O`zbekiston milliy arxivi I. Kirish. II. Asosiy qism. Idoraviy arxivlar to'g'risida tushuncha


Download 30.31 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi30.31 Kb.
#1061340
1   2
Bog'liq
arxiv

ASOSIY TUSHUNCHALAR
Arxiv - arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi davlat yoki nodavlat muassasasi, idoraviy arxiv;
Arxiv ko'chirmasi – arxiv hujjati matnining muayyan bir fakt, voqea, shaxsga tegishli qismi so'zma-so'z bayon etilgan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv hujjatlari - fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatliligi sababli saqlanishi lozim bo'lgan matnli, qo’lyozma va mashinada o’qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinotasmalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, haritalar, shuningdek boshqa moddiy manbalardagi yozuvlar;
Arxiv kollektsiyasi - bir yoki bir nechta belgilari (mavzusi, qimmatliligi, ob'ekti, muallifligi, davriyligi va boshqalar)ga ko'ra birlashtirilgan, kelib chiqishi turlicha bo'lgan alohida hujjatlar yig’indisi;
Arxiv nusxasi – tegishli tartibda tasdiqlangan, arxiv shifri va saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan arxiv hujjatining so'zma-so'z bayon etilgan nusxasi;
Arxiv ma'lumotnomasi - yuridik kuchga ega bo'lgan va so’rovnoma asosidagi hujjatli ma'lumotga ega bo'lgan, berilayotgan hujjatlarning shifri, saqlov birligi varaqlarining raqamlari ko'rsatilgan, arxiv blankida tuzilgan arxiv hujjati;
Arxiv fondi - yuridik yoki jismoniy shaxslar faoliyati natijasida yaratilgan, tarixiy yoki mantiqiy jihatdan o'zaro aloqador arxiv hujjatlari majmui;
Kelib chiqishi shaxsiy (oila, urug’) arxiv fondi - ayrim shaxs, oila, urug’ hayoti va faoliyati jarayonida shakllangan hujjatlardan tarkib topgan arxiv fondi;
Saqlov birligi/hisob birligi – jismoniy ixtisoslashgan arxiv hujjati;
Arxivni jamlash manbai – arxiv hujjatlari bilan fondga tegishligigiga ko'ra jamlanib boruvchi arxivning fond tashkil etuvchisi;
Arxiv hujjatlaridan foydalanish – arxiv hujjatlarini xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma'rifiy, ta'lim maqsadida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda arxivlar tomonidan foydalanuvchilarga taqdim etish;
Kataloglar – arxiv fondlari, saqlov birligi/hisob birligi, arxiv hujjatlari (yoki ularning qismlari) mazmuni to'g’risidagi ma'lumotlar mavzu yoki soha bo'yicha belgilangan tasniflash sxemasi asosida joylashtirilgan arxivning fondlararo arxiv ma'lumotnomasi;
Jamlash – arxivni arxiv hujjatlari bilan muntazam to'ldirib borish maqsadida amalga oshiriluvchi arxiv fondi doirasida arxiv hujjatlarini fondlashtirish hamda tashkil etish va jamlash manbalaridan ularni qabul qilib olish maqsadida yo'nalishi va darajasi bo'yicha zaruriy arxiv hujjatlari bilan to'ldirib borishga doir ishlar majmui;
Ilmiy-ma'lumotnoma apparati (IMA) – arxiv hujjatlarining tarkibi va mazmuni to'g’risidagi yagona ilmiy-uslubiy asosda tuzilgan, bir-biri bilan bog’liq, o'zaro to'ldiruvchi arxiv ma'lumotnomalari majmui (arxivning ilmiy-ma'lumotnoma tizimi);
Sharhlar – arxiv hujjatlarining alohida komplekslari tarkibi va mazmuni to'g’risidagi tizimlashtirilgan ma'lumotlardan iborat bo'lgan, ularning manbashunoslik tahlili bilan to'ldirilgan arxiv ma'lumotnomalari;
Xulosa
Idoraviy arxivlar tarixiy va qadiy arxivlar qatori hayotimizda muhim ahamyat kasb etadi.Masalan hozirgi kunda respublikadagi idoraviy arxivlar soni 10 mingni tashkil etishi ham uning hayotimizdagi ro'lini ko'rsatadi.Idoraviy arxivlar jamiyatimizni ajralmas qismi bo'lgani uchun undan hamma qulay va tez foydalanishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.Bunga misol "Yagona darcha" dasturi orqali idoraviy hujjatlarni ham tezkor olish mumkin.Arxiv ishiga oid bir qancha qarorlarga muvofiq idoraviy hujjat va arxivlar elektronlashtirlmoqda.Barcha davlat va idoralar arxivlarni umumlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

  2. Internet saytlar


  3. Maxfiylik siyosati

  4. Vikipediya haqida

  5. Masʼuliyatdan voz kechish

  6. Mobil versiya

Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling