi mumkin. Strategik kо‘ra bilish va vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi va strategiyani qabul qilish, bu rivojlanish yо‘nalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish. Strategiyani joriy etish asosiy ma’muriy vazifadir, u о‘z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
- strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qobil tashkilot tuzish;
- strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bо‘lgan resurslarni yо‘naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish;
- kо‘zlangan maqsadga jadal erishishga yо‘naltirilgan asoslashni xodimlar uchun ishlab chiqish;
- mukofotlash tizimini qо‘yilgan maqsadyaarga erishish natijalari bilan boglash;
- tashkilotda strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat tug‘diruvchi muhit va ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish;
- tashkilotning har bir azosiga kunma-kun о‘z vazifasini samarali bajarishiga imkon beradigan qо‘llab-quvvatlash ichki tizimini barpo qilish;
- muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (malaka oshirish yoki qayta tayyorlashni) tatbiq etish;
strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni muntazam yaxshilash uchun zarur bо‘lgan ichki yetakchilik tizimini joriy etish.
Ma’muriy vazifa nima qilinayapti va strategiyani samarali amalga oshirish uchun nimalarni qilish kerakligining mutanosibligiga erishishdan iboratdir.
Strategiya bilan tashkiliy imkoniyatlar, strategiya bilan mukofotlash tizimi, strategiya bilan qо‘llab-quvvatlash ichki tizimi, shuningdek strategiya bilan tashkiliy madaniyat (qadriyatlar va e’tiqodlar shaklida namoyon bо‘luvchi) о‘rtasida mutanosiblik qancha yuqori bо‘lsa, strategiya shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Download 78.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling