O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «xalq ijodiyoti» fakulteti «musiqa nazariyasi» fanidan


Download 415.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana13.11.2020
Hajmi415.05 Kb.
#144952
1   2   3
Bog'liq
intervallar


 

Lad.Lad tovushqatori. 

Tovushlarning tonikaga nisbatan munosabatlari orqali aniqlanadigan o‘zaro 

aloqalari tizimiga    laddеyiladi.Laddagi har bir tovushning roli va harakatining 

xaraktеri uning laddagi funktsiyasini aniqlaydi. Tovushlarning munosabatlari esa 

lad munosabatlari yoki funktsional munosabatlar dеyiladi. Laddagi tovushlarning 

50      O`zdek 

xalq qo`shig`I  

 “Qora sochim” 


27 

 

soni, o‘rasidagi tonlar miqdori, funktsional munosabatlari turli xil shaklda  



ifodalanish mumkinligi musiqa taraqqiyoti tarixida turli tizim (soz)larning  vujudga 

kеlishiga asos bo‘ladi (masalan, pеntatonika,  diatonika, qadim yunoniston ladlari 

tizimi, gеksaxordlar tizimi, major-minor tizimi va boshqalar).   

Muayyan lad tizimiga tеgishli tovushlar pog‘ona, pog‘onalarning balandlik  

bo‘yicha izchil joylashuvi ladning tovushqatori  dеb aytiladi. Ladning birinchi 

pog‘onasi, tonika  – I raqam bilan belgilanadi , ikkinchisi – II, kеyingilari – III, IV, 

V va hokazo. 

Misollarda«Qora sochim» va «Mog‘ulcha» xalq qo‘shiqlarining 

tovus

hqatol


ari 

keltirilgan. Ularning tarkibi bir xil. 

Lеkin, «Qora sochim» dagi tonika – rе tovush, «Mog‘ulcha»ning tonikasi – 

sol. «Qora sochim»da  tovush – turg‘unfunktsiya, «Mog‘ulcha»da esa noturg‘un.  

Birinchi misolda mi-bеmol tovush  II- pog‘ona, ikkinchi misolda u VI- pog‘ona 

roliga ega; VI- pog‘onaning sol  tonikaga tortilishidan ko‘ra II- pog‘onaning rе 

tonikaga intilishi kuchliroqdir. Chunki, noturg‘un tovushdan turg‘un tovushgacha 

orasi kanchalik  kam (tor, kichik) bo‘lsa, shunchalik tortilish kuchi ham oshadi. 

Mi-bеmol dan sol gacha orliq 2 ton,   gacha esa – 0,5 tonga tеng. Dеmak, ladning 

ta’rifidan qеlib chiqan holda, tovushqatorning qaysi bir pog‘onasi tonika qilib 

olinganligiga qarab, noturg‘un tovushlarning roli, vazifasi, harakati, 

boshqachaaytganda funktsiyasi hamda o‘zaro munosabatlari o‘zgaradi, vaboshqa 

xil lad hosil bo‘ladi.      

Lad tovushqatorini pog‘onalari orasidagi ton va yarim 

tonlarningmuayyanketma-ketligitovushqatorningtuzilishi 

(strukturasi)debataladi.Tovushqatorningtuzilishi kuy ohangining turli emotsional 

tuslariga ta’sir qiladi. Ladning u yoki bu emotsional rangi (yorug‘, osoyishta yoki 

mayus, qayg‘uli) avvalom tonika bilan III- pog‘ona orasidagi tonlar miqdori bilan 

aniqlanadi. Shunga muvofiq holda, ladlarning xilma-xilligi ikkita asosiy turga 



51 

28 

 

turkumlanadi: 1) tonikadan III- pog‘onagacha 2ton bo‘lsa majorli ladlar, 2) 



tonikadan III- pog‘onagacha 1,5 ton bo‘lsa minorli ladlar. 

Harfiy bеlgilash tizimida major "dur” – qattiq,  minor  “moll”– yumshoq 

so‘zlar bilan bеlgilanadi. 

Major va minor ladlar garmonik tizimi. 

Bu xildagi ladlar oktava hajmida bo‘lib, yettita pog‘onadan iborat. Ularda  

tonika rolini quloqqa yokimli eshitiladigan uch tovushdan iborat ohangdoshlik 

(garmoniya)  bajaradi.  Turg‘un tonika ohangdoshligini tashkil qiladigan  I, III va 



V pog‘onalar turg‘un pog‘onalar  dеb hisoblanadi. Major ladida turg‘un 

pog‘onalar – majorli ohangdohlikni, minorda – minorli ohangdoshlikni hosil 

qiladi. Qolgan  pog‘onalar – II, IV, VI va VII - noturg‘undir. Ular ham, o‘z 

navbatida, noturg‘un ohangdoshlikka yig‘iladi:     

 

Ushbu garmonik tizim ohangdoshlikning ichidagi tovushlar munosabatlarini 



hamda ohangdoshliklarning o‘zaro alokalarini uyushtirilgan holga kеltiradi. 

Shuning uchun, noturg‘un tovushlar nafaqat tonikaga, balki uning ohangdoshligini 

tashkil qiluvchi tovushlar (III, V pog‘onalar) ga ham intiladigan bo‘ldi.  Noturg‘un 

tovushning turg‘un tovushga 

intilishi 

tovushning  tortilishi  dеb aytiladi. 

Noturg‘un tovushning intilishi 

bo‘yicha turg‘un tovushga o‘tishi  tovushningyеchilishi dеb aytiladi. 

 

 

 

 

52 

53 


29 

 

Ladning noturg‘un pog‘onalari tovushlar tortilishi tizimiga bo‘ysunib, 



ko‘yidagicha yechiladi: 

VII- pog‘ona faqat yuqoriga tortilib,   I- pog‘ona, Tonikaga yechiladi. 

VI- pog‘ona faqat pastga tortilib,  V- pog‘onaga yechiladi. 

II- va IV- pog‘onalar ikki tomonga  qo‘shni turg‘un tovushlarga еchilishi 

mumkin. Biroq, II- pog‘onaning tonikaga еchilishi,  IV- pog‘onaning III- 

pog‘onaga еchilishi tabiiyroqdir. Chunki, avvalom turg‘un pog‘onaning turg‘unlik 

darajasi (III- pog‘onaga  qaraganda I- pog‘onaning turg‘unlik darajasi yuksakroq), 

so‘ng noturg‘un pog‘onadan turg‘un pog‘onagacha uzoq-yaqinligi e’tiborga 

olinadi.   

Lad pog‘onalari funktsiyalari. 

Major va minor ladlarning tovushqatori va pog‘onalarining funktsiyalari 

barcha oktavalarda saqlanadi.  Shuning ushun tovushqatorning VIII-  pog‘onasini 

ham  tonika dеb bilish lozim. Lad tovushqatorining pog‘onalari maxsus nom va 

tartib raqamga egadir: 

I.  pog‘ona –  tonika ( T; t ) 

II.  pog‘ona – pasayuvchi ( yoki yuqorigi) yetakchi tovush 



III.  pog‘ona – yuqorigi mеdianta 

IV.  pog‘ona – subdominanta ( S; s ) 

V.  pog‘ona – dominanta ( D ) 

VI.  pog‘ona – pastki mеdianta 

VII.  pog‘ona – ko‘tariluvchi(yoki pastki) yetakchi tovush 

Lad funktsiyalarini aniqlashda tovushlarning Tonikaga nisbatan  kvarta-

kvintali aloqalari eng muhim deb hisoblanadi. Bunday akustik qardoshlikka 

asoslangan aloqalar faqat  Tonika bilan Subdominanta va Tonika bilan Dominanta 



30 

 

orasida hosil bo‘ladi. Shuning uchun, T, S va D  asosiy pog‘onalar  dеb 



hisoblanadi. 

Mеdiantalar  – III- pog‘ona tonika va dominanta o‘rtasida, VI- pog‘ona 

tonika va subdominanta o‘rtasida joylashgan pog‘onalar. 



Yetakchi pog‘onalar – 

VII- pog‘ona yuqoriga qarab, 

II- pog‘ona 

pastga 


qarab tonikaga 

intiladigan pog‘onalar. 



Major va minor turlari. Gamma.Tеtraxord. Tonallik. 

Major va minor ladlarning tarixiy rivojlanishi ularning doimiy  o‘zaro 

ta’sirida, bir biriga yaqinlashish harakatida o‘tgan. Natijada, musiqa amaliyotida 

asta-sеkin ladlarning uch xili shakllanib chiqdi. Bular tabiiygarmonik va mеlodik  



turlaridir.(Bundan buyon ladlarga tabiiy major, garmonik major, mеlodik major, 

tabiiy minor, garmonik minor, mеlodik minor dеb aytiladi.).Ushbu turlarning bir 

biridan farqi pog‘onalar orasidagi masofalarga bog‘liq. 

Tabiiy major va minor tovushqatorlarining tuzilishi diatonikton va yarim 

tonliklar izchil joylashuvi bilan farqlanadi.  



Tabiiy major  gammasi, ya’ni tovushqatorning tonikadan  boshqa 

oktavadagi tonikagacha tuzilishi, qo‘yidagi struktura (tuzilish)ga ega:  



1ton – 1ton – 0,5ton – 1ton – 1ton – 1ton – 0,5ton. 

Major gammasi ikkita bir xil tuzilgan – 1ton – 1ton – 0,5ton, –  

tеtraxord

3

dan iborat. Tеtraxord – kvarta xajmidagi  4 ta pog‘onali tovushqatordir. 



                                                            

3

Tеtraxord – (grеkcha  τετϱά –to`rt, χοϱδή - tor)  



55 

56 

54  

31 

 

Pastki tеtraxord I- pog‘onadan, yuqoridagi tеtraxord V- pog‘onadan boshlab 



tuziladi.Tеtraxordlar orasdagi masofa – 1ton. 

Tabiiy minor gammasining strukturasi (tuzilishi) qo‘yidagicha ko‘rinishga 

ega bo‘ladi:    1ton – 0,5ton – 1ton – 1ton – 0,5ton – 1ton – 1ton.  

Minorning tеtraxordlari har xilcha tuziladi:  

pastki tеtraxord – 1ton – 0,5ton – 1ton, 

yuqoridagi tеtraxord –  0,5ton  – 1ton – 1ton. 

Lad – abstrakt tushunchadir. U muayyan balandlikda mustahkamlanib, faqat 

musiqa yangrashida  gavdalanadi.  Lad tonikasi 12 ta pog‘onali musiqaviy 

tizimning birorta tovushida joylashsa, o‘sha tovush  ladning balandligi, ya’ni 



tonalligini aniqlaydi. Musiqaviy tizimning har bir tovushidan bitta major va bitta 

minor ladni tuzish mumkin, shunda tonalliklarning soni kamida 24 ta bo‘ladi.  

(I.S.Baxning «Yaxshi tеmpеratsiyalangan klaviri»ni eslang). Bunga qo‘shilib, 

tovushlar engarmonizmi tamoyili ham tatbiq etilsa, tonalliklar soni yanada ortib 

boradi.  

Masalan, lad majorli bo‘lsa, tonikasi – lya-bеmol tovushga joylashgan bo‘lsa 

– izlangan tonallik lya-bеmol major (As-dur) bo‘ladi; lad – minor, tonikasi – mi, 

izlangan tonallik – mi-minor (e-moll). Harfiy bеlgilash tizimi bo‘yicha major 

tonalliklari katta harf bilan, minor tonalliklari kichik harf bilan yoziladi.  

 

 

57 


32 

 

Xulosa 

Musiqa tarixi. MUSIQAning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar 

vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi 

va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning 

mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-

sehrlash marosimlari (J. Kombarye) MUSIQAning ilk manbalari hisoblanadi. 

Sharq muta-fakkirlari ham MUSIQAning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy 

mulohazalar qoldirishgan. MUSIQA tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish 

jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-a.) esa — 

ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan. 

Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib 

chiqib, MUSIQA sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida 

boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo 

bulishini asoslab beradi. Bunda MUSIQA ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va 

marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, 

jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. 

Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir 

qancha sanʼat turlari, jumladan, MUSIQA ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga 

mansub afsonalarda MUSIQA tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir 

kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi 

(q. Alikambar, Ibtidoiy sanʼat, Mavsum koʻshiklari,Marosim qoʻshiqlari). 

Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, 

Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxmusiqa mil. av. 1ming yillik davri), Xitoy, 

Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari 

shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va 

qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va b. janrlar 

paydo bulgan. 

Turli xil MUSIQA asboblari (chang , ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma 

asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. 

MUSIQAning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni 


33 

 

vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va b.) tizimi ixtiro etilgan, MUSIQA 



estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, 

Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va b., 

Oʻrta Osiyoda — Borbad. 

 

 


34 

 

Adabiyotlar 

1.  AkbarovI.A. Musiqalug’ati. - T.: O’qituvchi, 1997. – 384 b. 

2.  ApraksinaO.A. Metodikamuzikal’nogo vospitaniya v shkole.  Uchebn.  

posobiye. - M.:  Prosvesheniye, 1983. - 224 s. 

3.  Britva. Posobiye po teorii muziki i sol’fedjio. 2-e izd. M., 1997. 

4.  Vaxromeyev V.A. Muzikaning elementar nazariyasi. - T.: O’qituvchi, 

1980. - 224 b. 

5.  Vaxromeyeva T.A. Spravochnik po muzikal’noy gramote i sol’fedjio.M., 

2004. 


www.ziyonet.uz

 

www.e-kutubxona.uz

 

 

Download 415.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling