Toshkent. Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi
XVI asr. Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur bo'lgan Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ismoil Qaffol Shoshiyning qadimgi kichkina maqbarasi o'rnida barpo etilgan.. Dastlab eski Modarxon mahallasidagi Hastimom qabristoni majmuasi bo'lgan. Maqbaraning o'rtadagi katta xonasi ikki qavatli gumbaz bilan yopilgan. To'rdagi xonada sag'ana bor. Maqbara eshigi tepasidagi bitikda binoning qurilgan yili (1541-1542 y.), me'mori (G'ulom Husayn) va xattotning (Qudrat) ismlari yozilgan. Maqbara 1960 yilda ta'mir qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |