«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


SINTAKTIK VOSITALARNI NUTQIY


Download 0.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/161
Sana29.12.2021
Hajmi0.98 Mb.
#183323
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161
Bog'liq
10 sinf ona tili darslik

SINTAKTIK VOSITALARNI NUTQIY
USLUBLARDA QO‘LLASH.
GAPDA SO‘Z TARTIBI USLUBIYATI
Topshiriq.
 
Berilgan gaplarda so‘z tartibining o‘zgarishi bilan yuzaga 
kelayotgan ma’noviy o‘zgarishlarga diqqat qiling. Mantiqiy 
urg‘u olayotgan so‘zlarni aniqlang.
O‘g‘il bekatda bir soatdan beri 
onasini
 kutardi. Bekatda o‘g‘il onasini 
bir soatdan beri
 kutardi. O‘g‘il onasini bir soatdan beri 
bekatda
 kutardi. 


65
Bekatda onasini bir soatdan 
o‘g‘il
 kutardi. 
Kutardi
 o‘g‘il bir soatdan beri 
onasini bekatda. (poetik) 
Sintaktik vositalar turli nutqiy uslublarda turlicha uslubiy 
ma’nolarning ifodalanishiga xizmat qiladi. Sintaktik vositalarning 
aksariyati muayyan nutqiy uslubning o‘ziga xos belgisiga aylangan.
Ma’lumki, o‘zbek tilida gapda so‘zlarning odatdagi tartibi mavjud. 
Bu tartibga ko‘ra gapda ega oldin, kesim esa keyin joylashadi, aniq-
lovchi aniqlanmishdan, hol va to‘ldiruvchi kesimdan oldin turadi
demak, kesim odatda gapning oxirida keladi. 
Ammo muayyan uslubiy ma’noni ifodalash maqsadi bilan gapdagi 
so‘zlarning odatdagi tartibi o‘zgartirilishi mumkin, bunday o‘zgargan 
so‘z tartibi inversiya deb ham yuritiladi.
Ilmiy va rasmiy uslublarda gapda so‘zlarning odatdagi tartibi, 
asosan, qat’iy saqlanadi. Lekin so‘zlashuv, badiiy va publitsistik 
uslublarda bu tartib o‘zgarishi, ya’ni inversion tartib qo‘llanishi 
mumkin. Masalan: Qaytdi buyuk alloma o‘z yurtin quchog‘iga. 
(A. Oripov) Bir daqiqa to‘xtab, tingla uning baxt qo‘shig‘ini. (Mirtemir)
Gapda so‘z tartibining o‘zgarishi mantiq urg‘usining o‘zgarishi 
bilan ham bo‘ladi. Mantiq urg‘usi gapdagi ahamiyatli bo‘lakni 
ta’kidlashga xizmat qiladi, bunday urg‘uli bo‘lak kesimning oldiga 
olib o‘tiladi. Masalan: Do‘stim kecha kutubxonaga nodir kitobni 
o‘qish uchun bordi (nodir kitobni o‘qish uchun, boshqa ish uchun 
emas);  Kecha kutub 
xonaga nodir kitobni o‘qish uchun do‘stim bordi 
(do‘stim bordi, boshqa kishi emas); Do‘stim nodir kitob 
ni o‘qish 
uchun kecha kutub 
xonaga bordi (kutubxonaga, boshqa joyga emas); 
Do‘stim kutubxonaga nodir kitobni o‘qish uchun kecha bordi (kecha, 
bugun emas) kabi. 

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling