«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

75-mashq.
  Berilgan gaplarni o‘qing. So‘z tartibining o‘zga 
rishi bilan 
yuzaga chiqayotgan uslubiy ma’nolarga e’tibor bering.
1.  Sho‘rlikning biror marta ko‘chada bolalarga qo‘shilib o‘yin 
o‘ynaganini bilmaydi Farhod. (Erkin A’zam) 2. Ie... xabarimiz bo‘lmabdi-
ku? Salom-aligimiz bor edi eringiz bilan. (Tohir Malik) 3. Endi 
bolalarini bunday ahvolda tashlab keta olmaydi. Haqqi yo‘q tashlab 
ketishga!  (Tohir Malik) 4. Darveshali: Sevsam. Tilingizga olmang bu 
muqaddas, pokiza so‘zni. Harom qilasiz bu so‘zni. Gulnoza: (Erini 
chetga tortib) Qo‘ying, ko‘rib turibsiz-ku sho‘rlikning ahvolini. Dilora: 
Boshda bunday emas edi u, Darveshali aka. Insofli edi, diyonatli edi. 
Pul yo‘ldan urdi uni. Endi pul sochib, farzandlarimdan judo qilmoqchi 
meni.  (O. Yoqubov) 5. Mozori qayerdaligini ham bilmaymiz. Yosh 
ketdi bola bechora... (O‘. Umarbekov) 6. Mayli, – dedi dasturxonni 
yig‘ishtirarkan. Nima ham bor edi u uyda? (O‘. Umarbekov) 7. Ko‘-
ringanidan iste’dod yasab, ko‘tar-ko‘tar qilib yurish nima kerak ekan 
o‘zi bu xotinga?! (Erkin A’zam) 8. Keyin odatiy torta-tort boshlandi: 
biznikiga yuring – yo‘q, ketdik biznikiga, bir osh uyushtirsak – boshqa 
kun.  (Erkin A’zam)



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling