O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Reklama faoliyatini tashkil etish fanining maqsadi va vazifasi
Download 31.38 Kb.
|
REKLAMA NAZARIYASI - MUSTAQIL ISH
Reklama faoliyatini tashkil etish fanining maqsadi va vazifasi
Reklama faoliyatini tashkil etish fanining asosiy maqsadi sifatida reklama qilinayotgan va amalga oshiriladigan reklamalami tashkil qilish jarayoni tushuniladi. Tovar va xizmatlarni ko’rsatishni reklama qilishda har bir reklama beruvchi shaxs, avvalambor, zarur reklama vositalarini tanlaydi, ya’ni gazeta, jumallar, radio, televideniye, tashqi reklama vositalari, transportdagi reklama, to‘g‘ridanto‘g‘ri pochta orqali reklama va h.k.lar orasidan to‘g‘ri kelganini ajratib oladi. Bu yyerda qandaydir umumiy qonuniyatlar deyarli bo‘lmaydi, chunki reklama vositalari har bir to'rining o‘ziga xos tomonlari mavjud bo‘lib, ularning har biri o‘z navbatida boshqasidan farq qiladi. Barcha vaziyatlar uchun yaroqli boMgan birgina «eng yaxshi» vositaning o ‘zi yo‘q. Shuning uchun aniq talablar, aniq vaziyatga qarab qaror qabul qilish lozim. Reklamaga sarflanadigan pullarning 80 %i reklama tarqatuvchi vositalarga toManadi, bundan ko'rinib turibdiki, reklama vositalarini tanlash katta ahamiyatga ega. Reklama vositalarini tanlashda 4 ta savolga javob berish lozim: 1. Kimni qamrab olmoqchimiz? 2. Ular qayerda joylashgan? 3. Murojaat qanday ahamiyat kasb etadi? 4. Reklama e’lonini qachon berish kerak? Reklama bilan kimni qamrab olmoqchimiz, degan savolga javob berish uchun potensial haridorlarni aniq bilishimiz kerak. Hech bir tovar, hech bir xizmat ko‘rsatish birvarakayiga hamma tomondan, bir xil me’yorda foydalanilmaydi. Ba’zi odamlar boshqalarga qaraganda aniq potensial haridor hisoblanadi. Shuning uchun reklama beruvchining o‘zi yoki reklama agentligi xodimi bozorni segmentlaydi, ya’ni demografiya, sotsial holati, hayot tarzi, mahsulotdan foydalanish darajasi nuqtai nazaridan eng aniq potensial haridorlarni ta’riflaydi. Sungra bozor holatidagi tavsifiga toMiq javob beruvchi va eng ko‘p potensial haridorlarni jalb qilishni ta’minlovchi reklama vositalarini ta’minlaydi. Reklamani potensial haridorlar ko‘p to‘plangan joyda berish lozim, matbuotdagi aniq nashrda chop etish uchun tushunarli boMgan tilda yozilishi kerak. Qachon reklama qilish kerakligini hal qilishda yil fasllari, oylar, hafta, kun, soat, daqiqalar haqida so‘z borishi mumkin. Matbuotdagi nashrlar davriyligi (har kungi gazetalar, haftada bir va oyda bir chiqadigan jumallar) va radio televideniyeda chiqadigan vaqtli kesmalaming spesitik tasnifi reklama beruvchilarga murojaatlar ko‘rilishi. eshitilishi yoki o‘qilishi mumkin boMgan aniq vaqtni belgilash imkoniyatini beradi.^Hozirgi kunda reklama dasturlarini amalga oshirish reklamalarda reklama kompaniyalarini o ‘tkazishda qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun reklama beruvchilar va reklama agentliklari tomonidan qoMlanilayotgan reklama vositalarining ko‘p turli-tumanliklarini kuzatish mumkin. Hozirgi vaqtda jahon amaliyotida ham va mahalliy amaliyotda ham reklama vositalarining umumiy yagona tasnifining yo'qligi-reklama tadbirlarini o‘tkazishda ularni tanlashda qiyinchiliklar tug‘diradi. Xalqaro reklama uyushmasi tomonidan taqdim etilgan tasnifni bu maqsadlar uchun eng muvofiq deb hisobiash mumkin: matbuotdagi reklama, bosma reklama (yoki nashrdagi) audiovizual reklama, radio va telereklama; yarmarka kurgazmalari, reklama suvenirlari; to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta orqali reklama; tashqi reklama; pablik releyshenz tadbirlari; kompyuterlashgan reklama. Matbuotdagi reklama davriy nashrda chop etilgan turli xil reklama materiallarini o'z ichiga oladi. Ularni shartli ravishda 2 asosiy guruhga ajratish mumkin: reklama e ’lonlari va sharhlari-reklama harakteridagi nashrlar, bularga ba’zida to’g’ri, ba’zida esa reportaj, sharxiar kiradi. Reklama e ’lonlari-bu davriy nashrga jovlashtirilgan pul Iik reklama bildirishidir. Klassik variantdagi e’lon yirik reklama beruvchining tijorat taklifini maqsadini va afzalligini qisqa shaklda iloda etadi. Download 31.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling