O’zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti «moliya va kredit» kafedrasi moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi I kurs talabasi Mamanazarov Xasanning


Jamiyatning rekvizitlari, holati, tuzilishi


Download 296.42 Kb.
bet2/3
Sana26.10.2023
Hajmi296.42 Kb.
#1723794
1   2   3
Bog'liq
formatlash va mundarija

1.Jamiyatning rekvizitlari, holati, tuzilishi
“Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-son “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft-gaz tarmog’ini moliyaviy sog’lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019 yilning 24 iyulidagi 4k-PO-son “Hududgazta'minot” AJ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish to’g’risida”gi buyrug’i asosida tashkil etilgan.
“Hududgazta'minot” aksiyadorlik jamiyati (qisqartirilgan nomi “Hududgazta'minot” AJ) O’zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiradi.
Tarmoq: tabiiy gazni quvur orqali tashish.
Faoliyat turlari:
yetkazib beruvchilardan tabiiy gazni sotib olish va gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan iste'molchilarga sotish;
suyultirilgan gazni xarid qilish, yetkazib berish, saqlash va aholiga
va ijtimoiy soha ob'ektlariga sotish;
boshqa xizmatlar ko’rsatish (iste'molchilarning gaz uskunalariga texnik xizmat ko’rsatish).
“Hududgazta'minot” AJ rekvizitlari:
- “O’zsanoatqurilishbank” ATBning Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Rakat filiali;
- Bankning joylashgan joyi: Toshkent-100100, Shoxjaxon ko’chasi, 2;
- Hisob raqami: 20210000505113960001;
- MFO: 00435;
- STIR: 306605769;
- OKED: 35220.
Yuridik manzili: 100115 Toshkent sh. Muqimiy, 98.
Telefon: (71) 281 15 68.
Elektron pochta: info@hududgaz.uz
Oddiy aksiyalar soni: 26 454 506 527 (yigirma olti milliard to’rt
yuz ellik to’rt million besh yuz olti ming besh yuz yigirma yetti) ta.
Ustav fondining miqdori: 2 645 450 652 700,0 (ikki trillion olti yuz qirq besh milliard to’rt yuz ellik million olti yuz ellik ikki ming yetti yuz) so’m.
Shtat birliklari soni (01.06.2023 yil holatiga): 17 236 ta (butlanganlik darajasi 95,6 %), shu jumladan ma'muriy-boshqaruv hodimlari shtat birliklari soni 1 796 ta (butlanganlik darajasi 97,3 %).
Ma'muriy bino maydoni: 3 013 kv.m.
Yer uchastkasining umumiy maydoni: 0,4219 gektar.
1.2. Jamiyatni tashkil etilishining tarixi, oxirgi yillarda erishgan yutuqlari
Gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish sohasida yagona siyosatni shakllantirish, respublika iste'molchilariga tabiiy gazni tashish va sotish boshqaruvining samarali tizimini yaratish, shuningdek tabiiy gazdan oqilona foydalanish va gaz uchun to’lovlar intizomini mustahkamlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 8 avgustdagi PQ-438-son “O’ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarori qabul qilingan.
Ushbu qarorga muvofiq:hududiy gaz ta'minoti korxonalari “O’zkommunxizmat” agentligi tarkibidan “O’ztransgaz” AJ tarkibiga o’tkazilib, barcha toifadagi iste'molchilarni gaz bilan ta'minlash uchun “O’ztransgaz” AJ negizida unitar korxonalari shaklidagi 6 ta (“Shimolgazta'minot” UK, “G’arbgazta'minot” UK, “Janubgazta'minot” UK, “Markazgazta'minot” UK, “Toshkentgazta'minot” UK, “Vodiygazta'minot” UK) hududlararo unitar korxonalarning hududiy gaz ta'minoti korxonalari tashkil etildi;“O’ztransgaz” AJ hamda viloyatlararo unitar gaz ta'minoti korxonalari
va ularning hududiy (shahar) gaz ta'minoti filiallari uchun yangi tashkiliy tuzilma tasdiqlandi;barcha toifadagi iste'molchilarni gaz bilan ta'minlash bo’yicha asosiy vazifalar belgilab olindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi PQ-3107-son “Neft-gaz tarmog’ini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq:6 ta hududlararo unitar korxona negizida 14 ta hududiy gaz ta'minoti filiallari tashkil etildi;
gaz ta'minoti hududiy filiallarining yangi tashkiliy tuzilmasi
va tumanlararo gaz ta'minoti uchastkalari tuzilmasi tasdiqlandi.
Respublika iqtisodiyoti va aholisining energiya resurslariga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, neft' va gaz xo’jaligi korxonalarining moliyaviy sog’lomlashtirilishini ta'minlash, sog’lom raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va ilg’or boshqaruv usullarini joriy etish maqsadida xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388-son “Aholi
va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash, neft'-gaz tarmog’ini moliyaviy sog’lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “O’ztransgaz” AJning hududiy gaz ta'minoti korxonalari negizida “Hududgazta'minot” AJ va uning hududiy gaz ta'minoti korxonalari mas'uliyati cheklangan jamiyatlar shaklida tuzildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 iyundagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni ijrosi doirasida “Hududgazta'minot” AJga qo’shimcha yuklatilgan vazifalarni hisobga olgan holda hududiy gaz ta'minoti korxonalari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlari negizida “Hududgazta'minot” AJ filiallari tashkil etildi.

Download 296.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling