O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Download 40.67 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Tasdiqlayman”
- B) Kollokvium (ijodiy suhbat
- Jami 75,6
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI “Kiritildi” O‘zDSMI rektori
“Tasdiqlayman” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
_______«___»____2016 yil
IJODIY (KASBIY) IMTIHONI DASTURI VA BAHOLASH MEZONI
5150200 San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) ta’lim yo‘nalishi uchun
2 Dastur O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2016 yil 29 iyundagi 11-sonli majlis bayoni.
Tuzuvchilar: «San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi mudiri, dotsent A.Z.Rizayev
«San’atshunoslik va madaniyatshunoslik» kafedrasi katta o‘qituvchisi F.M.Abduvohidov
Taqrizchilar: San’atshunoslik fanlari doktori M.To‘laxo‘jayeva
“San’at” jurnali bosh muharriri, s.f.d. D.M.Qodirova
3
Kirish
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida xujjatlarni qabul qilish va kirish imtixonlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlari” ga qabul qilish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi. Ixtisos bo‘yicha kirish imtixonlar, har bir ixtisos uchun ta’kidlangan qabul talablariga muvofiq ravishda o‘tkaziladi. Ixtisos bo‘yicha imtixon o‘tkazilishining ketma ketligi, har bir Oliy o‘quv yurtining qabul komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi va har yili qabul qilish qoidalari ko‘rsatiladi. Ixtisos bo‘yicha imtixonning biron-bir bo‘limida professional yaroqliligi yetarlicha bo‘lmagan shaxslar aniqlansa, keyingi bo‘limlarni topshirishga va boshqa imtixonlarga kiritilmaydi. Kirish imtixonlarga San’atshunoslik “kino san’ati tanqidi va tahlili” ixtisosligi bo‘yicha - maxsus ijodiy tanlovdan o‘tgan abiturentlar kiritiladi. Bu jarayon oliy o‘quv yurtning qabul komissiyasi o‘rnatgan tartibi bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga xujjat topshirayotgan abiturentlarga imtihonlar oldidan konsultatsiyalar o‘tkaziladi. Konsultatsiyalarning maqsadi - qabulning shartlari bilan tanishtirish, oliy o‘quv yurtiga kirishni xoxlovchilarning qobiliyatini va tayyorgarlik darajasini aniqlash hamda ko‘maklashishdan iboratdir. Konsultatsiyalar mobaynida pedagoglar, abituriyentni tanlagan ixtisosiga o‘qitish imkoniyatiga qarab, o‘z tavsiyalarini berishadi.
Fanning maqsadi va vazifasi
Kinoshunos Respublikaning san’at va madaniyat, xususan kino muassasalarida, ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, internet) gazetalar, jurnallar, nashriyotlarda, ijodiy, tahliliy, tanqidiy va badiiy boshqaruv faoliyatlarini olib boradi.
Kino san’atining zamonaviy va tarixiy jarayonidagi san’at voqea va hodisalari, tamoyillari to‘g‘risida ommabop va muammoli maqolalar, kino san’ati to‘g‘risida ilmiy- ommabop asarlar, turli kinofilmlar haqida taqrizlar yaratadi, kinova kino ijodkorlari haqida fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
Ushbu yo‘nalishning bitiruvchilari professional kinoshunos va kinotanqidchilar bo‘lish, ular orasidan ijodiy imkoniyatlari yuqorilari hamda mualliflik ishlariga intilishlari kuchlilari kinodramaturg hamda kinorejissyor yetishib chiqishi, soha bitiruvchilari orasidan ssenaristlar va ssenograflar ham yetishib chiqishi mumkin. Kino san’atiga bag‘ishlangan turli jurnallar, gazetalar hamda turli nashrlarda muharrirlik faoliyatlarini olib borishlari mumkin.
Abituriyent bilimiga qo‘yiladigan talablar
San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) bo‘limiga kino san’at turlaridan xabardor, ularning har biriga xos xususiyatlarni biluvchi va yaxshi his qiluvchi, obrazli fikrlashga moyil, jahon va o‘zbek kino san’atining ulug‘ namoyondalari ijodi bo‘yicha mustaqil ravishda qalam tebratish salohiyatiga ega yoshlar qabul qilinadilar. Buning uchun ular “Davlat granti” va “To‘lov-shartnoma” asosida ixtisoslikka moyilligini belgilovchi sinovlarda qatnashishlari mumkin.
4 San’atshunoslik (kino san’ati tanqidiva tahlili) bo‘limiga kiruvchilar quyidagi ikki bosqichdan iborat ixtisoslik sinovlarida qatnashadilar: a) Yozma ish: San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) – bu ilmiy - ijodiy kasb. Ijod bilan bog‘liq barcha kasblar qatori San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) ham insondan tabiat bergan, ilmiy va ijodiy fikrlash, uni badiiy mantiqiy to‘la-to‘kis holda qog‘ozga tushira olish ( yoza olish) qobiliyatini talab qiladi. Yozma ishning asosiy vazifasi talabgorda ana shu qobiliyat qay darajada bor yoki yo‘qligini aniqlashning mezonlaridan biri sanaladi.
Asosan “Yozma ish”- bu berilgan mavzu asosida adabiy – tahliliy yoki tanqidiy mazmundagi teatrshunoslik inshosi hisoblanadi.
Berilgan mavzu yirik kino arboblarining ijodiiy faoliyati haqida portretlar, mashhur badiiy filmlarga taqrizlar, kinossenariylarning tahli, taniqli kinorejissyorlarning ijodlarini yorituvchi tahliliy ishlar, kino san’atining turlari va janrlari haqida bo‘lishi mumkin. Shuningdek mustaqil O‘zbekistonda san’at sohalari ma’naviy-ma’rifiy, badiiy – estetik tarbiyaning asosiy vositasidan biri deb qaralayotgani, kino san’ati ma’naviy- ma’rifiy sohalarini rivojlantirish uchun xizmat qilayotganligi ham insho mavzularidan bo‘lishi mumkin.
Inshoda talabgorlarning mustaqil ijod qila olishi, yozish qobiliyati, kino san’ati zamonaviy va tarixiy jarayonlaridan xabardorligi, savodi, ilmiy, adabiy va badiiy tafakkur darajasi, fikrlarini mantiqiy asoslashi va izhor qilish imkoniyatlari aniqlanadi. Shuningdek, inshoning g‘oyasi, fikrlarining salmoqdorligi, asosliligi izchilligi va kompozitsion tizimining yorqinligi ham tekshiriladi.
Ijodiy suhbatda - kiruvchining umumiy bilimi, madaniy va g‘oyaviy saviyasi, idrok va zakovat darajasi, badiiy didi va estetik qarashlari, kino san’ati tur va janrlari, teatr tarixidan muhim lavhalar haqida, bugungi kun jahon va o‘zbek kino san’atining yutuv va muammolari haqida, kino san’ati maktablari haqida, jahon va o‘zbek kino san’ati nomoyondalari va boshqa san’at turlaridan qanchalik xabardorligi, fikrlashi, mantiqli tahlil qilishi, asoslash qobiliyatlari aniqlanadi.
Shuningdek ijodiy suhbatda talabalarning ijodiy tashkilotchiligi, irodasi, ijtimoiy hayot haqidagi maslagi, e’tiqodi, fe’l-atvori, maqsadini amalga oshirishdagi intilishi, bir qarorga kelishidagi ziyrakligi, hozirjavobliligi, dadilliligi, tadbirkorligi, atrofdagilarga o‘z fikrini uqtirishdagi izchilligi, ta’lim-tarbiyasi sinaladi.
Shu jarayonda talabgorlar shaxsiy hujjatlari, yaratgan, matbuotda yoki nashriyotlarda chop etilgan maqolalari va boshqa asarlari bilan tanishiladi.
Olingan barcha natijalar umumlashtirilib talabgor imkoniyatlari bal shaklida baholanadi. Ijodiy ish 75,6 ball yagona baholash mezoni bo‘yicha baholanadi. Ijodiy ishda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball mikdori 75,6 ball, deb belgilanadi.
5
Ijodiy (kasbiy) imtihonda abituriyent tomonidan bajarilgan amaliy ish quyidagi mezon asosida baholanadi: № Aniqlash belgilari ball 1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining san’at va madaniyatga, xususan kino san’atiga oid Farmonlari haqida tushunchasi (1-5)
2. Kino san’atining zamonaviy va tarixiy jarayonlaridan xabardorligi hamda o‘tkazilgan kino festivallar haqida tasavvuri (1-5) 3.
Kino filmlarning turlari va janrlari to‘g‘risidagi tahliliy fikr- mulohazalari (0-5) 4.
Badiiy va hujjatli filmlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi tahliliy fikr-mulohazalari (0-5) 5.
Ssenografiya, tasviriy va musiqa san’ati to‘g‘risidagi tushunchasi (0-5) 6.
Kinoshunoslik haqida bilim va tasavvuri (0-5)
7. Kino va kino san’ati ijodkorlari faoliyati aks ettirilgan maqola va taqrizlardan xabardorligi, kinoshunoslar faoliyatini o‘rganganligi (0-5) 8.
Zamonaviy qahramonning obrazini kino san’atida badiiy yoritilishi xususiyati haqidagi tahliliy fikr-mulohazalari (0-5) 9.
Fikrni mantiqiy ifodalash qobiliyati (0-5)
10. Yozma ish xulosasi (0-5)
11. Kino va xujjatli filmlarni tahlil etish qobiliyati (0-5)
12. Mazmun va ifoda mosligi (0-5)
13. Mavzuning yoritilish darajasi (0-5) 14. Savodxonligi (imloviy, orfografik, stilistik xato) (0-5) 15. O‘zbek kino san’atining bugungi jarayonlari, kinorejisssura, aktyorlik va ssenaristlar faoliyatidan xabardorligi hamda tahliliy baholash imkoniyatini namoyon etganligi (0-5,6)
5. Ijodiy (kasbiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi 5150200 San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) bakalavrlik ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar jadval asosida belgilangan kunlarda 1-tur bo‘ycha yozma ishi yozadi. 2-turda kino san’ati bo‘yicha yakka suhbatdan o‘tishadi. Yozma ishda abituriyentlar kino san’ati bilan bog‘liq barcha kino janrlari turlari bo‘yicha ilmiy va ijodiy fikrlashi va badiiy mantiqiy to‘la-to‘kis holda qog‘ozga tushira olish (yoza olish) qobiliyatini talab qilinadi. Yozma ish berilgan mavzu asosida adabiy – tahliliy yoki tanqidiy mazmundagi teatrshunoslik inshosidir. 2-turda yakka tartibda ijodiy suhbatda abituriyentning kino san’atidagi g‘oyaviy saviyasi, idrok va zakovat darajasi, badiiy didi va estetik qarashlari, kino turi va janrlari, kino tarixidan muhim lavhalar, bugungi kun jahon va o‘zbek kino san’ati yutuq va muammolari, kino rejissyorlari va
6 aktyorlari yaratgan maktablari, jahon va o‘zbek daramaturgiyasi nomoyondalari, fikrlashi, mantiqli tahlil qilishi, asoslash qobiliyatlari aniqlanadi. Ijodiy imtihonlar qabul komissiyasi tomonidan shakllantirilgan guruhlar 30 nafar abituriyentlardan iborat bo‘lib, ijodiy imtihon guruhlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Ijodiy imtihonlar maxsus qurollar bilan jihozlangan xonalarda o‘tkaziladi. 6. Apellyatsiya tartibi Abituriyentlar tomonidan ijodiy (kasbiy) imtixon natijalari bo‘yicha institut qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash ha’atiga natijalar e’lon qilingandan kundan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmunida faqat o‘zining ballari haqida bo‘lsa qabul qilinadi, lekin boshqa abituriyentlar haqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.
Download 40.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling