«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

67
76-mashq.
  Odatdagi tartibdan farqli qo‘llangan gap bo‘laklarini 
aniqlang. So‘zlarning teskari tartibi natijasida yuzaga 
kelayotgan uslubiy ma’nolarni tushuntiring.
1. Gapiring tezroq... Nima demoqchisiz? – dedi u hansirash bilan. 
(Cho‘lpon) 2. Nazarlari qursin u kishining? Hadeb tusha berar ekan-da... 
(Cho‘lpon) 3. Tog‘orachaga solib qozonning ichiga qo‘yib qo‘yuvdim. –
Berkitganmidingiz tuvog‘ini? (O‘. Umarbekov) 4. Be! – gapga aralashdi 
kulib Hoshim aka, – sizning o‘zingizga o‘xshab semirib ketgan Qoratoyingiz 
boshqa yoqda hozir. (O‘. Umarbekov) 5. Sen o‘zing kimsen? – dedi. – 
Bobur sening kiming? (P. Qodirov) 6. Ayting o‘sha zo‘r gaplaringizni, –
dedi ikkinchi piyoladan keyin. (Tohir Malik) 7.Kimlardir qilyapti bu 
ishlarni.  (Tohir Malik) 8. Gaplarini eshitdingmi, zo‘r u odam! (Tohir 
Malik)  9. Qahring qattiq-da sening... – dedi Soliyev tanbeh oha 
ngi 
 
-
da.  (Tohir Malik) 10. Nimaga keldi, sutchini nimaga tavof etib yuribdi, 
ketidan qolmay? (Murod Mansur) 11. O‘ziz dalaga chiqmaganiz-chiqmagan
kimni opkeb o‘tiribsiz? Yo ishga chiqadi, yo jo‘natvorasiz kelgan joyi-
ga! – deb turib olsa deng. – Chiqsam chiqay, kichik oyi, aytishmang 
shularminan, – dedim. (Murod Mansur)
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan 
olingan 
bajarmoq
 so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing. Ulardagi 
ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar 
tuzing.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling